Taʼlim muassasasini boshqarishda moliyaviy-iqtisodiy masalalar




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/107
Sana16.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#238906
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
Bog'liq
3-ILOVA

 
1.2. Taʼlim muassasasini boshqarishda moliyaviy-iqtisodiy masalalar 
Muassasani rivojlantirishda mavjud moddiy va nomoddiy resurslarni 
boshqarish, shtat jadvallari bilan ishlash. Muassasani boshqarishda moliyaviy va 
moddiy resurslardan samarali foydalanish; resurslarni tahlil qilish, koʻpaytirish, 
ulardan maqsadli foydalanishga yoʻnaltirish. 
Taʼlim muassasasining moliyaviy hujjatlarini yuritish va hisobot 
tayyorlash. 
Xodimlar mehnatiga haq toʻlash va tarifikatsiyalarni meʼyor asosida 
tuzish amaliyoti. Umumtaʼlim muassasalarida belgilangan meʼyorlar boʻyicha 
sinflar komplektlarini shakllantirish. Oʻquv reja va dars soatlarini pedagoglar va 
rahbar xodimlarning lavozimi va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif 
stavkalari asosida shakllantirish. 
Taʼlim muassasasini moliyalashtirish mexanizmlari. Byudjet va 
byudjetdan tashqari mablagʻlarni topish va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish. 
Byudjet 
mablagʻlaridan 
toʻgʻri 
foydalanish. 
Mavjud 
imkoniyatlardan 
foydalanish orqali byudjetdan tashqari mablagʻlarni topishda xodimlarning 
malaka va tajribasidan foydalanish yoʻllari hamda jamoani ragʻbatlantirish. 
Byudjetdan tashqari mablagʻlarni topishda homiylarni jalb etish yoʻllari hamda 
ilgʻor, professional va tashabbuskor xodimlarni motivatsiyalash. Tegishli 
hujjatlar bilan ishlash amaliyoti. 
Oʻqituvchi va oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, qoʻllab-quvvatlash usullari. 
Iqtidorli, ijodkor oʻqituvchi va oʻquvchilarga yetarli sharoitlar yaratish, ularga 
motivatsiya berish ishlarini tashkil etish. Ota-onalar, jamoatchilik kengashlari
homiy tashkilotlar, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tashkilotlarini jalb qilish 
usullari va yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqish. 
Muassasada 
taʼlim 
xizmatlari 
marketingi. 
Taʼlimda 
marketing 
tushunchasi. Marketing xizmatining asosiy vazifalari. Maktab taʼlimi faoliyatida 
marketing xizmatlari mazmuni. Taʼlim muassasalarida marketing xizmatini 
tashkil etish bosqichlari. Muassasani boshqarishda byudjet va byudjetdan 
tashqari mablagʻlarning samaradorligini tahlil qilish. Taʼlim muassasalarini 
rivojlantirish uchun investitsiyalar, grantlar va homiylik yordamini jalb qilish. 
Muassasada davlat-xususiy sherikchilikni tashkil qilish yoʻllari. 
Xodimlarni tizimli ragʻbatlantirish va motivatsiyalash amaliyoti. 
Muassasada faoliyat olib borayotgan xodimlar faoliyatini doimiy oʻrganib 
borish usullarini ishlab chiqish, ularni ruhlantirish, yutuqlarga erishish va oʻz 
ustida ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ragʻbatlantirish 



yoʻllaridan oqilona foydalanish, sogʻlom raqobat muhitini tashkil etish orqali 
homiylar, jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda ularning kasbiy 
mahoratini oshirib borishga undovchi turli tadbirlar tashkil etish. Yuqori 
malakali xodimlarni ishga qabul qilish boʻyicha erishilgan yutuqlarini aniqlash 
va rivojlantirish. 

Download 6,06 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Taʼlim muassasasini boshqarishda moliyaviy-iqtisodiy masalalar

Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish