|
Malakaviy ishi
|
bet | 9/20 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,81 Mb. | | #230012 |
Bog'liq Gulchexra BMICMYK rang moduli. CMYK rang moduli subtraktiv modulga tegishli bo‘lib, u nashrni chop etishga tayyorlashda qo‘llaniladi. CMYK rang komponentlari sifatida, asosan oq rangdan ayirish natijasida hosil bo‘lgan quyidagi ranglar xizmat qiladi:
havorang (cyan) + oq — qizil + yashil + ko‘k;
to‘q qizil (magenta) + oq — yashil + qizil + ko‘k;
sariq (yellow) + oq — ko‘k + qizil + yashil.
Bu metod orginal tasvirni chop etishda ranglarning tabiiy qabul qilinishiga mos keladi. Havorang, to‘q qizil va sariq ranglar qo‘shimcha hisoblanadi, chunki ular asosiy ranglarni to‘ldiradi.
ADOBE PHOTOSHOP Windows muhitida ishlovchi Macintosh va IBM PC kompyuterlari uchun mo‘ljallangan elektron ko‘rinishdagi fototasvirlarni tahrirlovchi dasturdir. Adobe Photoshop dasturi Adobe system, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlatishdagi alohida qulayliklarga ega.
Adobe Photoshop tasvir tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga qo‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog‘larni o‘chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda katta qulayliklar yaratadi.
Adobe Photoshop ayniqsa jurnalistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslarning mazkur dastur bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Adobe Photoshop juda murakkab dasturdir. Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilar, xolos.
3-rasm. Adobe Photoshop dasturi interfeysi
Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan so‘ng ekranda dastur oynasi
hosil bo‘ladi. Oynaning yuqori qismida sarlavha satri va Windowsga xos
elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so‘ng menyu satri joylashgan
Adobe Photoshop CS5 dasturi quyidagicha ishga tushiriladi :
1. Пуск menyusi Программы bandining Photoshop belgisida «sichqoncha» ni ikki marta bosiladi.
2. Ekrandagi mavjud Adobe Photoshop uchun maxsus belgida «sichqoncha» ning chap tugmasi ikki marta bosiladi.
Adobe Photoshop CS5 dasturidan chiqish uchun quyidagi usullarni biridan foydalanish mumkin:
Alt+F4 tugmalarini bosish.
Fayl menyusi Выход buyrug‘ini tanlash.
Ekranning yuqori qismi o‘ng burchagida joylashgan X belgisini bosish yoki Закрыть buyrugini bajarish.
Savollarga quydagicha javob berish zarur:
Да – so‘nggi kiritilgan o‘zgarishlarni saqlash va Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun.
Нет – kiritilgan o‘zgartirishlar saqlanmagan holda Adobe Photoshop dasturidan chiqish uchun.
Отмена - Adobe Photoshop dasturida ishlashni davom ettirish uchun.
4-rasm. Adobe Photoshopda loyihani saqlash
Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan so‘ng ekranda Adobe Photoshop tasvir tahrir qiluvchi oynasi hosil bo‘ladi.
Adobe Photoshop oynasining yuqori qismida sarlavha satr va Windowsga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so‘ng menyu satri joylashadi. Menyudagi kerakli buyruqlarni tanlashingiz mumkin.
Adobe Photoshop dasturi menyusi 9 banddan iborat. Har bir menyu tarkibida ochiladigan menyu banddlari mavjud. Ularni ko‘rish kursor yordamida amalga oshiriladi. Quyida asosiy menyu va eng ko‘p qo‘llaniladigan buyruqlarning qisqacha tavsifi keltiriladi.
Файл menyusi tarkibi. Новый (Ctrl+N) - Yangi fayl yaratish; Открыть (Ctrl+O) Fayllarni diskdan ko‘chirish. Bu buyruq yordamida diskda mavjud fayllar ochiladi. Открыть как (Alt+Ctrl+O) - faylni qanday ko‘rinishda ochishni tanlash. Сохранить как (Shift+Ctrl+S) - faylni xotiraga boshqa nom bilan yozish. Ushbu buyruq nomi, formati va direktoriyasi kabi atributlarini o‘zgartirishda foydalanish. Сохранить копию (Alt+Ctrl+S) - tasvir nusxasini xotiraga joylash. Вернуть - tasvirning dastlabki holatiga qaytish. Поместить - boshqa mustaqil fayl bilan birlashtirish. Импорт - boshqa direktoriyada joylashgan faylni Adobe Photoshop dasturiga olib kirish. Экспорт - tasvirni boshqa direktoriga jo‘natish. Файл информация - fayl haqidagi ma’lumotlarni kiritish. Установка страницу (Shift+Ctrl+P) - tasvirni printer yordamida chop etishga tayyorlash, qog‘oz shaklini tanlash. Печать (Ctrl+P) - tasvirni printerga jo‘natish. Предпочтения-Adobe Photoshop dasturini kerakli tartibda sozlash. Настройка цвета - tasvir ranglarini sozlash. Adobe online - Internet bilan bog‘lanish. Выход (Ctrl+Q) - Photoshop dasturidan chiqish.
Редактирование menyusi tarkibi. Отменить (Ctrl+Z) - tasvir ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qilish. Вырезать (Ctr+X) - tasvirning ajratilagan qismini xotiraga olish. Скопировать (Ctrl+C) - nusxa olish. Вставить (Ctrl-V) - xotiradan belgilangan joyga qo‘yish. Вставить (Shift+Ctrl+V) - tasvirda belgilangan maydonni tozalash, o‘chirish. Очистить - bunda o‘chirilgan maydon fon rangiga bo‘yaladi. Выполнить заливку (Shift+F5) - tasvir yuzini asosiy rang bilan bo‘yash. Штрих - tasvirda belgilangan maydonni shtrixlab ko‘rsatish. Трансформация (Ctrl+T) - tasvir shaklini o‘zgartirish. Трансформ - tasvir shaklini turli ko‘rinishlarda o‘zgartirish. Очистка История - darchasida tasvir olib borilgan o‘zgartirish amallarini butunlay o‘chirish. Bu amal bajarilgandan so‘ng o‘zgartirishlarni ortga qaytarish mumkin emas.
ИЗОБРАЖЕНИЯ menyusi tarkibi. Режим - rang modellarni o‘zgartirish. Настройка - tasvir ranglarini sozlash. Дубликат - tasvirdan nusxa olish. Наложить изображение - tasvirni qo‘shimcha ranglar bilan boyitish. Вычислить - tasvirdagi ranglar kanallarni o‘chirish. Размер изображения - tasvir shaklini va o‘lchamlarini o‘zgartirish. Размер холста - tasvir ramkasi o‘lchamlarini o‘zgartirish. Обрезание - belgilangan maydondagi tasvirni kesib olish. Перевернуть холст - xolstni soat strelkasi bo‘ylab yoki soat strelkasiga qarshi 180, 90 grad burish. Гистрограмма - tasvirdagi ranglar miqdori haqidagi ma’lumotlar darchasi.
5-rasm. Menyular satri
Слой menyusi tarkibidagi qo‘shicha buyruqlar. Новый - yangi qatlamni tashkil qilish. Дубликат слоя- qatlam nusxasini hosil qilish. Удалить слой-mavjud qatlamni mavjud(doimiy) xotiradan o‘chirish. Эффекты-qatlamga turli effektlarni quyish. Группа с предудушим (Ctrll+G)-qatlamlarni bir-biriga birlashtirish. Разгруппировать (Shift+Ctrll+G)- qatlamlarni bir-biridan ajratish. Склеить все слои - mavjud barcha qatlamlarni birlashtrish.
ВЫДЕЛИТЬ menyusi tarkibi. Все (Ctrll+A)- tasvirni belgilash. Убрать выделение (Ctrll+D)-tasvirning belgilangan qismini mavjud(doimiy) xotiradan o‘chirish. Выделить заново (Shift+Ctrll+D)- qaytadan belgilash. Обратно (Shift+Ctrl) - so‘ngi bajarilgan amalni qaytarish. Цветовой ряд- tasvirdagi ranglar asosida belgilash maydonini aniqlash. Модифицировать- belgilash chizig‘ini piksellarda kengaytirish. Увеличить - belgilash maydonini kengaytirish. Преобразовать выделение- belgilangan maydon shaklini o‘zgartirish. Сохранить выделение - belgilangan maydon shaklini xotiraga joylashtirish.
|
| |