6
Maxsus maktab-internatlar (“Muruvvat” uylari) tarbiyachilarini uzluksiz
kasbiy rivojlantirish kursi oʻquv rejasidagi modullarning mazmuni
I. MAXSUS TAʼLIM VA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH
1.1. Tarbiyachining nutqiy koʻnikmalarini rivojlantirish asoslari
Oʻzgalar fikrini hurmat qilish. Oʻzgalar fikriga taʼsir etuvchi (ishontira olish,
toʻgʻrilash, fikrni qarama-qarish qoʻyish) muloqot maneralari. Oʻzgalarning
huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga hamda oʻzaro munosabatlarni
oʻrnatishga qaratilgan (qoʻllab-quvvatlash, konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot
shakllari. Taʼlim jarayoni sifatini oshirish va taʼlim oluvchilarning oʻquv
ehtiyojlarini qondirish maqsadida oʻz hamkasblari bilan axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining turli vositalari yordamida aloqa oʻrnatish va hamkorlik qilish.
Taʼlim sifatini oshirish maqsadida global tarmoqdagi turli pedagogik
hamjamiyatlarda ishtirok etish. Oʻzgalar bilan oʻzaro hurmat asosiga qurilgan
munosabatlar. Oʻzini tutishda, boshqalar bilan munosabatga kirishishda, qaror
qabul qilishda va resurslarni boshqarishda axloq normalari. Milliy qadriyatlarni,
shaxs erkinligi va uning masʼuliyati, ijtimoiy adolatni himoya qilish.
1.2. Maxsus taʼlimda ilgʻor xorijiy tajribalar
Maxsus taʼlimda
oʻqitish muhitiga qoʻyiladigan zamonaviy talablar. Maxsus
taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, taʼlim sifatini oshirish, oʻqitish
metodikasini takomillashtirish, maktab taʼlimi sifatini yaxshilash va taʼlim
samaradorligini oshirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalar asosida taʼlim
samaradorligini oshirish.
Xorijiy davlatlarning maxsus taʼlimi jarayonida yuz berayotgan turli
oʻzgarishlarga va yangilanish jarayonlari. Oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarini
shakllantirish. Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi. Barqaror taraqqiyot taʼlimi.
Taʼlim jarayonini samarali tashkil etishning muammolari va yechimlari.
Oʻquv-metodik jarayonni tashkil etishda oʻqituvchining roli va funksiyalari.