• Kursning vazifasi
  • Kursning maqsadi va vazifalari




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/107
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #238906
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107
    Bog'liq
    3-ILOVA

     
    Kursning maqsadi va vazifalari 
    Kursining maqsadi:
    taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun 
    zarur boʻladigan kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarni zamonaviy yondashuvlar, 
    malaka talablari asosida muntazam yangilash, ularning kasbiy faoliyatga doir 
    kompetentligini rivojlantirish. 
    Kursning vazifasi
    : tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan 
    ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmunini keng tushuntirish, taʼlim-tarbiya jarayonini 
    sifatli va samarali tashkil etishning metodologik asoslarini singdirish. 
    Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, koʻnikma, malaka va 
    kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablar: 
    ushbu talablar xalq taʼlimi tizimi 
    rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarining kasb standarti asosida, tegishli 
    yoʻnalish boʻyicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus 
    maktab va maktab-internatlari texnologiya fani oʻqituvchilarining malakasini 
    oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga 
    qoʻyiladigan malaka talablari bilan belgilanadi. 
    Kurs hajmi 
    Malaka oshirish kursining davomiyligi 36 soatni tashkil etadi. Malaka 
    oshirish 
    toifasi 
    boʻyicha 
    taʼlim 
    dasturlarini 
    toʻliq 
    oʻzlashtirgan kurs 



    tinglovchilariga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Oʻquv modulining har 
    2 soatini oʻzlashtirganlik uchun tinglovchiga 1 kredit ball beriladi. 
     
    Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab 
    va maktab-internatlari texnologiya fani oʻqituvchilarini uzluksiz kasbiy 
    rivojlantirish kursi oʻquv rejasidagi modullarining mazmuni 
     
    1. Pedagogning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish 
    Oʻzgalar fikrini hurmat qilish. Oʻzgalar fikriga taʼsir etuvchi (ishontira olish, 
    toʻgʻrilash, fikrni qarama-qarish qoʻyish) muloqot maneralari. Oʻzgalarning 
    huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga hamda oʻzaro munosabatlarni 
    oʻrnatishga qaratilgan (qoʻllab-quvvatlash, konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot 
    shakllari. Taʼlim jarayoni sifatini oshirish va taʼlim oluvchilarning oʻquv 
    ehtiyojlarini qondirish maqsadida oʻz hamkasblari bilan axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarining turli vositalari yordamida aloqa oʻrnatish va hamkorlik qilish. 
    Taʼlim sifatini oshirish maqsadida global tarmoqdagi turli pedagogik 
    hamjamiyatlarda ishtirok etish. Oʻzgalar bilan oʻzaro hurmat asosiga qurilgan 
    munosabatlar. Oʻzini tutishda, boshqalar bilan munosabatga kirishishda, qaror 
    qabul qilishda va resurslarni boshqarishda axloq normalari. Milliy qadriyatlarni, 
    shaxs erkinligi va uning masʼuliyatini, ijtimoiy adolatni himoya qilish. 

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish