3. Oʻzini oʻzi rivojlantirish, uzluksiz kasbiy rivojlanish Oʻzini oʻzi rivojlantirish va kasbiy oʻsish. Uzluksiz qayta tayyorlash va
malaka oshirish tizimining asosiy gʻoyalari va tamoyillari. Butun hayot davomida
taʼlim olish gʻoyasi (lifelong learning). Formal va noformal taʼlim shakllari.
Kasbiy ehtiyojlarni qondirish va kasbiy mahoratni rivojlantirish yoʻllari, usul va
vositalari.
4. Toʻgarak rahbari masʼuliyati va moslashuvchanligi Masʼuliyat va moslashuvchanlik haqida tushuncha. Rahbar masʼuliyati,
Kattalar taʼlimi nazariyasi. Kichik va katta guruhlar psixologiyasiga oid
qonuniyatlar. Shaxs rivojlanishining diagnostikasi va psixologik xususiyatlari.
Shaxs rivojlanishi diagnostikasi usullari. Shaxslararo munosabatlar va ularning
xususiyatlari. Intellektual rivojlanish psixodiagnostikasi. Taʼlim jarayonida
moslashuvchanlik muammolarini hal qila olish, tarbiyaviy mashgʻulotlar
jarayonida toʻgarak rahbari va oʻquvchilar oʻrtasida kuzatilayotgan nizoli
vaziyatlarni bartaraf etish. Shaxs shakllanishi va intellektual rivojlanishini
diagnostika qilishda ijtimoiy-psixologik metodlar.
5. Inklyuziv taʼlimni joriy etish masalalari Inklyuziya va inklyuziv taʼlim tushunchasi. Oʻquvchilarni jismoniy,
intellektual, ijtimoiy, emotsional, tili va boshqa xususiyatlaridan qatʼi nazar birga
oʻqitishni tashkil qilish. Bunda yuzaga keladigan muammolar va ularni samarali
hal etish usullari.
Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega oʻquvchilarni taʼlim jarayoniga jalb qilishga
oid meʼyoriy hujjatlar. Imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning umumtaʼlim
maktablarida sogʻlom bolalar bilan bir qatorda taʼlim olishlarini qoʻllab-
quvvatlashning turli strategiyalari.
Alohida taʼlim ehtiyojlariga ega oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berishning
psixologik jihatlari.