|
Malakaviy ishi
|
bet | 13/20 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 7,81 Mb. | | #230012 |
Bog'liq Gulchexra BMITasvir formatlari
Adobe PhotoShop dasturi 20 da ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Eng ko‘p qo‘llaniladigan format :
BMP (Windows Bitmap – Windows ning vit kartasi) - Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarini qo‘llovchi dastur Microsoft Paint da keng qo‘llaniladi.
Jpeg (Joint Phonographic Experts Group) – hozirgi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan formatlardan biri bo‘lib, uning asosiy afzalliklaridan biri maxsus dastur yordamida fayl hajmini yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib, hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida o‘zgarish bo‘ladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida ko‘p joy egallamaydi va hajm jihatidan kichikligi bois mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlash ancha oson.
TIFF (Tagger Image File Format) – bu formatdagi fayllar ham keng qo‘llanadi. Lekin Tiff formatidagi fayllar kompyuter xotirasida ko‘p joyni egallaydi. Adobe Photoshop dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturining ishlash tezligi sezilarli ravishda kamayishi mumkin.
GIF (Grapis Interchage Format- grafikni ayriboshlash formati) – ushbu formatdagi tasvirlar 256 turdagi rang bilan tasvirlanadi. Bu formatdagi tasvirlar, asosan, internet tizimida keng qo‘llanaladi.
Adobe Photoshopda yangi tasvir oynasini yaratish
Adobe Photoshopda tasvir oynasi yaratish uchun Fayl-buyrug’i
tanlanib (Klaviaturada Ctrl+N orqali) uning mos muloqot oynasiga o‘tiladi.
10-rasm. Tasvir oynasi yaratish
Muloqotli oynada hujjat xususiyatlari ko‘rsatildi Adobe Photoshop hujjat fayli kengaytmasi .PSD ko‘rinishda bo‘ladi.
11-rasm. Muloqot oynasi
Ranglar bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturida uskunalar panelida ranglar bilan ishlash uchun to‘rtta uskuna ajratilgan:
Основной цвет. Ushbu uskunada qanday rang ko‘rsatilgan bo‘lsa, Ковш, Линия, Карандаш, Кисть, Аэрограф va shuningdek, Alt tugmasi bilan birgalikda qo‘llanganda Палец uskunalari uchun usha rang asosiy hisoblanadi. Основной цвет uskunasidagi rang Пипетка yoki ushbu uskuna ustida «sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma-ket bosish orqali o‘zgartiriladi.
Цвет Фона. Kusatilgan rang Ластик uskunasi bilan ishlanganda qo‘llaniladi. Цвет Фона uskunasidagi rang Основной цвет uskunasida rangni o‘zgartirish uchun qanday amal bajarilgan bo‘lsa, bunda ham xuddi o‘sha amalga rioya qilish lozim yoki PIPETKA uskunasi bilan Alt tugmasini birgalikda bosish orqali rangni almashtirish mumkin.
|
| |