|
Malakaviy ishi
|
bet | 11/20 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,81 Mb. | | #230012 |
Bog'liq Gulchexra BMIAsosiy ish oynasi. Bu oynada bir vaqtning o‘zida bir nechta oyna bilan
ishlash imkoniyati mavjud.
7-rasm. Ishchi oyna
Masalalar panellari. Sloy, Sveta, Istoriya kabi panellardan tashkil topadi.
Tasvir bilan ishlash jarayonida qo‘shimcha yordamchi amallarni bajarishga xizmat qiladi. Ulardan keraklisini joriy qilish yoki olib qo‘yish uchun Okno menyu bo‘limidan foydalaniladi.
8-rasm. Qatlam oynasi
Adobe Photoshop dasturida tasvir o‘lchamlarini ekranda tasvirning qismini yoki tasvirdagi kichik detallarni ko‘chirish uchun xohlagancha kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin ayni jarayon foizlar hisobida orttiriladi. Masalan: 100 % - bu tasvirdagi piksellar soniga ekrandagi piksellar soni tengligini anglatadi. Ya’ni 1:1. 200% ga tasvir kattalashtirilganda ekrandagi bir pikselga katta miqdordagi piksellar miqdori to‘g‘ri kelayotganligidan dalolat beradi.
Tasvirning haqiqiy o‘lchami
Adobe Photoshop dasturida 100%li o‘lcham tasviring real o‘lchami deyiladi. 100% li o‘lchamda tasvir aniq ravshan ko‘rinadi.
Tasvirning real o‘lchami quyidagi amallarni bajarish orqali o‘rnatiladi:
Menyular satrida Вид menyusi реальный размер buyrug‘ini tanlang.
CTRL+Alt+O (nol) tugmalarini birgalikda bosish orqali. Uskunalar рaneli-dagi Masshtab tugma ustida «sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma ket bosish orqali.
To‘la ekranli rejim
Adobe Photoshop dasturi tasirning birinchi marta ochganda uni maksimal o‘lchamda ochadi. Tasvir bilan ishlash jarayonida uning o‘lchamini bir necha marta kattalashtirish yoki kichraytirishga to‘g‘ri keladi. Ana shunday holatlarda tasvirni xohlagan paytda dastlabki полноэкранный режим holatiga qaytarish mumkin. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
Menyular satrida Вид menyusi tarkibidagi по размерам экрана komandasini tanlash:
Ctrl+0 (nol) tugmalarni birgalikda bosish :
Uskunalar penalidagi рука tugmasi ustida «sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma-ket bosish.
|
| |