|
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining
|
bet | 1/3 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #271422 |
Bog'liq Maktab ish rejasi 2024-yil-N
_ _______________ maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
____________ maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ____-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
2024-2025 – o‘quv yili uchun
“Tasdiqlayman”
_________________ maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri:
___________ ____________________
“_____”_______________ 2024-yil
______________ maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
______________ maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ____-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
2024-2025-o‘quv yili uchun
2024-2025-o‘quv yilida pedagog xodimlar oldida turgan dolzarb
vazifalar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son farmoni ijrosini ta’minlash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O’zbekiston-
2030” strategiyasi bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqib shu asosda ish olib borish;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 17-iyundagi 122-son buyrug‘iga
asosan MMIBDO’ tomonidan hujjatlar yuritilishini ta’minlash;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risidagi 2023-yil 2-avgustdagi 425-sonli
NIZOM asosida ish olib borish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O’zbekistonning yangi
taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi
PF-6108-son Farmoni, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to’g‘risida”gi PQ-4884-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 30-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining
86-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ta’lim markazi
tomonidan “Ilg’or ish tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish” tartibini maktab yig’ilishlarida
tadbiq etish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 3271-sonli “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi Qarori , “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, hamda Avgust kengashlarida berilgan topshiriqlar asosida yangi o‘quv yilida amalga oshirish ishlarini rejalashtirish;
X alq ta’limi tizimida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy – metodik xizmatni takomillashtirish talablari asosida fanlar kesimida “Metodist o‘qituvchi” bo‘lishga erishish;
asosiy ish faoliyatiga uyg‘unlashgan holda ta’lim muassasalarida – individual yondashuvni shakllantirish, haqiqiy holatni o‘rganish, xolisona baho berish, xodimlar o‘rtasida ijodiy raqobatni shakllantirish va kuchaytirish;
o‘z lavozim vazifalariga mas’uliyat bilan yondashgan holda ish yuritishni ta’minlash, shaxsiy namuna ko‘rsatib ishlash faoliyatini mustahkamlash;
intizom, mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik – har bir rahbar va xodim faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi lozim;
rahbarlar va pedagog-xodimlarning moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish, qo‘shimcha o‘quvlar tashkil etish, o‘z ustida ishlashi uchun imkoniyat yaratish, malakali rahbarlarga biriktirish;
o‘qituvchilarni darsga to‘liq tayyorlanib kelishi, maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga amal qilishini ta’minlash, nazorat qilish;
“Metodist o‘qituvchi maktabi”, “Zamonaviy ta’lim muassasasi”, “Innovatsion tajriba-sinov muassasasi” yo‘nalishlarida ish faoliyatni kuchaytirish;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida qarovsizlik, nazoratsizlik, huquqbuzarlik, jinoyatchilik, erta tug‘ruq, ma’naviy tahdidlar va giyohvandlik kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tizimli amalga oshirish;
davomatni nazorat qilish, dars mashg‘ulotlariga uzrli va sabablarsiz kelmayotgan, yoxud muntazam ravishda qatnashmayotgan o‘quvchilarni aniqlash va maktabga qaytarish choralarini ko‘rish bo‘yicha “Davomat” profilaktik reydini o‘tkazish;
“Ertalabki saflanish”, “Sinf soati”ni qat’iy o‘tkazilishini ta’minlash, nazorat qilish;
maktab kutubxonalari va ARMlari faoliyatini zamon talablari asosida tubdan o‘zgartirish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kutubxona fondini badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari bilan boyitish;
sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni kuchaytirish, targ‘ibot ishlarini tizimli olib borish, fan va qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarda samarali faoliyat olib borilishini nazorat qilish;
“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi ish faoliyatini kuchaytirish;
Kuzatuv kengashi faoliyatini jonlantirish, hamkorlikni kuchaytirish;
f uqarolardan tushayotgan murojaat arizalar sonini kamaytirish yuzasidan maktab direktori, o‘rinbosarlar va biriktirilgan mas’ul xodim ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” qabul kunlarini muntazam tashkil etish;
maktabda uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy–metodik xizmatni takomillashtirish;
ta’lim sifat samaradorligini oshirish maqsadida metod birlashmalar ish faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or tajribalarni maktab, shahar miqyosida ommalashtirish. Maktabdagi attestatsiyadan o‘tmagan o‘qituvchilar attestatsiyasini tashkil etish;
maktabni mutaxassis kadrlar bilan to‘liq ta’minlash;
o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida intizomni yo‘lga qo‘yish (davomat);
yosh vatanparvar, yoshlar ittifoqi uyushmasi ishini jonlantirish;
ustoz shogird maktabi ishini nizom talabi asosida jonlantirish;
maktab psixologi faoliyatini jonlantirish;
2-11 sinflarda o’quvchilar bilimini reyting asosida baholashga, jurnal yuritishga jiddiy
ahamiyat berish; (kundalik.com) EMaktab.UZ ga almashtirildi.
tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlash;
iqtidorli bolalarni aniqlash va ular bilan islmi tashkil qilish ;
maktab moddiy texnika bazasini mustaxkamlash, sinflardagi jihozlarni saqlanishiga e’tibor qaratish;
maktab xududini obodonlashtirishga alohida e’tibor berish;
bitiruvchilarni ta’limni keyingi bosqichiga yo‘naltirish va bandligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
maktab binosi, sinf va fan xonalari, yo‘laklarni, maktabning ichki hududini toza saqlash va did bilan jihozlashga erishish;
darslarda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, multimediali elektron darsliklarni dars jarayonida qo‘llash, o‘qituvchilarning kompyuter savodxonligini takomillashtirish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabining
|