• Majburiy tayyorlov guruhlarida „Ilm yo’li“ variativ dasturi asosida faoliyatlarni innovatsion usulda tashkil etish metodikasi
  • Maktabgacha ta’lim tizimida majburiy tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish




    Download 208.7 Kb.
    bet1/7
    Sana05.03.2024
    Hajmi208.7 Kb.
    #167285
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    IM9
    \'SLAYD

    Mavzu-9. Ilm yo’li dasturi
    Reja:

    1. Maktabgacha ta’lim tizimida majburiy tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish

    2. Majburiy tayyorlov guruh faoliyatining nazariy asosi

    3. “Ilm yo‘li” variativ dasturi orqali mashg’ulotlar jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy innovatsiyalar

    4. Majburiy tayyorlov guruhlarida „Ilm yo’li“ variativ dasturi asosida faoliyatlarni innovatsion usulda tashkil etish metodikasi

    5. Majburiy tayyorlov guruhlarida zamonaviy usulda o’yin orqali mashg’ulotlar jarayonini loyihalashtirish

    6. Majburiy tayyorlov guruhlarda mashg‘ulotlar jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi

    Bugungi kunda barcha sohalarda tub islohotlar bo’layotganligi kabi ta’lim sohasida ham bir qator o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Biz bilamizki, ta’lim sohasining “poydevor” qismi, ya’ni boshlang’ich negizi bu Maktabgacha ta’lim sohasi hisoblanadi. Poydevori mustahkam inshoot bardavom bo’lganligi kabi maktabgacha ta’lim sohasida ham ta’lim jarayoni yaxshi amalga oshirilsagina, ta’lim tizimi taraqqiyot cho’qqisiga erishadi. Shu sababli ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Maktabgacha ta’lim sohasiga oid bir qator qaror va farmonlar tasdiqlamoqda. Bularga misol qilib, . Bularga misol qilib, 2016-yil 29-dekabrda “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirelari to’g’risida” gi PQ-2707 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 8-dekabr 2018-yil „Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichmabosqich o’tish chora-tadbirlari to’g’risida“ gi 999-sonli qarori, bu qarorga o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 9-mart 2020-yil „Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida“ gi 132-sonli qarori, shuningdek, 132-sonli qarorga o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 10-fevral 2022-yil „Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 66-sonli qarori ni misol qilib olsak bo’ladi.
    Maktabgacha ta’limga e’tibor kuchaygani natijasida, unga bo’lgan qamrov darajasi ham yuqori natijalarga ko’tarilmoqda. “Yangi O’zbekistonning 2022-2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi to’g’risida” gi farmoni loyihasida maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini oshirish vazifalari belgilab qo’yildi. Hujjatga ko’ra, maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkaziladi. Shuningdek, 2022-2023-yillarda 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlash tizimining qamrab olinishi darajasini 90 foziga, 2024-2025 o’quv yili yakuniga qadar 100 foziga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, mazkur farmonda maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo’yicha islohotlarni yanada jadallashtirish bo’yicha qator takliflar qayd etilgan. Xususan, bog’cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizmini joriy etish rejalashtirilgan.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovi darajasini oshirish maqsadida, “Bolalarni boshlang’ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 132-sonli qaror qabul qilindi. Bu qarordan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etila boshlandi.


    Download 208.7 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 208.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim tizimida majburiy tayyorlov guruhlari faoliyatini tashkil etish

    Download 208.7 Kb.