|
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagiBog'liq 3-ILOVAfoydalanish masalalari
Qonunchilik normalari hamda ularga ogʻishmay rioya qilish. Taʼlimga oid
normativ-huquqiy hujjatlar. Kasbiy faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlar.
Bolalarning huquqlari toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar. Ish yuritish bilan
bogʻliq huquqiy asoslar. Ish yuritishning qonunchilikka muvofiq olib borilishi.
Mavjud tartibga muvofiq oldindan belgilangan muddatlarda ish yuritish. Ish
yuritishda shaffoflik va ommaviylik tamoyillari. Taʼlim muassasasining hisobot,
shu jumladan, moliyaviy hisobot masalalariga taalluqli qonunchilik bazasi.
7. Fandagi yangiliklar va fanni oʻqitishning dolzarb masalalari
Fandagi yangiliklar, kashfiyot va ixtirolar. Fanning ilmiy-nazariy asoslari
boʻyicha dolzarb muammolar, yangiliklar, ilmiy izlanishlar, dissertatsiyalar, ilmiy,
ilmiy-metodik maqolalar, anjumanlar materiallaridan fanni oʻqitishda foydalanish.
Fanning yangi tahrirdagi DTS va DT, modernizatsiya qilingan oʻquv
dasturlari, darslik va oʻquv qoʻllanmalari, ularning tahlili.
Fanni oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik tajribalar va ularni amalda qoʻllash.
Darslarda interfaol metodlardan foydalanish.
Ayrim murakkab mavzularni oʻqitish samaradorligini oshirish omillari.
Fan boʻyicha maʼruza, amaliyot, amaliy ishlar, trening, ochiq dars va boshqa
mashgʻulotlarni tayyorlash, kuzatish va tahlil qilish.
Fanni oʻqitishda elektron darsliklardan foydalanish.
Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va usullari.
Uzluksiz kasbiy rivojlanish, shu jumladan, mustaqil malaka oshirish va bilim
olishning tashkiliy, uslubiy asoslari.
Fan boʻyicha oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, tahlil qilish,
oʻrganish, yozish, umumlashtirish, ommalashtirishning zamonaviy texnologiyalari,
shakl va usullari. Fanni oʻqitishda toʻplangan ilgʻor tajribalar.
8. Oʻquvchilar kompetensiyalarini xolisona baholash
Baholash taʼlim jarayonining ajralmas qismi sifatida. Oʻquvchilarning
kasbiy kompetensiyasini baholash usullari va vositalari. Oʻquvchilarning
kompetensiyalarini baholash natijalarini tahlil qilish. Tahlillar asosida tarbiyachi
faoliyatiga oʻzgartirishlar kiritish.
|
| |