3
KIRISH
Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha
milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 29-apreldagi
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni, 2021-yil 25-
yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-
yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil
etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son
qarorlarida
belgilangan vazifalar hamda Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat
ta’lim talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash
maqsadida, shuningdek, taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy
standartlari asosida rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishning ilgʻor va
shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan maxsus taʼlim
tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy
tamoyillarini joriy etish
boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan
boʻlib, zamonaviy talablar asosida maxsus maktab-internatlar (“Muruvvat” uylari)
tarbiyachilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish
hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
Dastur mazmuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 14-
noyabrdagi 540-son buyrugʻi asosida oʻtkazilgan diagnostik test natijalari koʻra,
tarbiyachining nutqiy koʻnikmalarini
rivojlantirish, taʼlimdagi ilgʻor yutuqlarni
oʻrganish, maxsus taʼlimning huquqiy-meʼyoriy asoslari boʻyicha bilimlarini
oshirish, inklyuziv taʼlimni
tashkil etish, oʻquv-tarbiya jarayonini modellashtirish
va uni taʼlim jarayoniga tatbiq etish, maxsus taʼlimda
axborot-kommunikatsion
texnologiyalardan samarali foydalanish, hamkorlikda ishlash hamda tarbiyaviy
faoliyatni tashkil etish boʻyicha
tegishli yangi bilim, koʻnikma, malaka va
kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan.
Oʻquv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni
naxsus maktab-internatlar (“Muruvvat” uylari) tarbiyachilarining
malakasini
oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy malaka
talablari asosida shakllantirilgan boʻlib, pedagoglarning oʻz kasbiy faoliyatiga doir
zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilgʻor xorijiy tajribalardan samarali foydalanish
hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq
etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda
tutadi.
4
Maxsus maktab-internatlar (“Muruvvat” uylari)
tarbiyachilarining uzluksiz
kasbiy rivojlantirish kursi namunaviy oʻquv dasturi, xalq taʼlimi tizimi rahbar,
pedagog
va
mutaxassis
xodimlarining
kasbiy
standartida
belgilangan
kompetensiyalar va diagnostik test natijalari asosida IV tabaqada shakllantirilgan
tayanch oʻquv rejasining 2 ta bloki tarkibidagi quyidagi 8 ta oʻquv
modullari
mazmunini oʻz ichiga oladi: