• Namuna T/r Ish mazmuni Bajarish muddati Masʼul shaxslar Bajarilganligi haqida belgi
  • -09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/76
    Sana04.02.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #151182
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
    Bog'liq
    99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)

      
     01-09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi  
    hujjatlari  
      
    Pedagogik kengashlar oʻquv yili davomida 4-marta (avgust, noyabr, fevral, may oylarida) oʻtkazilishi 
    rejalashtiriladi.
    Har bir kengashda MTTning asosiy vazifalari asosida mavzular rejalashtiriladi.
    Kengash kun tartibiga 3 tadan koʻp boʻlmagan, pedagog kadrlar salohiyati va taʼlim-tarbiya sifatini 
    oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar kiritiladi.
    Pedagogik kengash kun tartibiga boshqa masalalar, turli masalalar, uyga vazifalar kiritilmaydi. Uyga vazifa 
    - bu Pedagogik kengash qarorlari boʻlib, pedagoglar tomonidan ushbu qarorlar ijrosi taʼminlanadi va 
    rahbariyat tomonidan nazoratga olinadi.
    Masalan, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar hamda davlat dasturini ijrosini bajarishga qaratilgan holda 
    “Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻquv rejasini tasdiqlash”, “Pedagoglarning ish taqsimoti”, “Maktab, mahalla bilan 
    hamkorlik ishlari”, “Taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda “Axborot kommunikatsiya vositalardan foydalangan 
    holda taʼlim samaradorligini oshirish”, “Innovatsion gʻoyalar va ularni tadbiq etish yoʻllarini belgilash”, “Pedagogik 
    jarayon (frontal, mavzuli, qiyosiy)lar nazorati yakunlari” hamda tashkilotning Kuzatuv kengashlari faoliyatiga 
    bogʻliq masalalar kiritilishi maqsadga muvofiq.
    Namuna  
    T/r  
    Ish mazmuni  
    Bajarish muddati  Masʼul shaxslar  
    Bajarilganligi 
    haqida belgi  
    MTTning pedagogik kengashi – kollegial boshqaruv organi hisoblanadi.
    MTTish rejasi va pedagoglarning pedagogik yuklamasini belgilaydi.MTTning taʼlim-tarbiya jarayonini 
    takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi va taʼlim dasturlarini amalga oshirish natijalarini baholaydi. Bolaning 
    qonuniy vakillari hamkorligi tartibini belgilaydi. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish rejasining bajarilishi, 
    nazorat turlari boʻyicha oʻrganish xulosalari, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish masalalarini muhokama 
    qiladi, direktor va pedagoglarning xisoboti tinglanadi.
    Pedagogik kengashga rais, uning aʼzolari, kotiba saylanadi. Kengash bayonnomalarini yuritish kitobi va 
    muhokama qilish uchun tayyorlangan tahliliy materiallar, maʼlumotlar kotibada saqlanadi. Kengash bayonnomalari 
    kengash kotibasi tomonidan yozib boriladi.
    Kengashni oʻtkazish vaqti va joyi, kun tartibi tashkilotda bir oy oldin eʼlon kilinadi va kengashning eʼlonlar 
    taxtasiga joylashtiriladi. Pedagogik kengashrejasiga kiritilgan masalalar masʼul ishchi guruh tomonidan bir oy oldin 
    ogohlantirilgan holda oʻrganiladi. Oʻrganish natijalari yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar va qaror loyihasi 
    pedagogik kengash aʼzolariga 10 kun oldin topshiriladi. Kengash aʼzolari tomonidan koʻrib chiqib, berilgan taklif va 



    tavsiyalar asosida qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Pedagogik kengash bayonida har bir 
    masaladan soʻng, muddati belgilangan holda qaror chiqariladi, qaror ijrosi boʻyicha masʼul shaxsga yuklatilib, 
    mazkur qarorlarning ijrosini bajarilishi keyingi pedagogik kengash boshlanishida ijrosini sifatli taʼminlanishiga 
    koʻra nazoratdan olinadi.
    Oʻrganilgan masalalarga oid tahlil natijalari va barcha hujjatlar yigʻma jildi shakllantiriladi. Pedagogik 
    kengash bayonnomalari daftari tikilgan, sahifalangan, MTT direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi 
    lozim.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -09. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish