Bitiruv malakaviy ishining vazifalari




Download 7,81 Mb.
bet3/20
Sana13.05.2024
Hajmi7,81 Mb.
#230012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Gulchexra BMI
Ann, majmuaIvaRT2-semestr, Majmua IVRT 1-SEMestr 123, I va RT FAN DASTURI АЛИШЕВ Ш Xonimqulov U.S, Iroda BMI, LABARATORIYA MASHG, 3 Amaliy mashg‘ulot CSS qoʻllagan holda Veb sahifa yaratish, 6-amaliy mashgulot, 1-Amaliy mashg‘ulot. HTML tilida matn, ro‘yhat, jadval va forma elementlari bilan ishlash., 1-Laboratoriya. HTML sahifaga CSS o‘rnatish. Sahifa foni va ranglar bilan ishlash. Bloklar uchun turli dizayn elementlarini o‘rnatish., Darslik 01.05.2023
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Ta’lim tizimida foydalaniladigan vositalar va ularning turlari haqida ma’lumotlar yig‘ish, o‘qitishning ko‘rgazmali metodlari va uning ahamiyati tahlil qilish, pedagogik dasturiy ta’minot va ularga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish, multimedia texnologiyasining ta’limdagi o‘rnini aniqlash, kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har xil ko‘rinishlari, Photoshop dasturining imkoniyatlari va unda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish, fanlarni o‘qitish jarayonida Photoshop dasturi imkoniyatlaridan foydalanish.
Ishning ilmiy ahamiyati: Tabiiy fanlarni o‘qitishda Adobe Photoshop dasturi imkoniyatlaridan foydalanib resurslar yaratish;
Bitiruv malakaviy ishning obyekti: ta’lim tizimi, o‘qitish vositalari, multimedia texnologiyalari.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Kompyuter grafikasi, Photoshop dasturi, fanlarini o‘qitishda Photoshop dasturi yordamida ko‘rgazmali qurollar yaratish.
Bitiruv malakaviy ishning umumiy hajmi 64 bet bo‘lib, u kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


I-BOB. TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANILADIGAN PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALARNING ASOSIY JIHATLARI

  1. Ta’lim tizimida foydalaniladiga vositalar va ularning turlari

Ta’lim jarayonini biz axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaymiz, bu hayotimizga kirib kelgan internet, uning asosiy mazmuniga aylangan mobil texnologiyalar, ekspert tizimlar, sun’iy intellekt tizimlari, robototexnikani rivojlantiruvchi, axborot tizimlari, masofaviy ta’lim tizimlari, gadjetlar, mobil ilovalar va boshqalar. Zamonaviy texnik vositalaridan juda ham til o‘rganish va o‘rgatish uchun zarur va qulay bo‘lgan lingaphone kabinetlar haqida bayon qilaylik. Bu zamonaviy texnik vositalar ta’lim jarayonini yanada takomillashtirib tushunish va materialni tezkor va oson yetkazib berishga harakat qiladi. Dars jarayonida qo‘llaniladigan offis dasturlari, grafik muharrirlar va boshqa kompyuter dasturlari ham dasturiy vositalarga kiradi va dars jarayonida qo‘llashga qulay. Masalan dars jarayonida talaba va o‘quvchilarning bilimlarini sinash uchun Easy Quizy, My Test, Quiz Maker, Hot Potatoes dasturlarini qo‘llashimiz mumkin. Power Pointda taqdimot yaratib undan dars davomida foydalanishimiz, Word dasturida esa o‘quv materiallarni tayyorlashimiz, Accesda o‘qituvchi rahbarlik qilayotgan guruhi haqida ma’lumotlarni saqlashi, Excelda turli jadvallarni tayyorlashi, dars jadvalini kiritishi mumkin.


Shuni ta’kidlash kerakki, ta’lim jarayoniga qo‘llaniladigan axborotlar kompetentligi bilan ham ajralib turadi. Ya’ni bunda internetni ta’limga doir mavzularni qidirish zarur bo‘lganda, noyob bilimlar kerak bo‘lganda yoki mavzularni yanada takomillashtirib o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Undan tashqari elektron pochta kabi axborot texnologiyalarining bir ko‘rinishini biz ta’limda qo‘llashimiz mumkin, axborotlarni bir birimizga uzatishda ishlatamiz. Pandemiya davrida va favqulotda hodisalarni amalga oshirish vaqtida biz ta’lim jarayonini masofaviy platformalarga ko‘chirdik. Ya’ni dars jarayonini Moodle o‘quv platformasi yordamida amalga oshirdik. Talabalar va o‘qituvchilar Moodle o‘quv platformasidagi saytga registratsiya bo‘lishadi, login va parollari bilan kirib foydalanishlari mumkin bo‘ladi, ya’ni autentifikatsiya va identifikatsiya jarayonlaridan foydalanish onlayn tizimida ishlaganda doimo qo‘l keladi. Har bir o‘qituvchi o‘zining kompetentligidan kelib chiqqan holda dasturiy vositalardan, kompyuter programmalaridan, qolaversa turli vositalardan qo‘llashni bilishi zarur. Pedagogik axborot kommunikatsiya texnologiyalari kompetentligi deganda biz dars jarayoniga o‘qituvchining mahorati va texnik vositalaridan, kompyuter dasturlaridan foydalanishni bilishiga qarab ularni qo‘llay bilishini va buni fanga va mavzularga aloqadorligini tushunamiz. Taqdimotda multimediali namoyish amalga oshirilib, unda bir vaqtning o‘zida grafika, tovush, animatsiya, tasvir, rasm amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida rasm, matn, animatsiya va tovushli va video lavhalardan iborat bo‘lgan taqdimotlarni multimediali taqdimotlar deyiladi. Ularni ta’lim jarayonida qo‘llashning afzalliklari esa quyidagilardan iborat:
 Talaba bir vaqtning o ‘zida eshitadi va ko‘radi;
 o‘zi taqdimot yaratsa esa undan ham yaxshi samarali natija oladi va umri davomida taqdimot yaratib, o‘zining faoliyatida qo‘llab yuradi;
 talabalar taqdimot yordamida o‘qitilganda darslardan keyin o‘zlashtirishi ijobiy samarali natija beradi;
 o‘quv materialni o‘zlashtirish va esda saqlash jarayoni samarali amalga oshadi.
Ta’lim vositalari – o‘qitilishi va o‘rganilishi lozim bo‘lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchi vositalardir.
Ta’lim vositalari foydalanishi jihatidan quyidagi 3 qismga ajratish mumkin:

  • ta’lim beruvchi uchun;

  • ta’lim oluvchi uchun;

  • dars o‘tkazish uchun.

Quyidagi chizmada ta’lim vositalarini tanlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan:

1-rasm. Ta’lim vositalari
Ta’lim beruvchi uchun vositalar: o‘quv metodik qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar, metodik ishlanmalar, o‘quv dasturlari, dars rejasi, ma’ruza matni.
Ta’lim oluvchi uchun vositalar: darsliklar, o‘quv qo‘llanma, jadvallar yo‘l-yo‘riq xaritalari, texnologiya xaritalari, topshiriq varaqalari va h.k.
Dars o‘tkazish uchun vositalar: Plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audiovizual vositalar, texnik vositalar, real vositalar.
Ba’zi hollarda ta’lim oluvchi uchun mo‘ljallangan ta’lim vositasi ta’lim beruvchi uchun ham, dars o‘tkazish uchun ham talab etiladi. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir birini to‘ldirishi kerak. Bundan tashqari ta’lim vositalarining xususiyatlariga ko‘ra 3 turga ajratish mumkin: bosma, texnik va real vositalari. Quyidagi chizmada ta’lim vositalarining turlari keltirilgan.

2-rasm. Ta’lim vositalari turlari
Ta’lim vositalari olti turga bo‘linadi:

  • matnli vositalar;

  • tasvirli vositalar;

  • audiovizual vositalar;

  • yordamchi (jihoz) vositalar;

  • modelli vositalar;

  • haqiqiy vositalar.

Matnli vositalar – ma’lumot olish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun

  • o‘quv dasturlari

  • maxsus adabiyot(darslik)

  • ma’ruza matnlari

  • tarqatma materiallar

  • imtihon va nazorat varaqalari

Tasvirli vositalar – umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun

  • fotosuratlar

  • eskiz, chizma, sxemalar

  • tasvirlar, jadvallar, simvollar

  • plakatlar

Audiovizual vositalar – Jarayonlar va ishlash mexanizmlari to‘g‘risida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga keltirish uchun

  • videofilmlar;

  • kompakt disklar;

  • audiokasetalar;

  • taqdimot materiallari;

  • komponent darsliklar.

Yordamchi (jihozli) vositalar – tasvir va matnni yozish va saqlash uchun:

  • doskalar (bo‘r doska, oq doska, magnit doskasi) ;

  • “Pinboard” doskasi;

  • videoproyektor, videoproyektor ekrani;

  • kodoskop;

  • kompyuter;

  • flipchart;

  • audiomagnitafon, videomagnitafon;

  • televizor.

Modelli vositalar – o‘rnatilayotgan obyektning modeli orqali u haqida tasavvur hosil qilish uchun

  • modellar;

  • maketlar;

  • trenajorlar;

  • mulyajlar;

Haqiqiy vositalar – o‘rnatilayotgan obyektlar haqida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirish uchun:

  • asbob uskunalar;

  • stanoklar;

  • yarim tayyor va tayyor mahsulotlar;

  • xom ashyolar.

Nazariy darslarda ta’lim beruvchilar asosan matnli va yordamchi vositalardan misoli uchun darsliklar va tarqatma materiallardan va texnik vositalardan foydalanadilar.
Amaliy mashg‘ulotlarda ular ko‘proq tasvirli va real vositalardan, ya’ni eskiz, asbob uskunalardan foydalanadilar.
Ovoz va tovushli (audio), shuningdek, tasviriy tasavvurlani shakllantiradigan audiovizual vositalar jarayonlar va vazifalar to‘g‘risidagi keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
Yordamchi vositalar buning aksi o‘laroq tasvir va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini beradi. Ular doska, flipchart, pinbord doskasi, kodoskop, videoproyektor kabilardir.
Ish sohasiga tegishli real narsalar, ya’ni mahsulotlar, asboblar va boshqalar dars paytida didaktik funksiyaga ega bo‘lsa, o‘quv vositasi sifatida qo‘llanishi mumkin. Ta’lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo‘ljallangan guruh, maxsus soha va metodlarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari ta’lim beruvchi o‘quv va ko‘rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo‘lishi lozim.

    1. O‘qitishning ko‘rgazmali metodlari va uning ahamiyati

O‘qitishning ko‘rgazmali metodlarini qo‘llash Y.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarida o‘z aksini topgan ko‘rgazmalilikning didaktik prinsipidan kelib chiqadi. U shunday yozgan edi: “O‘qituvchilar sezib idrok etish mumkin bo‘lgan narsalarni, albatta sezgilar vositasi bilan, ya’ni ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarni ko‘z bilan ko‘rib, eshitish mumkin bo‘lgan narsalarni quloq bilan eshitib, hidi bor narsalarni hidlab ko‘rib, ta’mini sezish mumkin bo‘lgan narsalarni ta’tib ko‘rib, ushlab sezish mumkin bo‘lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerak.” Yirik pedagoglardan I.G.Pestalotsi, A.Disterveg, K.D.Ushinskiylar va marifatparvar pedagoglari ko‘rgazmali metodning ahamiyatini yuksak baholaganlar va uni rivojlantirishga hissa qo‘shganlar.
O‘qitish jarayonida ko‘rgazmalilik usulidan foydalanishning muhimligi o‘qituvchining o‘rganilayotgan narsa va hodisalarni hissa idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga o‘quvchini undash, mantiqiy va nazariy elementlarining birligiga ishonch hosil qilishga, nihoyat, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgata bilishi bilan izohlandi.
Ta’limda ko‘rgazmalilik usuli namoyish etish, illyustratsiya va ekskursiya tariqasida olib bo‘ladi. Ta’lim jarayonida namoyish etish usulidan foydalanish asosiy materiallarning xarakteriga – mazmuni, shakli va hajmiga bog‘liqdir.
Maktablarimizda qo‘llaniladigan ko‘rgazmali materiallar xarakteriga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1. Aslicha ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan buyum va narsalar: O‘simliklar va ularning tarkibi, hayvonlar, kolleksiyalar, asbob va mashinalar, modellar va hokazo.
2. Tasviriy-ko‘rgazmali materiallar. Tasviriy-ko‘rgazmali materiallar ham mazmuni va tuzilish shakliga qarab ikki turga bo‘linadi:
A) buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, televizor eshittirishlaridan foydalanib kinolentalarni, diafilm, kinofilmlar va hokazolarni namoyish qilish–demonstratsiya metodi;
B) buyum, narsa, hodisa va voqealarning biror shartli belgisi orqali ifodalangan simvolik va sxematik tasviriy materiallar– jug‘rofiya va tarix kartalari, chizmalar, rasmlar, jadvallar, diagrammalar va hokazolarni ko‘rsatish– illyustratsiya metodi.
Ko‘rgazmali materiallarning turliligi ularning har xil qo‘llanishini talab qiladi. Masalan:
1. Buyum va narsalarni tabiiy holda ko‘rsatishi ikki usulda namoyish qilish mumkin.
A) o‘tilayotgan mavzuga oid badiiy ko‘rgazma materiallar o‘qituvchi bayon qilayotgan o‘quv materiali bilan bir vaqtda (faqat o‘qituvchi tomonidangina) ko‘rsatish mumkin;
B) tabiiy-ko‘rgazmali materiallarning soni yetarli bo‘lsa ular har qaysi o‘quvchiga tarqatib berilishi mumkin.
2. Tasvirli ko‘rgazma materiallarning har ikkala turini ham ikki xil usulda olib borish mumkin.
A) ko‘rgazma materialni o‘qitishi namoyish qiladi;
B) ko‘rgazma materiallar o‘quvchilarga tarqatiladi.
Ta’lim jarayonida tasviriy – illyustratsiya materiallaridan foydalanish keng qo‘llaniladi. Undan umumiy foydalanish uchun quyidagi qoidaga rioya qilmoq zarur: o‘qituvchilarga mashg‘ulot oldidan namoyish jarayonidan ko‘zlangan maqsad qisqacha tushuntiriladi; ko‘rgazmali materiallar o‘qituvchi bayonining ma’lum paytida ko‘rsatiladi va yoki tarqatiladi; namoyish jarayonini o‘qitishi tomonidan izohlab beriladi.
Tabiy fanlar – biologiya, fizika, ximiya fanlari bo‘yicha fizikaviy va ximiyaviy hodisalarni tajriba qilib ko‘rsatish alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda ayniqsa, tajribaning muvaffaqqiyatli chiqishini ta’minlash muhimdir.

Download 7,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 7,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishining vazifalari

Download 7,81 Mb.