Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/107
Sana16.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#238906
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107
Bog'liq
3-ILOVA

 



KIRISH 
Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev rahbarligidagi 2023-yil 23-avgust kuni kengaytirilgan videoselektor 
yigʻilish qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi 
“2022–2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni 
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston 
Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son farmoni, 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq 
taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda uzluksiz 
kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4963-
son qarori va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi “Oʻquvchilarni 
psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish 
toʻgʻrisida”gi 577-son qarori, 2022-yil 17-yanvardagi “Xalq taʼlimi xodimlarini 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni 
tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorlarida belgilangan vazifalar hamda Xalq taʼlimi 
vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat taʼlim talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 
121-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim 
tashkiloti psixologlarining kasbiy standartlari asosida psixolog kadrlarning 
malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq 
etish yoʻli bilan umumiy oʻrta taʼlim tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning 
zamonaviy tamoyillarini joriy etish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar 
mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan boʻlib, zamonaviy talablar asosida 
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixolog kadrlari malakasini oshirish 
jarayonlarining 
mazmunini 
takomillashtirish 
hamda 
ularning 
kasbiy 
kompetentligini muntazam oshirishni nazarda tutadi. 
Dastur mazmuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 15-
noyabrdagi 540-son buyrugʻi asosida oʻtkazilgan diagnostik test natijalari koʻra, 
oʻquv fanlarining nazariyasi va amaliyoti uygʻunligini taʼminlash, taʼlimdagi ilgʻor 
yutuqlarni oʻrganish, inklyuziv taʼlimga qadriyatli munosabat, oʻquv-tarbiya 
jarayonini modellashtirish va uni taʼlim jarayoniga tatbiq etish, taʼlimda raqamli 
texnologiyalardan samarali foydalanish, XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish: 4K 
– tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash va kommunikativlik 
koʻnikmalarini shakllantirish hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish boʻyicha 
tegishli yangi bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga 
yoʻnaltirilgan.
Oʻquv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mazmuni 
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari psixolog kadrlarining malakasini oshirish 
mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari 
asosida shakllantirilgan boʻlib, psixologlarning oʻz kasbiy faoliyatiga doir 



zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilgʻor xorijiy tajribalardan samarali foydalanish 
hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga keng 
tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini 
nazarda tutadi. 
Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti psixologlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
kursi namunaviy oʻquv dasturi, umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti psixologlari kasbiy 
standartida belgilangan kompetensiyalar va diagnostik test natijalari asosida IV 
tabaqada shakllantirilgan tayanch oʻquv rejasining 4 ta blok tarkibidagi quyidagi 
12 ta oʻquv moduli mazmunini oʻz ichiga oladi: 

Download 6,06 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi

Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish