|
Malakaviy ishi
|
bet | 15/20 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,81 Mb. | | #230012 |
Bog'liq Gulchexra BMIMatnlar bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturi tasvirlar ustiga matnlarni kiritish uchun yana bir keng imkoniyatni ochib beradi. Tasvir ustiga matn kiritish uchun yana bir keng imkoniyatni ochib beradi. Tasvir ustiga matn kiritish uchun uskunalar panelida maxsus matn uskunasi mavjud. Bu uskuna asosan, tasvirga turli mantlarni kiritish uchun xizmat qiladi. Matn uskunasi tarkibida Matn mask, Vertikalniy matn kabi uskunalar yashiringan. Bu uskunalar aktivlashtirilib, kursor tasvir ustida bir marta bosilishi bilan yangi Tekstovuy instrument darchasi hosil bo‘ladi. Bu uskunalar faqat matnlar tuzish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida mavjud matnlarni tahrir qilishning iloji yo‘q. Adobe Photoshopda matn bilan ishlash uchun uskunalar panelidagi Type (matn) uskunalar guruhidan foydalaniladi. Ushbu guruhdagi birinchi ikkita uskuna vektorli, qolgan ikkitasi pikselli shrift xususiyatiga ega.
16-rasm. Matn yozishda ishlatiladigan uskunalar
Horizontal Type (gorizontal matn) rangli, alohida qatlamda hosil bo‘luvchi gorizontal matn terish imkonini beradi. Ushbu matn ustida tahrirlash ishlarini olib borish mumkin. Vertical Type (vertikal matn) -xuddi oldingi uskuna kabi xususiyatga ega, faqatgina matn vertikal holatda joylashadi. Horizontal Type Mask (gorizontal matnli niqob) va Vertical Type Mask (vertikal matnli niqob) gradient yoki rang bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan sohani belgilaydi.
Asosiy matn. Asosiy matn bilan ishlash uchun avval matn terish sohasini belgilab olish kerak. Buning uchun Type uskunasini tanlab, asosiy sohada matn chegarasi sichqoncha yordamida belgilanadi. Natijada asosiy sohada matn terish uchun shtrixlangan soha paydo bo‘ladi. Matnni terish jarayonida matn ushbu soha ichida joylashadi, so‘zlarni keyingi satrga olinish avtomatik holda ro‘y beradi. “Enter” tugmasi faqatgina matn boshidan terish uchun bosiladi. Agar matn bloki ichiga terilgan matn sig‘masa, u holda matn blokining quyi o‘ng burchagida “+” belgisi paydo bo‘ladi. Matnni tahrirlash. Matnga o‘zgartirish kiritish uchun avvalo matnni belgilab olish zarur. Buning uchun qatlamlar (sloy) dan matn qatlami foallashtirilgan bo‘lishi kerak.
17-rasm. Matn hosil qilish
|
| |