|
Malakaviy ishi
|
bet | 16/20 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,81 Mb. | | #230012 |
Bog'liq Gulchexra BMIFiltrlar bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturida tasvirni qo‘shimcha effektlar bilan boyitish uchun filtrlardan foydalanish mumkin. Buning uchun menyular satrida Filtr buyrug‘i tarkibidagi filtrlardan foydalanishingiz mumkin. Quyidagi eng ko‘p qo‘llaniladigan filtrlar tavsifi misollar yordamida keltiriladi.
Chap ustunda filtr qo‘llanilmagan asl nusxa, o‘ng tomondagi ustunda esa tasvirlarning filtr qo‘llanilgandan so‘nggi varianti keltirilgan.
Tibbiyot fanlarini o‘qitishda kompyuter grafikasining imkoniyatlari
Hozirgi kunda kompyuter hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, iqtisodiyotning turli sohalarida va xususan tibbiyotda ham keng qo‘llanilmoqda.
Tibbiyot muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari faol joriy etilmoqda. Axborot texnologiyalari ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish va tibbiy ko‘rik, tekshirish, diagnostika va kasalliklar prognozi paytida qarorlarni optimallashtirish imkonini beradi.
Professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayonida talabalar o‘rganishlari, o‘quv, ilmiy, axborot, diagnostika va tibbiy maqsadlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishlari kerak.
Rasmlar, EKG, EEG, va hokazolar, matnlar, fotosuratlar yoki tibbiy ma’lumotlarning boshqa turlarini o‘z ichiga olgan kasallik tarixini namoyish etishda kompyuter grafikasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Endi Photoshop dasturida rentgendan chiqqan qo‘l rasmini tayyorlash yo‘llarini ko‘rib o‘tamiz.
1-qadam. Bizga ikkita rasm kerak bo‘ladi, 1-rasm: qo‘l rasmi, 2-rasm: suyak rasmi.
18-rasm. Qo‘l rasmi
19-rasm. Qo‘l suyagi rasmi
2-qadam. Photoshop dasturini ishga tushiramiz. Yangi hujjat yaratamiz, File-New (Ctrl+N) qadamlar ketma-ketligi yordamida. Yaratadigan hujjatimiz oynasi parametrlari quyidagicha:
Width : 1920 picsel
Height : 1080 picsel
Resolution : 72
Color Mode : RGB
20-rasm. Muloqot oynasi
3-qadam. Qo‘l rasmini File-Open kombinatsiyalari yordamida ochib olamiz va Polygon Lasso (L) uskunasi yordamida quyidagi ko‘rinishda qirqib olamiz:
21-rasm. Qo‘l rasmini qirqib olish
Xuddi shu uskuna yordamida qo‘l suyagi rasmini ham qirqib olamiz. Qirqilgan suyak rasmini oynaga ko‘chirishdan avval yangi sloy ochamiz va qo‘l rasmidagi ko‘z belgisini o‘chirib qo‘yamiz.
22-rasm. Qo‘l suyak rasmini qirqib olish
4-qadam. Fon rangini tayyorlash uchun yangi sloy yaratib olamiz va Paint Bucket Tool (G) yordamida quyidagicha bo‘yaymiz:
23-rasm. Color darchasi
5-qadam. Endi, qo‘l rasmini quyidagi parametrlarini tayyorlaymiz:
24-rasm. Qatlamlar oynasi
|
| |