2
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI
A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH
VA YANGI METODIKALARGA OʻRGATISH MILLIY-TADQIQOT
INSTITUTI
Imkoniyati cheklangan bolalar ixtisoslashtirilgan maxsus maktab va maktab-
internatlari texnologiya fani oʻqituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish
kursining namunaviy oʻquv dasturi
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maxsus maktab va maktab-
internatlari texnologiya fani oʻqituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy
oʻquv dasturi A. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti kengashining 2023-yil 6-dekabrdagi
navbatdan tashqari 4/1-son bayonnomasi bilan maʼqullangan va tasdiqqa tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar
X. Malikova
Taqrizchilar
G‘.Otamurodov
A.Avloniy nomidagi MTI “Raqamli
ta’lim texnologiyalarini va statistikani
takomillashtirish”
ilmiy-tadqiqot
bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi (PhD),
dotsent
Z.N.Mamarajabova
Toshkent
davlat
pedagogika
universiteti,
Surdopedagogika
kafedrasi professori,p.f.d.(DSc).
3
KIRISH
Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha
milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 29-apreldagi
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son farmoni, 2021-yil 25-
yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-
yanvardagi “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil
etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorlarida
belgilangan vazifalar hamda Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat
taʼlim talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 121-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash
maqsadida, shuningdek, taʼlim muassasalari
pedagog kadrlarining kasbiy
standartlari asosida rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishning ilgʻor va
shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan maxsus taʼlim
tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish
boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan
boʻlib, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab va
maktab-internatlari
texnologiya
fani
oʻqituvchilari
malakasini oshirish
jarayonlarining mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish hamda
ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi.
Dastur mazmuni imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maxsus maktab va maktab-internatlari texnologiya fani oʻqituvchilarining
kommunikativ
koʻnikmalarini
rivojlantirish,
maxsus
taʼlimda
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, oʻzini oʻzi rivojlantirish,
uzluksiz kasbiy rivojlanish, pedagogning masʼuliyati va moslashuvchanligi,
inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari, taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni
bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari, fandagi
yangiliklar va fanni
oʻqitishning dolzarb masalalari, oʻquvchilarning kompetensiyalarini xolisona
baholash boʻyicha tegishli yangi bilim, koʻnikma,
malaka va kompetensiyalarni
shakllantirishga yoʻnaltirilgan.
Oʻquv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni
imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab va maktab-
internatlari texnologiya fani oʻqituvchilarining malakasini oshirish mazmuni, sifati
va ularning tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari asosida
shakllantirilgan boʻlib, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan
maxsus maktab va maktab-internatlari texnologiya fani oʻqituvchilarning oʻz
kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy
bilim va innovatsiyalar, ilgʻor xorijiy
4
tajribalardan
samarali
foydalanish
hamda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga
ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi.
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab va
maktab-internatlari texnologiya fani oʻqituvchilarini uzluksiz
kasbiy rivojlantirish
kursi namunaviy oʻquv dasturi, xalq taʼlimi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis
xodimlarining
kasbiy
standartida
belgilangan
kompetensiyalar
asosida
shakllantirilgan tayanch oʻquv rejasining tarkibi quyidagi 8 ta oʻquv moduli
mazmunini oʻz ichiga oladi:
1. Pedagogning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish.
2.
Maxsus
taʼlimda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
va
mediasavodxonlik.
3. Oʻzini oʻzi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish.
4. Pedagogning masʼuliyati va moslashuvchanligi.
5. Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari.
6. Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni
bilish va kasbiy faoliyatda
foydalanish masalalari.
7. Fandagi yangiliklar va fanni oʻqitishning dolzarb masalalari.
8. Oʻquvchilar kompetensiyalarini xolisona baholash.