|
II-BOB. KOMPYUTER GRAFIKASINING TURLARI. PHOTOSHOP DASTURIDAN O‘QUV JARAYONIDA FOYDALANISH
|
bet | 7/20 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,81 Mb. | | #230012 |
Bog'liq Gulchexra BMI II-BOB. KOMPYUTER GRAFIKASINING TURLARI. PHOTOSHOP DASTURIDAN O‘QUV JARAYONIDA FOYDALANISH Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har xil ko‘rinishlari
Kompyuter grafikasi- kompyuterdan foydalanish jarayonidagi eng mashhur yo‘nalishlardan biri. Kompyuter grafikasisiz har qanday zamonaviy multimedia dasturi ish yurita olmaydi. Redaksiya va nashriyotlarda ko‘pgina tasvir va bezak ishlari grafika dasturlari orqali amalaga oshiriladi. Internetning rivojlanishi bilan esa grafik dasturlar keng qo‘llanila boshlandi.
Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va undagi texnikaviy,
dasturiy vositalarining yangilanib borishi ushbu sohaning hamisha
takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo‘nalishlarni tinmay o‘rganib borishni taqozo etadi. Oxirgi yillarda bu sohada juda katta o‘zgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va rang turlarini o‘zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni (paper part) kirituvchi moslama – skanerlar, grafik ish majmualari; dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
Rastli grafika. Rastrli (nuqtali) grafika deb – bir xil o‘lcham va yacheykalarga ega bo‘lgan nuqtalar (piksellar) to‘plami orqali tasvirlangan tekis shakllarga aytiladi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‘ljallangan ko‘pgina grafik muharrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo‘ljallangan. Rastrli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni keltirish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat – piksellardan iborat bo‘lib mozaika holatida rasmni hosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. Rastrli grafika – multimediya va poligrafik nashrlarni yaratishda keng qo‘llaniladi. Rastrli grafika vositasi asosida yaratilgan tasvirlar kamdan-kam holatda kompyuter dasturlari orqali qo‘lda yaratiladi. Ko‘proq bu maqsadda tasvirlar skanerlanadi. Rastrli tasvirning asosiy elementi bu nuqta hisoblanadi.
Agar tasvir ekranli bo‘lsa, u holda bu nuqta piksel deb ataladi. Tasvirning o‘lchami bilan uning imkoniyati o‘zaro bog‘liq. Bu nuqta-dyumga nisbatan o‘lchanadi. Rastli grafikada tasvir nuqtalar (qog‘ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko‘rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi.
Vektorli grafika. Eslab qoluvchi nurli trubkalarga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo‘ylab bir marta chopib o‘tadi, uning izi esa ekranda keying buyruq berilguncha saqlanib qoladi. Vektorli grafikaning asosiy elementi – chiziqdir. Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tavirlarni yaratishga mo‘ljallangan. Vektorli grafika muharrirlariga misol qilib Adobe Illustrator, Corel Draw va Macromedia Flashlarni keltirish mumkin. Ushbu dasturiy vositalarda ishlangan rasmlar nuqtalar koordinatalari hamda ushbu nuqtalardan o‘tuvchi chiziqlar hamda vektorlar formulalaridan iborat bo‘ladi. Vektorli grafikada yaratilgan tasvirlar logotip, illyustratsiyalar
yaratishda foydalaniladi. Vektorli grafika - shrift va oddiy elementlarni qo‘llash imkoniyatini beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Vektorli grafikadagi ma’lumotlar operativ xotirada kam joy egallaydi. Masshtablash jarayonida obyektlar o‘zining xususiyatini yo‘qotmaydi. Murakkab obyektlarni vektorli grafikada ularning o‘lchamini kattalashtirib ko‘zdan kechirish mumkin. Vektorli grafikada tasvirlar, shakllardan tashkil topgan bo‘ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo‘yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
Vektorli grafika dasturlarida yangi tasvirlar yaratiladi, lekin shu bilan
birgalikda, ularga rastrli tasvirlarni ham qo‘shish imkoni bor.
Vektorli grafikaning matematik asosini figuralarning xossalarini
o‘rganish tashkil etadi. Ma’lumki, nuqta tekislikda 2 ta (x,y) koordinatasi bilan, to‘g‘ri chiziq uning kanonik ko‘rinishi y=kx+b (bunda k va b ixtiyoriy sonlar) da, kesma esa mos ravishda boshlang‟ich va oxirgi nuqtasini berish bilan tasvirlanadi. Egri chiziqlar ham mos ravishda o‘z tenglamalariga ega.
Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo‘naltirilgandir.
Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarida va boshqa joylarda keng qo‘llaniladi. Fraktal grafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‘lib, uning grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday obyektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o‘zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi.
Fraktal grafika. Fraktal grafika – bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz har xil tasvirlarni olish mumkin. Fraktal grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalarga misol qilib MathCad, MathLab, Maplelarni keltirish mumkin. Fraktal grafika – bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni matematik hisoblashlarga asoslangan dasturlar asosida qurishdir. Fraktal grafika odatda o‘yin dasturlarini yaratishda ko‘proq qo‘llaniladi. Fraktal grafikada tasvirlar tenglamalar
yordamida quriladi. Bunda tenglama koeffitsientlarini o‘zgartirish yordamida har xil rasmlarni olish mumkin. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo‘lib, uning vektorli grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o‘zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi. Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo‘llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo‘llaniladi.
Grafik formatlar. GIF (Graphics Interchange Format) grafik formati –Internetda eng keng tarqalgan grafik format bo‘lib, u Internet tarmoqda birinchi bo‘lib paydo bo‘lgan. Internet tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko‘p qismi GIF formatli fayllaridir. GIF tasvirni zichlashtirishga imkon beradi, tasvirlarning rang palitrasi 256, yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu zichlashtirish jarayoni sifatga ta’sir qilmaydi, ya’ni, zichlashtirishdan keyin olingan tasvir boshlang‘ichi kabi bo‘ladi. Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo‘lsa, ularning soni chegaralangan qiymatgacha qisqartiriladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ranglar sonini qisqartirish bosqichida tasvir sifatiga zarar yetkazilishi mumkin.
GIF da boshlang‘ich tasvirni zichlashtirishda faylning o‘lchamini faqatgina
palitradagi ranglar sonini 2 dan 256 gacha chegaralagan holda kichraytirish
mumkin. Shunday qilib, GIF chegaralangan sonli ranglardan tarkib topgan grafik fayllarni zichlashtirishda qo‘llanilsa, juda yaxshi natijalarga erishiladi. Bu grafik format tarmoqda logotip, matn, diagramma, grafik va chizmalarning tasvirini taqdim qilishda juda katta imkoniyatga ega.
JPEG (Joint Photographic Experts Group) grafik formati ko‘p rangli tasvir
fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, foydalanish darajasi
bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi grafik format hisoblanadi.
JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color) tagacha bo‘lgan rangni
saqlaydigan tasvirlarni zichlashtirish imkoniyatini beradi. Bunday zichlashtirish tasvirning sifati yo‘qolishi (lossy compression) hisobidan sodir bo‘ladi. JPEGda boshlang‘ich tasvirni zichlashtirishda “zichlashtirish darajasi”ni juda keng chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda “zichlashtirish darajasi” tasvir sifatining yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, zichlashtirish darajasi qancha yuqori bo‘lsa tasvirning ko‘rinishi boshlang’ich tasvirga nisbatan shuncha ko‘p yomonlashadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JPEG juda ko‘p ranglarni, mayda rangli detallarni saqlovchi fototasvirlarning sifatli grafik fayllarni
zichlashtirish uchun mos keladi. Bu format ko‘p hollarda tarmoqda sifatli fototasvir va illyustratsiyalarni taqdim qilish uchun qulay hisoblanadi. Afsuski, JPEG ranglarning tiniqligini qo‘llamaydi, bu esa uning qo‘llanish sohasini kamaytiradi. Tarmoqda keng tarqalgan bu ikkala grafik fayllar formati o‘zining rivojlanishini davom ettirmoqda, ya`ni grafikaning yuklash jarayonini osonlashtirish maqsadida yuklanish tugashiga qadar past ruxsatda boshlang’ich tasvir variantlarini ko‘rsatish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar ishlab chiqilgan. JPEG da bunday maqsadlarga erishish uchun bosqichma-bosqich algoritm o‘rnatilgan (progressive JPEG). Bu algoritmga asosan dastlab past sifatli tasvir, keyin esa uning ustiga to‘liq asosiy tasvir yuklanadi. PNG grafik format Web – sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish uchun maxsus yaratilgan zichlashtirish formati bo‘lib Deflate zichlashtirish algoritmidan foydalanadi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzallik tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan.
TIF grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun
ishlab chiqilgan bo‘lib “tegni tasvirlaydigan fayl” ma’nosini anglatadi. Bu grafik format yetarlicha murakkab bo‘lsa ham uning strukturasi ma’lumotlarni yozishning qulayligi va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyat mavjud. Tasvirning raqamli m’lumotlarni ifodalovchi barcha axborotlar boshqa ko‘pgina format fayllari singari uning boshlang’ich qismida emas, balki maxsus bloklarda, tasvir parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi. Unda 45 dan ortiq turli teglar mavjud bo‘lib ularning qo‘llanilishi ko‘pgina qo‘shimcha funksiyalarni tashkil etish imkoniyatini beradi.
PCX grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush,
hamda PhotoFinish dasturlarida qo‘llaniladi. Bu grafik faylning tuzilishi sodda va ranglar palitra hajmi bo‘yicha chegaralangan bo‘lishiga qaramasdan yaqin vaqtgacha ommabop sanalib kelingan. BMP grafik formati Windows operatsion tizimi uchun Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha katta bo‘lmagan piktogramma-tasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun xizmat qiladi. U grafik interfeyslarda keng qo‘llaniladi.
Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
tijoratga oid;
namoyishlarga oid;
muhandislikka oid;
ilmiy;
ko‘rgazmaviy;
animatsion.
Tijoratga oid grafika jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Namoyish qilish grafikasi – matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Injenerlik grafikasi – bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi.
Ilmiy grafika – ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi.
Ko‘rgazmaviy grafika – namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo‘lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarini yig‘indisi integratsiyasini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarini slaydlar ketma-ketligidan iborat slaydfilm qilib yaratib, so‘ngra uni ma’lum vaqt ichida ekranda ketma-ket ko‘rgazma shaklida namoyish etadi.
Animatsion grafika – rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injenerlik grafikasidagi uch o‘chovli obyektlarni modellashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan reklama e’lonlari va teleko‘rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo‘shib uyg‘unlashtirilgan.
Mashina grafikasi – bu kompyuter yordamida obyekt shakllari, uning modelini yaratish va saqlash uchun xizmat qiluvchi kompyuter grafikasining bir bo‘limi.
Interfaol garafika – kompyuter grafikasining eng asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, unda foydalanuvchi tasvirni dinamik boshqarish imkoniga ega bo‘ladi, ya`ni tasvirning shakli, o‘lchamlari va monitor yuzasidagi ranglarni o‘zaro ta’sir qiluvchi moslama (klaviatura yoki sichqon) yordamida boshqaradi.
Kompyuter grafikasida aniq va mavhum obyektlar tasvirini yaratish mumkin va bu tasvirlarni ikki ko‘rinishda kuzutish mumkin:
Kuzatuvchi qo‘zg‘almas bo‘lib oldidagi obyektni xohlaganicha aylantirib kuzatishi mumkin – bu panorama effekti;
Obyekt qo‘zg‘almas bo‘lib kuzatuvchi uning atrofida aylanib tomosha qilishi mumkin – bu kamera effekti.
Interaktiv grafika yaratilgandan keyin, televidenia va fotografiyada tasvirni yaratish va tayyorlashdagi eng asosiy texnik moslamalardan biri bo‘lib qoldi. Uning yutuqlaridan biri sintezlangan abstrakt obyektlarini, tasvirlarni EHM yordamida hosil qilishdir. Inson mashina grafikasidan foydalanish vaqtida juda ko‘p zerikarli va har xil mayda ishlardan (juda ko‘p miqdorda matnli varaqalar va sonli materiallarini ko‘rib chiqishdan) qutildi.
Statik tasvirlar infomatsiyalarni etkazib berishda yaxshi bo‘lishiga qaramay ko‘p holatlarda dinamik o‘zgaruvchi tasvirlar ulardan ustun turadi. Hayotda asosan jarayon vaqtida o‘zgarib turuvchi tasvirlar – dinamik o‘zgaruvchan tasvirlar (tovushdan tezlikdan tez uchar samalyot qanotining egilishi yoki inson yuzini uning hayoti mobaynida o‘zgarib turishi). Dinamik harakatlar qo‘zg‘almay turgan tomoshabinga obyektlarning sirpanishi va harakatlanishini ko‘rishga yordam beradi. Bunda obyekt qismlarni boshqa obyektga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish va obyekt detallarini kattalashtirib yoki kichraytirib ko‘rish mumkin.
|
| |