3
01-05. Moliyaviy hujjatlari
1.
Yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflar hamda tasdiqlangan smeta nusxasi (yillik,
chorak)
Ushbu indeksda MTTning yillik sarf-xarajatlar smetasiga berilgan takliflari hamda tuman (shahar)
maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi
bilan
kelishilgan holdagi oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasining yillik, chorak nusxalari saqlanadi.
2.
Shtatlar jadvali, xodimlarning tarifikatsiyasi va ularning ish vaqti hisobini yuritish tabeli;
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Iqtisodiyot va
moliya vazirligining tuman
(shahar) boʻlimi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan MTTning shtatlar jadvali va tarifikatsiya
roʻyxatlari hamda unga kiritilgan toʻldirish va oʻzgartirishlar saqlanadi.
MTT xodimlarining ish vaqti hisobini yuritish tabeli tashkilot direktori tomonidan har oyda belgilangan
shaklda yuritiladi. Oyning oxirida tabel boʻyicha ishlangan
kunlarning umumiy miqdori, shuningdek,
ortiqcha
ishlangan soatlar aniqlanadi. Toʻldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar
belgilangan muddatda ish haqini hisoblash uchun markazlashgan buxgalteriyaga topshiriladi.
Ushbu ish vaqtini
hisobga olish elektron tarzda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.