• OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY
  • Oʻqituvchi-logopedlar uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv dasturi
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/107
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #238906
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107
    Bog'liq
    3-ILOVA

    RIVOJLANTIRISH KURSINING 
     
    N A M U N A V I Y O‘ Q U V D A S T U R I 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    TOSHKENT – 2023 



    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
    VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI 
     
    A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY 
    RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA OʻRGATISH 
    MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI
     
     
    Oʻqituvchi-logopedlar uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining 
    namunaviy oʻquv dasturi 
     
     
    Oʻqituvchi-logopedlar uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining namunaviy oʻquv 
    dasturi A. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Kengashining 2023-yil 6-dekabrdagi 
    navbatdan tashqari 4/1-son bayonnomasi bilan maʼqullangan va tasdiqqa tavsiya etilgan. 
     
    Tuzuvchilar 
    X. Malikova 
     
    Taqrizchilar 
    G‘.Otamurodov 
    A.Avloniy nomidagi MTI “Raqamli 
    ta’lim texnologiyalarini va statistikani 
    takomillashtirish” ilmiy-tadqiqot 
    bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi (PhD), 
    dotsent 
    Z.N.Mamarajabova 
    Toshkent davlat pedagogika 
    universiteti, Surdopedagogika 
    kafedrasi professori,p.f.d.(DSc). 
     



    KIRISH 
    Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
    2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha 
    milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 29-apreldagi 
    “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
    konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son farmoni, 2021-yil 25-
    yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash 
    hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari 
    toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-
    yanvardagi “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil 
    etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorlarida 
    belgilangan vazifalar hamda Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat 
    taʼlim talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 121-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash 
    maqsadida, shuningdek, taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy 
    standartlari asosida rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishning ilgʻor va 
    shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan maxsus taʼlim 
    tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish 
    boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan 
    boʻlib, zamonaviy talablar asosida oʻqituvchi-logopedlar malakasini oshirish 
    jarayonlarining 
    mazmunini 
    takomillashtirish 
    hamda 
    ularning 
    kasbiy 
    kompetentligini muntazam oshirishga qaratilgan. 
    Dastur mazmuni oʻqituvchi-logopedning nutqiy koʻnikmalarini rivojlantirish, 
    axborot kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik, oʻzini oʻzi 
    rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish, oʻqituvchi-logopedning masʼuliyati va 
    moslashuvchanligi, inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari, taʼlimga oid normativ-
    huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy faoliyatda foydalanish masalalari,
    oʻqituvchi-
    logoped ishini tashkil etish metodikasi,
    oʻqituvchi-logopedning kompetensiyalarini 
    xolisona baholash boʻyicha tegishli yangi bilim, koʻnikma, malaka va 
    kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan.
    Oʻquv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni 
    oʻqituvchi-logopedning malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning 
    tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari asosida shakllantirilgan 
    boʻlib, oʻqituvchi-logopedlarning oʻz kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim va 
    innovatsiyalar, ilgʻor xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini 
    oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi. 
    Oʻqituvchi-logopedlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi namunaviy 
    oʻquv dasturi xalq taʼlimi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarining 



    kasbiy standartida belgilangan kompetensiyalar asosida shakllantirilgan tayanch 
    oʻquv rejasining tarkibi quyidagi 8 ta oʻquv moduli mazmunini oʻz ichiga oladi: 
    1. Oʻqituvchi-logopedning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish. 
    2. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik. 
    3. Oʻzini oʻzi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish. 
    4. Oʻqituvchi-logoped masʼuliyati va moslashuvchanligi. 
    5. Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari. 
    6. Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy faoliyatda 
    foydalanish masalalari. 
    7. Oʻqituvchi-logoped ishini tashkil etish metodikasi. 
    8. Oʻqituvchi-logopedning kompetensiyalarini xolisona baholash. 

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   107




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi

    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish