• RGB rang moduli.
  • HSB rang moduli.
  • Malakaviy ishi




    Download 7,81 Mb.
    bet8/20
    Sana13.05.2024
    Hajmi7,81 Mb.
    #230012
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
    Bog'liq
    Gulchexra BMI

    Rang modullari
    CIE Lab rang moduli. 1920-yilda CIE Lab (Communication Internationale de I’Eclairage — xalqaro komissiya, L,a,b — bu sistemada koordinata o‘qlarining ifodalanishi) rang fazoviy moduli ishlab chiqildi. Sistema apparatga bog‘liq bo‘lmaganligi uchun ko‘p hollarda qurilmalar orasida ma’lumotni o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. CIE Lab modulida ixtiyoriy rang quyidagicha aniqlanadi; yorug‘lik (L) va uning xromatik komponentlari: a — parametri yashil rangdan qizil ranggacha o‘zgarish diapazonini, b — parametri ko‘k rangdan sariq ranggacha o‘zgarish diapazonini tashkil qiladi.
    RGB rang moduli. RGB (Red, Green, Blue — qizil, yashil, ko‘k) rang moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan uchta qiymatdan foydalanadi. Buni uch o‘lchamli koordinata sistemasi ko‘rinishida ifodalash mumkin. Har bir koordinatalar o‘qida 0 dan 255 gacha diapazondagi bitta rang joylashtiriladi. Natijada rangli kub hosil bo‘ladi va uning ichida RGB modulning barcha ranglari joylashadi. Bu kubning hajmini hisoblash natijasida RGB modulning ranglar soni 16 777 216 ta bo‘lishi mumkinligini aniqlaymiz, ularni 24 razryadli ranglar palitrasi yordamida monitorda aks ettirish mumkin. RGB ranglar majmuasi bilan ishlangan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar tabiatda uchramaydi. RGB rang moduli additiv bo‘lib, har qanday rang uch asosiy (qizil, yashil va ko‘k) ranglarning turli miqdorlari birikmasidan hosil qilinadi.
    HSB rang moduli. HSB rang moduli insonning ranglarni maksimal qabul qilish xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U rassom A.N.Mansellning ranglar aylanasi asosida yaratilgan. Rang uch xil rang yordamida ifodalanadi: turi (Hue) — yorug‘lik to‘lqini uzunligi; to‘yintirilganligi (Satura-tion) — yorug‘lik to‘lqini chastotasi yoki intensivligi; yoritilganligi (Brigfitness) — yorug‘lik to‘lqini soni yoki rangning to‘q yoki ochligi. Yorug‘lik to‘lqinining amplitudasi bu yerda ishtirok etmaydi. Umumiy holda HSB modulining ixtiyoriy rangi oq va qora bo‘yoqlardan aniq foizda qo‘shilgan spektrial rangdan hosil qilinadi.

    Download 7,81 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




    Download 7,81 Mb.