• O‘quv materialini o‘rganishning ko‘p variantliligi.
  • Psixofiziologik talablar Tasvirlarning rangiga qo‘yiladigan talablar.
  • Malakaviy ishi




    Download 7,81 Mb.
    bet5/20
    Sana13.05.2024
    Hajmi7,81 Mb.
    #230012
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Gulchexra BMI

    Didaktik talablar
    O‘quv materialini ajratib ko‘rsatish. Bu talab ta’limning ko‘rgazmalilik tamoyili bilan bog‘liq bo‘lib, uni hamma jihatdan, o‘quv materiali matnida asosiy g‘oyalarni ajratib ko‘rsatishdir (Masalan, topshiriqlarni bajarish tartibi, tayanch so‘zlar, yangi tushunchalar, ta’rif, qoida va boshqalar). Shuningdek, texnik jihatdan, ekranda tasvirlanayotgan matnda asosiy tushunchalar, tushunchaning xususiyatlarini boshqa rang, boshqa shrift, boshqacha o‘lchamda ko‘rsatish bilan amalga oshiiish mumkin. Mazkur talabning pedagogik jihatini amalga oshirishga o‘quv materialiga pedagogik ishlov berishni takomillashtirish orqali, texnik jihatdan esa o‘quv materialini tahrirlash orqali erishiladi.
    O‘quv materialini o‘rganishning ko‘p variantliligi. Didaktik materiallarning har xilligini ta’minlash asosida ko‘p variantlilikni shakllantirish, ya’ni parametrli o‘quv materiallarni hosil qiiish. Bu xususiyatdan PDTlarni tuzishda unumli foydalansa bo‘ladi.
    Ma’lumotlarning turli xilda ko‘rinishi. Ma’lumotlarni ekranda tasvirlashda ko‘p oynali holat ham o‘quv mashg‘ulotlar jarayonini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. Masalan, o‘quvchilarni rag‘batlantirish, keyingi bosqichni taklif qilish, baholarni e’lon qilish va boshqalar.
    Psixofiziologik talablar
    Tasvirlarning rangiga qo‘yiladigan talablar. PDTda turli rangdan foydalanish ma’lumot tarkibini ajratishda, uning o‘qilishini qulaylashtirishda, muhim ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatishda katta imkoniyatlar yaratadi. Ranglarni tanlash va ularni muvofiqlashtirish tanlangan kompyuterning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Ranglarning to‘g‘ri tanlanishi o‘quvchilarning aqliy faoliyatiga, ishlash qobiliyatiga va ishining samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ekranda tasvirlanayotgan belgilarning rangi, fon rangini tanlashda o‘quvchilarning ko‘rish imkoniyatlari chegaralarini inobatga olish, ko‘zni toliqtiruvchi holatlarning oldini olish lozim. Undagi ma’lumotlar o‘quvchining diqqatini asosiy qismga jalb etishga yordam berishi yetarli. Yorqin, o‘tkir ranglar hissiy qo‘zg‘atuvchi sifatida ekran fonida qisqa vaqt ishlatilishi maqsadga muvofiq. Masalan, qizil rangni xatoni ko‘rsatuvchi yoki man qiluvchi, yashil rangni esa rag‘batlantiruvchi yoki harakatga undovchi belgi sifatida ishlatish mumkin.

    Download 7,81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 7,81 Mb.