OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/107
Sana16.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#238906
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
Bog'liq
3-ILOVA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI 
A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY 
RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA 
OʻRGATISH MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI 
 
 
Maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar xodimlarini uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv dasturi 
 
 
Tuzuvchilar: 
A. Ismailov, M. Ergasheva, M. Abdullayeva, A. Baxramov 
I. Siradjev, E. Murodov, S. Eshqobilov 
 
Taqrizchi: 
Islam Hassan Mahmoud 
Hassan Elhadary
 
A. Avloniy nomidagi milliy-
tadqiqot instituti rektorining 
xorijiy maslahatchisi 
 
 
Sh. Abdullayeva 
Nizomiy nomidagi Toshkent 
davlat pedagogika 
universitetining tillar fakulteti 
dekani, p.f.d., professor 
 
Maktab taʼlimi tashkilotlari rahbar xodimlari uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
kursining namunaviy oʻquv dasturi A. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti 
Kengashining 2023-yil 6-dekabrdagi navbatdan tashqari 4/1-son bayonnomasi bilan 
maʼqullangan va tasdiqqa tavsiya etilgan. 



KIRISH 
Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish 
boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 
29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son farmoni, 
2021-yil 25-yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini 
qoʻllab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish 
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 
2022-yil 17-yanvardagi “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son 
qarorlarida belgilangan vazifalar hamda Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 20-
apreldagi “Davlat taʼlim talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 121-sonli buyrugʻi 
ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, umumtaʼlim maktablari rahbar va 
pedagog xodimlarining kasbiy standartlari asosida rahbar va pedagog kadrlar 
malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini 
tatbiq etish yoʻli bilan xalq taʼlimi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning 
zamonaviy tamoyillarini joriy etish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar 
mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan boʻlib, zamonaviy talablar asosida 
maktab taʼlimi tashkilotlari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktab rahbarlari 
malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning 
kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi. 
Xususan, maktab taʼlimi tizimi xodimlari va umumtaʼlim maktablari 
direktorlari malakasini uzluksiz oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy 
mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan, zamonaviy talablar asosida umumiy 
oʻrta taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab-internat, ixtisoslashtirilgan 
davlat umumtaʼlim maktabi direktorlari menejerlik koʻnikmalarini rivojlantirish 
va kasbiy kompetentligini muntazam oshirishga qaratilgan. 
Dastur mazmuni Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi davlat 
siyosati, umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hamda 
maktab rahbarining kasbiy standarti asosida rahbarlik faoliyatini amalga 
oshirishdagi layoqati, jumladan, umumiy oʻrta taʼlim muassasasini rivojlantirish 
va oʻquv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi liderlik mahorati, oʻqituvchilar va 
oʻzining 
kasbiy 
rivojlanishiga 
masʼuliyati 
va 
oʻzgarishlarga 
moslashuvchanligini oshirish, unda jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot 
qilish, 
moliyaviy 
hisob-kitoblarni 
amalga 
oshirish 
hamda 
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha tegishli yangi bilim, koʻnikma, 
malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan. 



Oʻquv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan 
mazmuni maktab taʼlimi tashkilotlari rahbarlari, umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 
ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim 
maktablari direktorlari malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning 
tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan 
boʻlib, taʼlim muassasasi rahbar kadrlarining oʻquv jarayonini va jamoani 
boshqaruv mahorati, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish, ota-onalar 
bilan 
hamkorlik 
va 
muloqot 
qilish 
hamda 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini maktab boshqaruvi jarayoniga keng tatbiq etish darajasini 
oshirish hisobiga ularning kasb mahoratini muntazam rivojlantirishni nazarda 
tutadi. 
Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkiloti rahbarlari, umumiy oʻrta taʼlim 
muassasalari direktorlarining malakasini uzluksiz oshirish kursining namunaviy 
oʻquv dasturi maktab rahbarining kasbiy standartida belgilangan kompetensiya 
boʻyicha quyidagi 8 ta oʻquv modulini oʻz ichiga oladi. 

Download 6,06 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish