|
Dasturiy ta’minot arxitekturasi
|
bet | 7/11 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 51,11 Kb. | | #253621 |
Bog'liq topshiriq 1Dasturiy ta’minot arxitekturasi
Dasturiy ta’minot arxitekturasini tanlash. Dasturiy ta’minot arxitekturasi deb, uning tuzilishining bazaviy konsepsiyalari rnajmuiga aytiladi. U yengiladigan vazifalar murakkabligi, ishlab chiqiladigan dasturiy ta ’minot universalligi darajasi va uning bir nusxasi bilan ishlovchi foydalanuvchilar soni bilan belgilanadi va quyidagilarni farqlaydi:
bitta foydalanuvchi arxitekturasini.
Bunda dasturiy ta ’minot personal kompyuterda ishlovchi bitta foydalanuvchiga mo‘ljallangan:
lokal yoki global tarmoqda ishlashga mo‘ljallangan ko‘p foydalanuvchi arxitekturasi.
Bundan tashqari bitta foydalanuvchi arxitekturasi quyidagilarni farqlaydi:
dasturlar;
dasturlar paketi;
dasturiy komplekslar;
dasturiy tizimlar.
Ko‘p foydalanuvchili arxitektura mijoz-server tamoyili bo‘yicha tuzilgan tizimlarni amalga oshiradi.
“Dastur”
Dastur deb aniq bir masalani yechish uchun bajarilish ketmaketligi kompyuterda aniq va ravshan bayon etilgan instruksiya (yo‘riqnoma)lar to`plamiga aytiladi. Dastur tuzilmali (strukturali) yondashuvda aniq bir masalani yechisb jarayonida bir-birini chaqiruvchi dastur ostilari (tag, dastur (dastur qismi)lari) iyerarxiyasini namoyon etadi, obyektli yondashuvda esa, realizatsiya uchun maxsus yaratilgan sinflardan iborat obyektlarning xabarlar bilan almashinuvi majmuasidan iborat. Dastur bunday holatda alohida jamlanuvchi dasturiy birlikni namoyon etadi. U standart kutubxona dastur ostisidan foydalanishi mumkin, ammo o'zinikini tashkil etmaydi. Bu eng sodda arxitektura turi bo‘lib, odatda kichik vazifalarni yechishda foydalaniladi.
Dasturlar paketi
Dasturlar paketi ayrim amaliy sohada vazifalarni hal etuvchi dasturlar majmuidan iborat. Masalan, grafik dasturlar paketi, matematik dasturlar paketi. Bunday paketlar dasturi bir-biri bilan ma’lum bir amaliy sohaga mansubligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Dasturlar paketi alohida dasturlar to‘plami sifatida amalga oshiriladi. Ularning har biri kerakli ma’lumotlarni kiritadi va natijalarni chiqaradi. Mohiyatan, dasturlar paketi bu dasturning o‘ziga xos kutubxonasidir.
|
| |