• 7. Toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish va olib borish metodikasi
  •  Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/103
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #138518
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
    Bog'liq
    3-ILOVA

     
    6. Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy 
    faoliyatda foydalanish masalalari 
    Qonunchilik normalari, mamlakatda taʼlim sohasida olib borilayotgan 
    islohotlar, taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash va kasbiy 
    faoliyatida samarali foydalanish. Oʻz kasbiy faoliyatiga doir normativ-huquqiy 
    hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va amaliyotda qoʻllay olish. Bola 
    huquqlari toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni va ularga rioya qilishni tashkil 
    etish. Taʼlim muassasalarida korrupsiyaning oldini olishda ishtirok etish. 
    Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar va uni bartaraf etishga takliflar berish. 
    7. Toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish va olib borish metodikasi 
    “Barkamol avlod” bolalar maktablariga tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlar 
    mazmuni haqida maʼlumotlar hamda ularning ijrosini taʼminlashda toʻgarak 
    rahbarlarining vazifalari. “Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgarak 
    rahbarlarining huquq, burch va vazifalari hamda ularning lavozim majburiyatlari. 
    “Barkamol avlod” bolalar maktablari maktabgacha va maktab taʼlimi tizimining 
    tarkibiy qismi ekani, uning asosiy vazifasi oʻquvchi yoshlarga qoʻshimcha taʼlim 
    va tarbiya berishdan iboratligi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli 
    oʻtkazish uchun bor imkoniyatni ishga solish zaruriyati. 
    Oʻquvchi-yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalash 
    maqsadida tashkil etilgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyatini amalga 
    oshirishdagi umumiy davlat talablari va modernizatsiya qilingan yoʻnalishlar 
    boʻyicha davlat talablarining mazmun-mohiyati. Toʻgarak rahbarlariga qoʻyilgan 
    talablar. Belgilangan davlat talablari ijrosini taʼminlash asosida ilm-fan, adabiyot, 
    sanʼat va meʼmorchilik, texnik ijodiyot, milliy xalq hunarmandchiligi hamda 
    ekologik sohalarda isteʼdodli yoshlarni tarbiyalash va ularni salohiyatli kasb-hunar 
    egalari qilib tayyorlash masalalari. 
    Badiiy ijodkorlik yoʻnalishidagi toʻgaraklar mashgʻulotlarida individual, 
    frontal, juftlikda ishlash, katta va kichik guruhlarda ishlash, jamoaviy boʻlib 
    ishlashga oid mashgʻulotlarni tashkil etish. Mashgʻulot turlari: yangi mavzuni 
    oʻzlashtirish, 
    oʻzlashtirilgan 
    bilim 
    va 
    koʻnikmalarni 
    mustahkamlash, 
    oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalarni takrorlash, oʻzlashtirilgan bilim va 
    koʻnikmalarni tizimga solish va umumlashtirish, oʻzlashtirilgan bilim va 
    koʻnikmalarni nazorat qilish va baholash mashgʻulotlari. 


    Toʻgarak xonalarini zamon talabi asosida jihozlashning ahamiyati hamda uni 
    amalga oshirish tartibi. Toʻgarak aʼzolari qoʻl mehnati bilan tayyorlangan 
    koʻrgazma, eksponat, modellar, fotolavhalar, buklet, albom va turli xil arxeologik 
    tarixiy topilmalar bilan boyitish yoʻllari va ularni saqlash tartibi. Oʻquv-moddiy 
    bazani boyitib borish va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish zarurati. 
    Toʻgarak mashgʻulotlarining elektron variantlari bankini yaratish va ulardan 
    mashgʻulotlar jarayonida foydalanish zarurati. 
    “Barkamol avlod” bolalar maktablarida metodik ishlarga rahbarlik va 
    metodik xizmat uzluksizligini taʼminlashning tashkiliy-pedagogik asoslari. 
    “Barkamol avlod” bolalar maktablarida metodik xizmatni tashkil etishning 
    ahamiyati. Metodik xizmat turlari. Metodik xizmatni tashkil etish shakl va usullari. 
    Ishchanlik oʻyini asosida metodik oʻquvlarni oʻtkazish texnologiyasi. 
    Oʻzbekiston Respublikasida oʻquvchi-yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish 
    tiplari, maktabdan tashqari taʼlimning vazifalari. Kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturi 
    va uning ijrosini taʼminlashda toʻgarak rahbarining roli. Ularni kasb-hunarga 
    yoʻnaltirish bosqichlari, omillari va muammoli masalalarni hal etish yoʻllari. Turli 
    xil kasbiy maslahatlar berish. Kundalik turmushda zarur boʻlgan hunarlarni 
    oʻzlashtirish yoʻllari. Mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha oʻtkaziladigan 
    suhbatlar va tadbirlar. 
    Iqtidorli, turli xil qobiliyatga ega boʻlgan bolalarni izlab topish yoʻllari, 
    ularni toʻgaraklarga aʼzo qilish tartibi, iqtidorli bolalar bilan olib boriladigan 
    qoʻshimcha ishlar mazmuni va ularning ishlarini axborot vositalari, gazetalar, 
    bolalar jurnallarida ommalashtirish yoʻllari. Bolalarni iqtidor, qobiliyatlari orqali 
    kasb-hunar tanlashga toʻgʻri yoʻnaltirish masalalari. Voyaga yetmagan, tarbiyasi 
    ogʻir bolalar psixologiyasini chuqur oʻrganish, toʻgʻri yondashish va ularni kasb-
    hunarga, mustaqil hayotga toʻgʻri yoʻnaltirish ishlari, zararli odatlar va 
    giyohvandlikning oldini olish boʻyicha olib boriladigan targʻibot ishlari. 

    Download 6,06 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Taʼlimga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish va kasbiy

    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish