Maktablarda scratch dasturi ahamiyati va unda o’yinlar yaratish sagidullaev Nursultan Ibadullaevich, tatu nukus filiali assistenti, Orinbaev Aymurat Baxadurovich, tatu nukus filiali assistenti, Baytilewova Gu’ljahan Dawleybay qizi




Download 208.23 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi208.23 Kb.
#73925
Bog'liq
Maktablarda scratch dasturi ahamiyati va unda o’yinlar yaratish
kompyuterli matematik tizimlar testlar 2, qadimgi dunyo tarixi 6 rus, MARKETING test, 4 pedagogika psixologiya, ANORA .ISTAMOVA ;MOPERTYUI PRINSIPI, Bebutov Jumabek Nodir o’gli (2), Kurs ishi Hamroqulova Oltinoy 23996, A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi, kimyoviy bog\'lanish, Документ Microsoft Word, 7-sinf biologiya yangi, HAMROQULOVA K, HAMROQULOVA K, ELEKTRO MAGNIT TO`LQINLAR, 7-sinf Fizika yillik konspekt

MAKTABLARDA SCRATCH DASTURI AHAMIYATI VA UNDA O’YINLAR YARATISH
Sagidullaev Nursultan Ibadullaevich, TATU Nukus filiali assistenti,

Orinbaev Aymurat Baxadurovich, TATU Nukus filiali assistenti,
Baytilewova Gu’ljahan Dawleybay qizi, TATU Nukus filiali talabasi


Annotatsiya
Hozirda axborot texnologiyalari hayotimizning barcha sohalariga kirib kelmoqda. Ta’lim sohasida Axborot texnologiyalarning tutgan o’rni juda yuqori. Prezidentimizning “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” [1] gi qarori asosida, respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.
Kalit so’zlar: Scratch, maktab, informatika.
Hozirda umumta’lim maktablarida o’quvchilar uchun yangi o’quv darsliklar yaratildi. Ularga misol qilib Python va Scratch dasturlash tillarini aytsak bo’ladi.
Biz bu maqolada Scratch dasturi haqida batafsil ma’lumot berib o’tamiz.
Scratch - bu 2006 yilda MIT (Massachusets Texnologiya Instituti) tomonidan Web 2.0 yondashuvlaridan foydalangan holda yaratilgan boshlang’ich va o’rta maktab o’quvchilarini o’qitish uchun vizual tadbirlarga asoslangan eng mashhur dasturlash muhiti. Dastur sizga o’zingizning animatsion interaktiv hikoyalar va komptyuter o’yinlarini yaratishga imkon beradi. Scratch Logo tili va Lego konstruktori g'oyalarining davomi sifatida yaratilgan. Scratch bolalar uchun dasturchilarning kichik guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Scratch dasturlari grafik bloklardan iborat bo'lib, sarlavhalari interfeys uchun tanlangan tilga bog'liq. Rus va o'zbek tilini ham o'z ichiga olgan 50 ta interfeys tilidan birini tanlash mumkin. Scratch belgisi - bu tirnalgan mushukchani bildiradi.
Shunday qilib, Scratch dunyodagi o'qituvchilar hamjamiyati tomonidan boshlang'ich maktabdan boshlab dasturlashni o'rgatish uchun boshlang'ich muhit sifatida faol foydalaniladi. Scratch 8-16 yoshdagi bolalar uchun ixtiro qilingan, ammo har qanday yoshdagi odamlar foydalanadi. Dastur mantiqqa asoslangan bo’lib, bloklarni bir-biriga biriktirish orqali dastur yaratiladi. Bu dastur orqali bolaning o’ylashi tafakkuri ortadi.

Scratch dasturi asosan 5 paneldan iborat:

  1. Kod, kostyum, tovush menulari;

  2. Har menuning panellari;

  3. Blok va kod kiritish maydoni;

  4. Natijani ko’rish oynasi;

  5. Bu panelda yaratilgan kastyumlar to’plami joylashadi.

Shu tariqa oddiy oyin yaratish uchun biz asosan kod menusidan foydalanimiz.
Misol tariqasida Scratchda yaratilgan tanklar o’yinining bloklarini quyida ko’rishiningiz mumkin.

Bu tank o’yinining tayyot holati.

Bu esa o’yin ichidagi bir elementning blok kodi
Huddi shu tariqa boshqa har bir elementlarning yuqoridagi kabi blok kodlari mavjud bo’ladi. Dasturning to’liq kodlarini quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://drive.google.com/file/d/14cAys0Czr-2gSph9ridMe--tVohtUYdb/view?usp=sharing.
Bu dasturning boshqa dasturlash tillardan farqi shundaki bunda kod yozilmaydi faqat bloklar biriktiriladi va qiymat beriladi. Maktablarda o’quvchilar Scratch dasturidan foydalanishni o’rgansa keyin boshqa dasturlash tillariga o’tishi oson boladi.
Adabiyotlar ro’yxati:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4851-sonli qarori: https://lex.uz/docs/-5032128

  2. Валерий Рубанцев. Занимательные уроки со Скретчем. RVGames. 2016—260 с.

Download 208.23 Kb.




Download 208.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktablarda scratch dasturi ahamiyati va unda o’yinlar yaratish sagidullaev Nursultan Ibadullaevich, tatu nukus filiali assistenti, Orinbaev Aymurat Baxadurovich, tatu nukus filiali assistenti, Baytilewova Gu’ljahan Dawleybay qizi

Download 208.23 Kb.