|
Vizuallashtirishning ahamiyati
|
bet | 4/20 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,81 Mb. | | #230012 |
Bog'liq Gulchexra BMIVizuallashtirishning ahamiyati
Inson atrofidagi olamni o‘zining beshta sezgi a’zolari (ko‘z, quloqlar, hid va ta’m bilish, paypaslash, ushlab ko‘rish) orqali idrok qiladi. Ma’lumotlarni idrok qilishda hammadan ham ko‘zlab asosiy rol o‘ynaydi. Agar inson bu sezgi a’zosiga ega bo‘lmay qolsa, u idrok qilish imkoniyatidan ancha cheklanishini tekshirish oson. Bundan ko‘rinadiki, odamlar o‘rtasidagi muloqot va asosan, o‘qishni tashkil etishda buni e’tiborga olish zarur.
Ma’lumot yoki o‘quv materiali doim shunday taqdim etilishi kerakki, u idrok qilish qobilyatini osonlashtirsin, bu ko‘z bilan doimo nimanidir ko‘rsatish kerakligini bildiradi.
Vizuallashtirish deb, biz ma’lumot va o‘quv mazmunini ko‘pincha ko‘rgazmali tasvirlash yordamida ko‘rsatishni tushunamiz. Vizuallashtirish usul bo‘lgani kabi ko‘rsatmali tasavvur vositasi ham hisoblanadi. Ko‘rsatmali tasavvurning boshqa imkoniyatlari: model taqdimi, biror jarayon namoyishi, predmetlar bilan harakatli munosabatlar (eksperimentlar).
Qadimda aytilgandek: “100 marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi”. Bugungi kungacha ham bu holat hech o‘zgargani yo‘q. Ko‘rsatmalilik, tushunarlilik va misol-namunalardan foydalanish kabi didaktik tamoyillar bunga javob beradi, chunki bu usullarning mohiyati shuki, o‘qituvchi bilimlarni o‘quvchilarga ko‘rgazmali va imkon qadar real hayotiga bog‘langan tarzda berishi lozim.
Munosib vizuallashtirishning qulayliklari:
ko‘p gapirishni xojati yo‘q;
ta’lim olish vaqtining qisqarish imkoniyatiga erishiladi;
aytilgan gaplarni to‘ldiradi va adashmaslikka yordam beradi;
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati yaratiladi;
ma’ruzalar mazmunini yengillashtiradi;
ma’lumotni tushunishini osonlashtiradi va esda saqlab qolishni yaxshilaydi;
tinglovchilarning diqqat-e’tiborini o‘quv mavzusiga jalb qiladi;
motivatsiyani oshiradi;
o‘quv materialini o‘zlashtirishni osonlashtiradi;
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi.
Vizualning qulayliklari uning kamchiliklariga aylanishi ham mumkin, masalan, vizuallashtirish haddan tashqari harakat qilsa unda mazmun emas, balki “shou” (tomosha) birinchi o‘ringa turib qoladi. Shuning uchun har doim quyidagi savollar haqida o‘ylab ko‘rish lozim:
Nima maqsadda biror narsani vizuallashtirish kerak? (maqsad);
Kimlar xabardor bo‘lishi kerak? (maqsad guruhning hususiyati);
Nimalarni vizuallashtirish kerak? (mazmun);
Qanday qilib vizuallashtirish kerak? (vosita va usullarni tanlash);
Vizuallashtirish uchun qanday sharoitlar mavjud? (texnik sharoitlar, texnik vositalardan foydalanish).
Vizuallashtirish vositalari foydalanishni vizuallashtirishning eng asosiy shartidir. Chunki bu vositalar ma’lumotni yetkazib beradi yoki o‘zi bu ma’lumotni beradi.
Pedagogik dasturiy ta’minot va ularga qo‘yiladigan talablar
Ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish dolzarb muammolardan biri sanaladi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish uchun turli dasturiy ta’minotlar mavjud. Ta’lim tizimida foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar – pedagogik dasturiy ta’minotlar bo‘lib hisoblanadi. O‘quv mashg‘ulotlarini pedagogik dasturiy ta’minotlar (PDT) asosida amalga oshirish, o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi va o‘qituvchiga o‘quvchilarni boshqarish, baholash oson bo‘ladi. Olib borilgan metodik tadqiqotlar PDTlarning ilmiy-uslubiy, didaktik, psixofiziologik, texnik jihatdan mukammal bo‘lishi lozimligini ko‘rsatdi. PDTlarga qo‘yiladigan talablarni tizimga keltirish va aniqlash zarur deb o‘ylaymiz.
PDTlardan foydalanishning eng muhim masalalaridan biri kompyuter bilan ishlayotgan o‘quvchining o‘zini his qilishi hisoblanadi. Kompyuterli mashg‘ulotlarning o‘quvchi organizmiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. Tadqiqot ishlarida PDTlarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda, “birinchidan, didaktika tamoyillari mazmunidan; ikkinchidan, kompyuterning didaktik vazifalaridan; uchinchidan, dasturiy vositasi tuzilishidan kelib chiqib yondashish zarur” degan mulohazalar ilgari surilgan. Tadqiqotlar xulosasi mashg‘ulotlarni PDT yordamida tashkil qilish mumkinligini, biroq bunda belgilangan gigiyenik talablarga amal qilish lozimligini ko‘rsatadi.
PDTlardan o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanib samaradorlikka erishish ularning turli talablarga qay darajada javob berishiga ham bog‘liq bo‘lib, ularni uchta yirik guruhga ajratish mumkin:
didaktik talablar;
psixofiziologik talablar;
texnik talablar.
|
| |