• History darchasi bilan ishlash.
  • Qatlamlar bilan ishlash
  • Redaktirovanie
  • Malakaviy ishi




    Download 7,81 Mb.
    bet14/20
    Sana13.05.2024
    Hajmi7,81 Mb.
    #230012
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
    Bog'liq
    Gulchexra BMI
    Ann, majmuaIvaRT2-semestr, Majmua IVRT 1-SEMestr 123, I va RT FAN DASTURI АЛИШЕВ Ш Xonimqulov U.S, Iroda BMI, LABARATORIYA MASHG, 3 Amaliy mashg‘ulot CSS qoʻllagan holda Veb sahifa yaratish, 6-amaliy mashgulot, 1-Amaliy mashg‘ulot. HTML tilida matn, ro‘yhat, jadval va forma elementlari bilan ishlash., 1-Laboratoriya. HTML sahifaga CSS o‘rnatish. Sahifa foni va ranglar bilan ishlash. Bloklar uchun turli dizayn elementlarini o‘rnatish., Darslik 01.05.2023
    Переключение цветов, kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangi o‘rin almashadi.
    Стандартнуй цвет. kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangini standart ranglar qora va oq rangga almashtiriladi.
    Ranglarni tanlashda Adobe PhotoShop dasturida Color yoki Swatches darchalaridan ham foydalanish mumkin. (rasm)

    12-rasm. Color darchasi
    History darchasi bilan ishlash.
    Adobe PhotoShop dasturi ishga tushirilganda ekranda History darchasi mavjud bo‘lmasa, OKNO menyusida Показать History buyrug‘ini tanlang. History darchasida tasvirga kiritilgan so‘ngi o‘zgarishlar haqidagi ma`lumotlar joylashadi. Tasvir ustida bajarilgan har bir muhim amallar History darchasida ro‘yxatga olinadi. Xohlagan paytda yoqmagan amallarni History darchasi orqali amalga oshirish mumkin. Buning uchun kursor bajarilgan amaldan oldingi buyrug‘i ustida bosiladi yoki Ctrl Alt 7 tugmalari bosiladi. Adobe PhotoShop dasturi bajarilgan so‘ngi 20 amalni ro‘yxatga oladi, yigirma birinchi amal bajarilganda Adobe Photoshop dasturi avvalgi amallarni o‘chiradi.
    Qatlamlar bilan ishlash
    Qatlamlar xuddi shisha oyna kabi shaffof qatlamlariga o‘xshashdir. Faqat tasvir bo‘lgan joylarigina ko‘rinishga egadir. Har bir qatlam uchun o‘zining shaffoflik darajasi bo‘lib qatlamni undan oldingi va keyingi turgan qatlamlar bilan hamoxangligini moslashtirish mumkin.

    13-rasm. Qatlamlar birlashmasi
    Qatlamlarni joylashishini o‘zgartirish, o‘rnini almashtirish yoki ularni yagona qatlamga birlashtirish mumkin. Bir vaqtni o‘zida har xil qatlamlarda turgan tasvirni qismini birgalikda o‘zgartirish va bir qatlamda turgan tasvirni faqat bir qismini o‘zgartirish mumkin emas. Qatlamlar bilan ishlash uchun avvalo Okno-Sloy buyrug’ini tanlash orqali oynaning o‘ng qismiga “Qatlamlar panelini” chiqariladi.
    Adobe Photoshop dasturi tasvirdagi biror obekt Прямоугольная Область, Эллиптическая Область, Лассо, Волшебная Палочка, Бустрая Маска yordamida tasvirdagi detallar belgilanib ularning nusxalari Adobe PhotoShop dasturi yangi qatlam hosil qiladi. Bu qatlam alohida obyekt bo‘lib, uni tahrir qilish ham alohida tarzda bo‘ladi. Bir necha tasvirlardagi ayrim detallarni yagona tasvirga jamlanganda Adobe Photoshop dasturi ko‘chirib o‘tilgan tasvir bo‘laklarni qatlamlarga ajratadi. Ayni jarayon tasvir detallarini joylashtirish uchun juda qulay. Bir necha qatlamlar bilan ishlaganda ularni boshqarish qiyinlashadi. Adobe Photoshop dasturi bajarilganda yangi darcha hosil bo‘ladi.Bu darchada tasvirdagi yangi qatlamlar haqidagi axborotlar joylashgan. Yangi qatlam hosil qilinganda Adobe Photoshop dasturi uni Слой darchasida ro‘yxatga oladi. Bu darchada qatlamlar tartibli tarzda joylashtiriladi. Shuningdek, qatlamalarning o‘rnini almashtirish yoki vaqtincha o‘chirib qo‘yish mumkin. Qatlamlarni o‘chirish uchun avval kerakli qatlam Слой darchasida belgilab olinadi va menyular satrida sloy menyusi tarkibidagi Удалить слой buyrug‘i tanlanadi. Qatlamlarni bir-biriga birlashtirish imkoniyati ham mavjud. Layers (Sloy) – “qatlamlar paneli”da tasvirda mavjud bo‘lgan qatlamlar – ustki qatlamdan to eng pastidagi qatlamgacha aks etirilgan. Bunda fon qatlami odatda oxirida joylashadi. Hozirda belgilangan qatlam faol bo‘lib ko‘rinadi va faqat shu qatlam ustida amallar bajarish mumkin. Ro‘yxatdagi qaysi qatlam tanlansa shu qatlam faol bo‘ladi.

    14-rasm. Qatlamlarni bir biriga ulash
    Umuman qatlamlar bilan ishlash uchun Sloy menyu bo‘limidagi buyruqlardan foydalaniladi.

    15-rasm. Sloy menyusi
    Masalan: -Yangi qatlam yaratish; -Qatlamning dublikatini olish; -Qatlamni o‘chirish; -Qatlam xususuyatlarini o‘zgartirish; -Qatlamga ishlov berish;
    -Qatlamlarni guruhlash va aksincha qilish; - Qatlamlarning joylashish tartibini o‘zgartirish kabi buyruqlar mavjud. Qatlamning shaklini o‘zgartirish yoki burash uchun menyuning Redaktirovanie bo‘limidan foydalaniladi.

    Download 7,81 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Download 7,81 Mb.