• 1. Toʻgarak rahbarining kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish
  • 2. AKT va mediasavodxonlik
  • malakalariga ega boʻlishi




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/103
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #138518
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103
    Bog'liq
    3-ILOVA

    malakalariga ega boʻlishi
    – ilgʻor pedagogik texnologiyalardan kasbiy faoliyatida foydalanish; 
    – oʻz ustida ishlash va pedagogik mahoratini muntazam oshirib borish 
    kompetensiyalariga ega boʻlishi lozim. 
     
    Kursning taʼlimdagi oʻrni 
    Tinglovchilarda “Barkamol avlod” bolalar maktabida toʻgaraklarni tashkil 
    etish va oʻtkazish metodikasini oʻrgatish hamda amalda qoʻllash koʻnikmalarini 
    shakllantirish orqali taʼlim samaradorligini taʼminlashga xizmat qiladi. 
    Kurs hajmi 
    Malaka oshirish kursining davomiyligi 36 soatni tashkil etadi. Uzluksiz 
    kasbiy rivojlantirish kursi boʻyicha tegishli taʼlim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan 
    kurs qatnashchilarga sertifikat beriladi. Oʻquv modulining har 2 soatini 
    oʻzlashtirganlik uchun tinglovchiga 1 kredit ball beriladi. 
    1. Toʻgarak rahbarining kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirish 
    Boshqalar fikrini hurmat qilish. Oʻzgalar fikriga taʼsir etuvchi (ishontira 
    olish, toʻgʻrilash, fikrini qarama-qarshi qoʻyish) muloqot madaniyati va undan 
    samarali foydalanish. 
    Oʻzaro munosabatlarni oʻrnatishga qaratilgan (qoʻllab-quvvatlash, 
    konstruktiv, ruhlantiruvchi) muloqot madaniyati. Oʻqituvchining kasbi – 
    pedagogik kompetentligi. 
    Taʼlim jarayoni sifatini oshirish va oʻqituvchilarning oʻquv ehtiyojlarini 
    qondirishda oʻz hamkasblari bilan AKTning turli vositalari yordamida muloqot 
    oʻrnatish va hamkorlik qilish. 
    Toʻgarak rahbarining global tarmoqdagi turli pedagogik hamjamiyatlari va 
    ulardan taʼlim sifatini oshirishda foydalanish. 
    Boshqalarning huquqlari va hissiyotlarini hurmat qilishga qaratilgan 
    muloqot madaniyati. 


    2. AKT va mediasavodxonlik 
    Axborotlashtirish 
    sohasidagi 
    normativ-huquqiy 
    asoslar. 
    Axborot 
    texnologiyalariga oid XXI asrga xos boʻlgan hayotiy koʻnikmalar. Taʼlim 
    jarayonini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan axborot resurslari. Kasbiy faoliyatda 
    qoʻllanadigan axborot texnologiyalari, ulardan foydalanish usul va vositalari. 
    Taʼlim jarayoniga axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
    borasidagi yangiliklar. Axborot texnologiyalarini taʼlim jarayonida qoʻllashning 
    tajribada sinalgan va ilmiy asoslangan usul va vositalarini aniqlay olish. Tarmoq 
    texnologiyalari, Internet resurslari, multimedia vositalaridan kasbiy faoliyatida 
    foydalanish. Oʻz kasbiy mahoratini internet resurslari orqali muntazam oshirish va 
    taʼlim muassasasida AKTni samarali joriy eta olish. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
    platformasi (LMS). 

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   103




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish