|
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidaBog'liq 99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)3-boʻlim. Hamkorlik ish rejasi
Hamkorlik ish rejasi — ota-onalar, maktab, mahalla va boshqa tashkilotlar (pedagogik kollej, OTMlar,
xududiy malaka oshirish institutlari) bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni oʻz ichiga oladi. Mazkur
hamkorlik rejasi MTT direktori, Kuzatuv kengashi raisi, umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, MFY raisining
imzosi bilan tasdiqlanadi.
Namuna
“KIRITDI”
Toshkent shahar
Mirobod tumani
13-DMTT direktori
_____________
S.Ashirbayeva
“KELISHILDI”
Toshkent shahar
Mirobod tumani
13-DMTT kuzatuv
kengashi
_____________
A.Akmalova
“KELISHILDI”
Toshkent shahar
Mirobod tumani
45-UOʻTM direktori
_____________
F.Roʻziyev
“KELISHILDI”
Toshkent shahar
Mirobod tumani
“Hamza” MFY raisi
_____________
J.Uzoqov
____-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining __________________ -sonli maktab, _________ nomli
mahalla fuqarolar yigʻini va ota-onalar bilan hamkorlik ish rejasi
T/r
Ish mazmuni
Oʻtkazish
muddati
Masʼullar
Bajarilganligi haqida
maʼlumot
Hamkorlik ish rejasiga turli mavzulardagi aksiyalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar: musiqa va sheʼriyat
kechasi, bayramlar, ekskursiyalar, dam olish kunlarining taʼlimiy marshrutlari, uchrashuvlar, koʻrgazmalar, rasmiy
sayt tashkil etish, loyiha ustida ishlash, yakka tartibda suhbat, maslahat, stendlar, eslatmalar, bukletlar ishlab chiqish
kabilarnikiritish nazarda tutiladi.
MTT tarbiyalanuvchilarining umumiy ota-onalari bilan oʻtkaziladigan yigʻilishlari rejasi tuziladi.
Umumiy ota-onalar yigʻilishlari taʼlim tashkiloti Kuzatuv kengashi ishtirokida oʻquv yili davomida ikki
marta (sentyabr, may) oʻtkaziladi. Ehtiyojga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin. Kun tartibiga
uchtadan koʻp boʻlmagan asosiy dolzarb masalalar kiritiladi.
MTT hamda Kuzatuv kengashi hamkorlikda ishlab chiqilgan ish rejasi asosida maktabgacha taʼlim
tashkiloti faoliyatini takomillashtirish, moliyaviyxoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet va byudjetdan
tashqari hamda homiylik va xayriya mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
tashkilot direktorining hisobotlarini eshitilishi va tegishli vazifalarni belgilanishi kiritiladi.
|
| |