• II. MUTAXASSISLIK FANLARI 2.1. Mutaxassislik fanlarining nazariy-amaliy asoslari
  •  Maxsus taʼlimning meʼyoriy-huquqiy asoslari




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet75/107
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #238906
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
    Bog'liq
    3-ILOVA

     
    1.3. Maxsus taʼlimning meʼyoriy-huquqiy asoslari 
    Qonunchilik normalari hamda ularga ogʻishmay rioya qilish. Taʼlimga oid 
    normativ-huquqiy hujjatlar. Kasbiy faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlar. 
    Bolalarning huquqlari toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar. Ish yuritish bilan 
    bogʻliq huquqiy asoslar. Ish yuritishning qonunchilikka muvofiq olib borilishi. 
    Mavjud tartibga muvofiq oldindan belgilangan muddatlarda ish yuritish. Ish 
    yuritishda shaffoflik va ommaviylik tamoyillari. Taʼlim muassasasining hisobot, 
    shu jumladan, moliyaviy hisobot masalalariga taalluqli qonunchilik bazasi. 



     
    1.4. Inklyuziv taʼlim asoslari 
    Imkoniyati cheklangan oʻquvchilarni taʼlim jarayoniga jalb qilishga oid 
    qonun hujjatlarini bilish va ularning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlashning turli 
    strategiyalari. Imkoniyati cheklangan oʻquvchilarni taʼlim jarayoniga jalb etishga 
    qaratilgan tadbirlar. Zamonaviy taʼlim yondashuvlari orqali imkoniyati cheklangan 
    oʻquvchilarning dunyoqarashi va hayotiy koʻnikmalarini shakllantirish. Imkoniyati 
    cheklangan oʻquvchilar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammolar va ularning 
    yechimlari. 
    II. MUTAXASSISLIK FANLARI 
     
    2.1. Mutaxassislik fanlarining nazariy-amaliy asoslari 
    Mutaxassislik fani va taʼlimning asosiy nazariyalari, ularni amaliyotga tatbiq 
    etishning samarali usul va vositalari. Oʻquvchilarning turli taʼlimiy ehtiyojlari 
    asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari. Yoshga 
    doir pedagogika, psixologiya asoslari, bolalar bilan ishlash usul va metodlari. Ilmiy 
    kompetensiyalarni shakllantirish. 
    Bolalar tarbiyasi va ta’lim rivojlanishida psixolog Vigotskiy Lev 
    Semyonovich (1896–1934)ning “Eng yaqin rivojlanish sohasi” (Zone of Proximal 
    Development) nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra, ta’lim oldinda borishi va bolaning 
    rivojlanishini o‘ziga ergashtirishi zarurligi. Bola yangi ko‘nikmalarni 
    o‘zlashtirganidagina rivojlanish yuzaga kelishi. Bola yangi koʻnikmalarni real 
    hayotdan ajralmagan holda, o‘zida bor bo‘lgan bilimlar asosida o‘zlashtirishi. 
    L. S. Vigotskiy “yetilish jarayonidagi, ertaga yetiladigan, hozir paydo 
    bo‘layotgan holatdagi funksiyalarni rivojlanish mevasi deb emas, rivojlanish 
    kurtaklari, gullari, ya’ni endigina yetilib kelayotgan funksiyalarni “Eng yaqin 
    rivojlanish sohasi” deb tushuntirganining mohiyati. 
    Konstruktivizm pedagogikada nazariy hamda amaliy yo‘nalish sifatida. 
    Bilimlarni ta’lim oluvchilar tayyor holda emas, har kim hayoti davomida o‘z atrof-
    muhitini tushunishni konstruksiyalashi. Konstruktivist o‘qituvchining o‘ziga xos 
    xususiyatlari, o‘qituvchining ta’lim oluvchilarning muammoli, yo‘naltirilgan 
    tadqiqot faoliyatida konsultant, tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi sifatidagi roli. 
    Bola intellektining rivojlanishi (J. Piaje), eng yaqin rivojlanish sohasi (L. S. 
    Vigotskiy), o‘quv maqsadlari taksonomiyasi (B. Blum), intellektning ko‘p turliligi 
    (G. Gardner), konstruktivizm (Arends) haqidagi ma’lumotlar va ulardan amalda 
    foydalanish pedagogikada nazariy hamda amaliy yo‘nalish sifatida. 



    Umumiy oʻrta taʼlimning Davlat taʼlim standartlarida hamda Milliy oʻquv 
    dasturida belgilangan oʻquvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy 
    koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan usullarni amaliyotga tatbiq etishning 
    samarali yoʻllari. Oʻquv dasturining mazmuni mos keladigan samarali usullarini 
    tanlash, interfaol metodlarni qoʻllash. Pedagogik va psixologik bilimlardan 
    foydalanib pedagogik vaziyat va hodisalarni kuzatib borish, ularni tahlil qilish. 
    Zamonaviy axborot texnologiyalarini fanga singdirish. Dars vaqtini oqilona 
    rejalashtirish, darsning maqsad, shakl va usullarni aniqlash. Oʻquv reja va davlat 
    taʼlim standartlari, shuningdek, maktab ishi bilan bogʻliq boshqa hujjatlar (taʼlim 
    tizimining tuzilishi va vazifalari, maqsadlari, huquqiy asoslari, taʼlim 
    muassasalarining tashkil etilishi va faoliyati). 
    O‘quvchilarga metakognitiv strategiyani o‘rgatishda turli yondashuvlardan, 
    shu jumladan, rejalashtirish, nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini 
    rivojlantirish strategiyalaridan foydalanish. Individual ta’lim ehtiyojlaridan kelib 
    chiqib, o‘quvchilarga o‘z vaqtida differensial yordam berish. Dars mavzusini 
    amaliyot bilan (hayotdagi misollar yordamida) bog‘lash. Dars davomida har bir 
    o‘quvchiga o‘z g‘oyalari va qarashlarini ifoda etish imkoniyatini berish. 
    O‘quvchilarni darsda faol qatnashishga ruhlantirishda ularning shaxsiy 
    qiziqishlaridan foydalanish. O‘quvchilarni darsga qiziqtirishda turli usullardan 
    foydalanish. Sinfda samarali muloqotni ta’minlash. 
    Ta’lim-tarbiya jarayonida motivatsion vaziyatlarni yaratish, ularning 
    samaradorligini tahlil qilish va kerakli natijalarga erishishda o‘z harakatlarini 
    o‘zgartirish. 
    Sinfni boshqarish. Huquqiy madaniyat, odob va axloq me’yorlarga rioya 
    qilish, professional axloq qoidalari, ijtimoiy kompetensiyalarga ega bo‘lish, eng 
    yuqori sifat standartlariga erishishga intilish, sifatga e’tibor berish; 
    innovatsiyalarni qabul qilish; o‘zgarishlarni qabul qilish va ularga moslashish 
    istagi; o‘z tajribasini doimiy ravishda tahlil qilish va kasbiy amaliyotga 
    o‘zgarishlar kiritish; barcha bolalar o‘rganishi va rivojlanishi mumkinligiga 
    ishonch, har bir bolaning shaxsini hurmat qilish. 
    Ta’lim natijalarini baholash va diagnostika qilish uchun turli usul hamda 
    vositalardan foydalanish. O‘quvchilarning bilimlarni egallash darajasini (hajmini) 
    muntazam va tizimli ravishda kuzatib borish. O‘quvchilar erishgan yutuqlarni
    natijalarni tahlil qilish. Dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan 
    foydalanish. 
    O‘quvchilar bilimini baholash natijasida olingan ma’lumotlarni inobatga 
    olgan holda darsning aniq, o‘lchamli maqsad va natijalarini aniqlab, dars rejasini 
    ishlab chiqish. Darsning maqsadlari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va 
    o‘zlashtirishiga mos keladigan dars shakllari va usullarini rejalashtirish. Tegishli 



    o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish. 
    Ta’limning aniq va o‘lchanadigan natijalarini, shuningdek, ushbu natijalarga 
    erishishda aniq muddatlar (yil, chorak, dars) uchun vazifalarni aniqlash, ularni 
    rejalarda shakllantirish. O‘quvchilarning bilimini baholash natijasida olingan 
    ma’lumotlarni inobatga olgan holda rejalarni muvofiqlashtirish. 

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Maxsus taʼlimning meʼyoriy-huquqiy asoslari

    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish