|
Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlariningish hujjatlariniBog'liq 99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)
Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlariningish hujjatlarini
yuritish boʻyicha
QOʻLLANMA
KIRISH
Mazkur qoʻllanmadavlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda–MTT)
pedagoglarining ish hujjatlarini (Keyingi oʻrinlarda– hujjatlarini) toʻgʻri rasmiylashtirish hamda unga ijodiy
yondoshgan holda amal qilish tartibini belgilaydi.
Qoʻllanmani tayyorlashdan maqsad, MTTda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya va metodik ishlarni zamon
talablari asosida tashkil etish, shuningdek hujjatlar yuritilishida taʼlim mazmuni samaradorligini oshirishga
qaratilganligini taʼminlashdan iborat.
Qoʻllanma oʻquv yili boshida MTT direktori tomonidan pedagog kadrlariga tanishtiriladi hamda har bir
pedagog mazkur qoʻllanmaga amal qilishga va hujjatlarni yuritishga shaxsan masʼul hisoblanadi.
MTTda faoliyat yuritib kelayotgan pedagoglardaoʻquv dasturlar va metodik qoʻllanmalar boʻlishi lozim.
01 – Maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruv hujjatlari
01-01. Kiruvchi meʼyoriy–huquqiy hujjatlar:
1.
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tomonidan yuborilgan hujjatlar (buyruq,
xat b.q).
2.
Turli tashkilot va idoralardan kelgan hujjatlar.
Ushbu indeksda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tomonidan yuborilgan buyruq, xat
va hujjatlar va turli tashkilot hamda idoralardan kelgan hujjatlar, shuningdek, ularni roʻyxatga olish daftarlari
saqlanadi.
Namuna
T/r
Kirim
boʻlgan
sana
Hujjat
kelgan
tashkilot
nomi
Hujjat
sanasi va
raqami
Mazmuni
Ijrochining
F.I.Sh va
|
| |