11
tahlili. Partisipativ uslub va uning tahlili. Rahbarning jamoadagi oʻrni, oʻzini
baholashi. Boshqaruvning vaziyatga koʻra tanlanishi. Boshqaruv matritsasi.
Kasbiy ehtiyojlarni qondirish va kasbiy mahoratni rivojlantirish yoʻllari,
usul va vositalari. Maktab direktori va oʻqituvchilar portfoliosi. Pedagogik,
oʻquv-tarbiya yoʻnalishlarini oʻrganish metodikasini ishlab chiqish,
ichki
baholash tizimini yaratish, hamkorlik asosida oʻqituvchilarning kasbiy, shaxsiy
mahoratlarini oshirishga shart-sharoit yaratish.
Maktab taʼlimi va ishlab chiqarish integratsiyasini
tashkil qilishning
zamonaviy yondashuvlari. Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishda rahbarlarning
boshqaruv usullari. Kreativ yondashuv asosida boshqaruvda yangi gʻoyalarni
yaratish qobiliyati, mazmuni, innovatsion gʻoyalarni shakllantirish. Taʼlim
muassasasida
oʻquvchilarning
bilim
olishlari
va
kasb
egallashlarini
uygʻunlashgan holda tashkil etish ishlarining mazmun-mohiyati. Zamonaviy va
kelajak kasblarini tanlashda oʻquvchilarning kreativ qobiliyatlariga qarab kasbga
yoʻnaltirish. Mehnat bozori talablarini oʻrganish, maktab taʼlimi
va ishlab
chiqarish integratsiyasi hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
Rahbarga xos notiqlik sanʼati. Rahbar nutqi va uning boshqaruvdagi oʻrni.
Oʻz fikrini aniq va ravon ifoda eta olish malakalari, tanqidiy fikrlash va
vaziyatlarni oldindan koʻra olish. Taʼsirchan nutq soʻzlash. Nutq uslublari.
Ommani oʻziga jalb qilish sirlari. Nutqda eʼtiborga olish zarur boʻlgan talablar.
Amaldagi meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash.
Boshqalar fikrini hurmat qilish. Oʻzgalar fikriga taʼsir etuvchi (ishontira
olish, toʻgʻrilash, fikrni qarama-qarish qoʻyish) muloqot
maneralari va ulardan
samarali foydalanish.