• Kursning maqsadi va vazifalari Kursining maqsadi
  • Kursning vazifalari
  • I. Taʼlim muassasasini rivojlantirish




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/107
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #238906
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
    Bog'liq
    3-ILOVA

    I. Taʼlim muassasasini rivojlantirish 
    1.1. Taʼlim muassasasini boshqarishning zamonaviy modellari va 
    strategiyalari. 
    1.2. Taʼlim muassasasini boshqarishda moliyaviy-iqtisodiy masalalar. 
    1.3. Taʼlim muassasasida xodimlarni boshqarish faoliyatining huquqiy 
    asoslari. 
    1.4. Umumiy oʻrta taʼlimda inklyuziv taʼlimni tashkil etish. 
     
    II. Taʼlim-tarbiya berish samaradorligi va fanlarni oʻzlashtirish 
    sifatini oshirish masalalari 
    2.1. Xalqaro yondashuvlar asosida maktab taʼlimi samaradorligini 
    oshirish. 
    2.2. Boshqaruvning pedagogik-psixologik asoslari. 
    2.3. Boshqaruvda AKTdan foydalanish. 
    2.4. Jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlash. 
    Kursning maqsadi va vazifalari 
    Kursining maqsadi

    umumiy oʻrta taʼlimning taʼlimiy va tarbiyaviy dasturlari asosida 
    maktab taʼlimi tashkilotlari rahbarlari, umumiy oʻrta taʼlim 
    muassasalari direktorlarining taʼlim muassasasini va oʻquv-tarbiya 
    jarayonini samarali boshqaruv kompetentligini rivojlantirish;




    ularda jamoa va ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot, 
    boshqaruvda liderlik, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish 
    hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
    hamda boshqaruvning ilgʻor usul va vositalari, yondashuvlari 
    boʻyicha yangi bilim, koʻnikma va malakalarni muntazam 
    yangilash va rivojlantirish. 
    Kursning vazifalari

    kurs ishtirokchilariga amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
    islohotlar mazmuni haqida kengroq tushuncha berish hamda taʼlim-
    tarbiya jarayonlarini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslariga 
    eʼtibor qaratish;

    umumiy oʻrta taʼlim muassasasining uzluksiz rivojlanish va oʻquv-
    tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishning ilgʻor 
    texnologiyalari va zamonaviy usullari bilan tanishtirish;

    rahbar xodimlarni taʼlim muassasalarini boshqarishning moliyaviy 
    va moddiy-texnika taʼminoti, taʼlim sohasi marketingi, muassasa 
    xavfsizligi masalalariga doir bilim, koʻnikma va malakalarini 
    mustahkamlash;

    rahbar 
    xodimlarga 
    boshqaruv 
    jarayonida 
    qoʻllanadigan, 
    oʻqituvchilarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladigan, sogʻlom, 
    konstruktiv va ragʻbatlantiruvchi muhitni yaratish texnologiyalarini 
    oʻrgatish; 

    insoniy, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning 
    zamonaviy usul va tamoyillari asosida xodimlarni tanlash, joy-
    joyiga qoʻyish boʻyicha faoliyatni tashkil etishning samarali 
    usullarini oʻrgatish; 

    rahbar xodimlarning yuqori sifatli ish yuritishini taʼminlash, 
    shuningdek, normativ-huquqiy va ish hujjatlari oʻz vaqtida, 
    belgilangan tartibda bajarilishiga erishish; 

    rahbarlik 
    va 
    kasbiy 
    faoliyatda 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmasini rivojlantirish;

    jamoatchilik va ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlik munosabatlarini 
    oʻrnatish usullarini oʻrgatish;

    taʼlim muassasalari rahbar xodimlarini malaka talablariga mos 
    holda kasbiy bilim, koʻnikma va kompetensiyalarini zamonaviy 
    yondashuvlar va innovatsiyalar asosida uzluksiz rivojlantirish. 

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish