10
quizalize.com,
learningapps.org,
puzzlemaker.discoveryeducation.com
va
boshqalar).
Videokonferensaloqa va uning xususiyatlari. Videokonferensaloqani tashkil
etish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar va ularning ta’lim
jarayonini
samarali tashkil etish imkoniyatlari. Google Meet va Zoom dasturiy
mahsulotlarini o‘rnatish, registratsiyadan o‘tish, videoaloqani rejalashtirish va
o‘tkazish.
Kasbiy mahoratni shakllantirish va rivojlantirish,
dars samaradorligini
oshirishga oid AKT vositalari va internet resurslari. Elektron pochtadan
foydalanish. Mustaqil ta’lim uchun mo‘ljallangan texnologiyalar. Ommaviy ochiq
onlayn kurslar (MOOC) orqali kasbiy mahoratni oshirish. Kasbiy faoliyatni
baholash bo‘yicha dasturiy vositalardan maqsadli foydalanishning samarali
yo‘llari.
Tanlov fani
Mamlakatimizning
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
istiqbollari,
tinglovchilarning talab va ehtiyojlari asosida shakllantiriladi.
Fan orqali
o‘qituvchilarining yangi kiritilgan, o‘zlashtirilishi qiyin mavzular mazmuni va
o‘qitish metodlarini qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.