• Ehtiyot boʻling!
  • • Find va Replace
  • Maktabgacha va




    Download 6,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/159
    Sana01.02.2024
    Hajmi6,45 Mb.
    #149906
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
    Bog'liq
    7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 2023

    Diqqat
    Replace all 
    buyrug‘idan 
    foydalanganda 
    e’tiborli bo‘lish 
    kerak. Aks holda 
    so‘zlarni to‘liq emas, 
    qisman almashtirib 
    qo‘yish mumkin. 
    Internetda 
    ma’lumotlar 
    o‘rganilayotganda 
    faqat ishonchli 
    veb saytlardan 
    foydalanish kerak. 
    Ehtiyot boʻling!
    @edurtm_uz


    Matnli hujjatlardan maqsadli foydalanish
    Bu modulda quyidagilarni oʻrganasiz:
    1
    Muayyan maqsad uchun matn yaratish va formatlash
    2
    Grafika yoki boshqa elementlarning hujjatga toʻgʻri joylashishi 
    uchun sozlamalarni moslash
    3
    Hujjatga jadval qoʻshish
    4
    Formatlashning kengaytirilgan imkoniyatlaridan foydalanish
    5
    Sahifani formatlash parametrlaridan foydalanish
    6
    Sahifalarni muayyan auditoriyaga moslab formatlash
    Bu modulda yakuniy loyihangizni bajarishda qoʻl keladigan maqsadli matn yozish 
    koʻnikmalarini rivojlantirasiz. Loyiha maqsadi — maktabingizning “Internetdan 
    foydalanishga oid qoʻllanma”si dizaynini tayyorlash. Qoʻllanma maktabdagi internet 
    tadbirlaridan birida foydalaniladi. Shuning uchun uni yaxshi koʻrinishda taqdim etish 
    kerak.
    Vazifani bajarish uchun hujjatlar ichiga jadvallar, belgili roʻyxatlar joylashtirish kabi 
    zamonaviy formatlash usullarini qoʻllashingiz hamda har tomonlama puxta va chiroyli 
    dizaynga ega hujjat yaratishingiz kerak. Modul yordamida matn va sahifani formatlash, 
    auditoriyaga muvaffaqiyatli taqdim qilish sirlarini oʻrganasiz.
    Shuningdek, quyidagilarni bilib olasiz:
    • Find va Replace uskunalaridan foydalanish;
    • hujjatga linklar qoʻshish;
    • hujjatga muqova (cover page) qoʻshish.
    Microsoft Word 
    dasturida 
    foydalanuvchiga 
    yordam beruvchi 
    Clippy nomli kichik 
    ekran yordamchisi 
    boʻlar edi. Clippy 
    xuddi qistirgʻich 
    (skrepka)ga 
    oʻxshardi. Ayrimlar 
    Clippyni yoqtirar, 
    ba’zilarga esa u 
    xalaqit berardi.
    Ushbu kichik 
    yordamchi Microsoft 
    Word dasturining 
    2007-yilgi 
    versiyasiga qoʻshilib 
    tarixda qolib ketdi.

    Download 6,45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




    Download 6,45 Mb.
    Pdf ko'rish