|
Ma’lumotlar bazasi boshqarish tizimida xavfsizlik auditi Reja
|
bet | 8/11 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 51,11 Kb. | | #253621 |
Bog'liq topshiriq 1Dasturiy komplekslar
Dasturiy komplekslar dasturlar majmuidan iborat bo‘lib, birgalikda biror amaliy sohada murakkab vazifalarning kichikroq sinfini hal etishni ta’minlaydi. Bunday masalalarni hal etish uchun ketma-ket komplekslar dasturini chaqirgan hamda bir nechta vazipredmetini bajarishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Dasturiy kompleksda dasturni chaqirish maxsus dastur — dispetcher orqali amalga oshiriladi. U foydalanuvchi bilan murakkab bo‘lmagan interfeys orqali bog‘lanadi va ayrim ma’lumotnomalarni taqdim etishi mumkin. Dasturiy kompleks dasturlar paketidan yana shunisi bilan farqlanadiki, bir nechta dastur navbati bilan yoki davriy shaklda bitta vazipredmeti hal etish uchun chaqirilishi mumkin.
Dasturiy tizimlar
Dasturiy tizimlar ayrim amaliy sohada keng ko‘lamdagi vazifalarni hal etish imkonini beruvchi dasturlar (tizim osti)ning uyushgan majmuini ifodalaydi. Dasturiy komplekslardan farqli ravishda dasturiy tizimga kiruvchi dasturlar umumiy ma’lumotlar orqali o‘zaro harakat qiladi. Dasturiy tizimlar odatda, rivojlangan foydalanuvchi va ichki interfeysga ega bo'ladi. Bu ularni puxta loyihalashni talab etadi.
Ko‘p foydalanuvchi dasturlar tizim
Ko‘p foydalanuvchi dasturlar tizim odatdagi dasturiy tizimlardan farqli ravishda dasturiy ta ’minotning alohida komponentlari tarmoq ta’sirini tashkil etishi lozim. Bu uni ishlab chiqish jarayonini yanada murakkablashtiradi. Bunday dasturiy ta
’minotni ishlab chiqish uchun maxsus texnologiya yoki CORBA, COM, Java va hokazo texnologiyalar platformasidan foydalaniladi. Foydalanuvchi interfeysi turini tanlash. Foydalanuvchi interfeysining to‘rtta turi farqlanadi. Bular: • primitiv (sodda) — yagona ish ssenariysini amalga oshiradi, masalan, ma’lumotlarni kiritish — natijalarni chiqarish;
menyu — ko‘plab ish ssenariylarini amalga oshiradi. Ularning operatsiyalari iyerarxik strukturada tashkil etilgan. Masalan, qo‘yish , faylni qo‘yish ,
simvolni qo‘yish va hokazo.
erkin navigatsiyali — ko‘plab ssenariylarni amalga oshiradi. Ularning operatsiyalari iyerarxiya darajalariga bog'liq va ma’lum bir ish bosqichida ko‘plab operatsiyalarni belgilab beradi. Bunday shakl interfeyslari asosan Windowsilovadan foydalanadi:
bevosita manipulyatsiyalash — obyektlar ustidagi operatsiyalarda taqdim etilgan ko‘plab ssenariylarni amalga oshiradi.
|
| |