|
Funksional tavsiflarning talablari
|
bet | 3/11 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 51,11 Kb. | | #253621 |
Bog'liq topshiriq 1Funksional tavsiflarning talablari
Dasturga yoki dasturiy jihozga talablar bo'lishi quyidagi tagbo‘limlarni o‘z ichiga olishi darkor:
funksional tavsiflarga talablar;
ishonchlilikka talablar;
ishlatish sharoitlari;
texnik vositalar tarkibiga va parametrlariga talablar;
axborot va dasturiy mutanosiblikka talablar;
rusumlashtirish va o‘ramlashtirishga talablar;
transportlashtirish va saqlashga talablar;
maxsus talablar.
Yuqorida sanalganlar qatorida funksional tavsiflarga talablar tag bo'limi eng muhimdir. Ushbu bo'limda bajariluvchi funksiyala sanalishi va boshlang‘ich ma’lumotlar hamda natijalaning tarkibi, tavsifnomalari, taqdim etish shakllari bayon etilishi shart.
Xuddi shu bo‘limda zaruratga ko'ra samaradorlik mezonlari: tizim javobining maksimal mumkin bo‘lgan vaqti, foydalaniluvchi operativ yoki tashqi xotira hajmi va boshqalar ko‘rsatiladi.
Eslatma !!!
Eslatma. Agar ishlab chiqilgan dasturiy ta’minlash texnik topshiriqda ko‘rsatilgan funksiyalarni bajara olmasa, u texnik topshiriqqa nomuvofiq, ya’ni sifat mezonlari nuqtayi nazaridan noto‘g‘ri hisoblanadi. Bo‘lg‘usi loyihaning universalligi ham odatda maxsus ta ’kidlab o‘tilmaydi, lekin ko‘zda tutiladi.
Ishonchlilikka talablar tag bo‘limida ishlab chiqilayotgan tizim ta’minlashi shart bo‘lgan ishonchlilik darajasi va izdan chiqishdan so‘ng tizimning tiklanish vaqti ko‘rsatiladi. Tizimlar uchun ishonchlilikka odatiy talablar bilan birga ushbu bo‘limda ba’zan ishlab chiqilayotgan mahsulotning natijalar ishonchliligini orttirish bo‘yicha harakatlari (kirish va chiqish axboroti nazorati, oraliq natijalarning zaxira nusxalarini yaratish va hokazo) reglamentlanadi.
Ishlatish sharti tag bo`limida ishlatish shartlariga qo‘yiladigan maxsus talablar: atrof-muhit haroratiga, havoning nisbiy namligiga va hokazolarga alohida talablar ko‘rsatiladi. Qoidaga ko‘ra, agar ishlab chiqilayotgan tizim nostandart shartsharoitlarda tasarruf qilinadigan yoki maxsus tashqi qurilmalardan, masalan axborotni saqlash uchun qurilmadan foydalaniladigan bo‘lsa, shunday talablar qo`yiladi. Xuddi shu joyda xizmat ko‘rsatish turi, xodimlarning zaruriy miqdori va malakasi ko‘rsatiladi. Aks holda talablar qo`yilmayotganligini ko'rsatishga ruxsat etiladi.
2. Audit turlari. Axborot tizimi xavfsizligining auditini, odatda, tashqi va ichkilariga ajratishadi. (S_3)
Tashqi audit asosan tashkilotdan tashqarida va, odatda, axborot xavfsizligi auditi bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi. Bunda tashqi xujumlar natijasidagi xavf-xatar o‘lchamlari taxlillanadi (xatto tashkilot tarmoqlararo ekranlar bilan himoyalangan bo‘lsa ham). Tashqi auditni o‘tkazishda portlarni skanerlash, tarmoq va tatbiqiy dasturiy ta’minot zaifliklarini qidirish amalga oshiriladi. Web – serverlari, pochta va fayl serverlari bilan o‘zaro bog‘lanishga urinishlar, tashkilot lokal tarmog‘iga kirishga urinishlar amalga oshiriladi. Tashkilot raxbariyatining xoxishi bilan tashqi auditning maxsus turi - Ethical Hacking o‘tkazilishi mumkin. Bunda maxsus tashkilot (bunday tashkilot maxsus Tiger Team nomiga ega) tashkilot serverlariga, saytlariga va xostlariga tanlab olingan xujumlarni amalga oshiradi. Bunday xujumlar tashkilot axborot tizimining zaifliklarini namoyish etishi mumkin.
Ichki audit, odatda, tashkilot xodimlaridan tashkil topgan maxsus komanda tomonidan o‘tkaziladi. Ichki auditning vazifasi mavjud axborot tizimi texnologiyasidan foydalanishdagi xavf-xatarni baholash hisoblanadi. Auditning bu turi qandaydir standartni amalga oshiruvchi auditni avtomatlashtirish vositasini jalb qilish orqali bajariladi. Ichki audit tashkilotning tarmoqlararo ekran bilan chegaralangan tarmoq muhitining ichida o‘tkaziladi. Tashkilotning ichki xost portlarini va zaifliklarini skanerlash ham uning vazifasi hisoblanadi. Undan tashqari, tashkilotda o‘rnatilgan xavfsizlik siyosatining bajarilishi, resurslardan foydalanishning nazorati va boshqarilishi, tashkilot xodimining parol siyosati va uning bajarilishi taxlillanadi. Auditning bu turi audit o‘tkazishning standart usulini tarmoq zaifliklarini mukammal ko‘rib chiqish bilan to‘ldiradi.
Texnik vositalarning tavsiflari
Texnik vositalarning tarkibi va paratnetrlariga talablar tag bo‘limida texnik vositalarning zaruriy tarkibi ularning quyidagi asosiy texnik tavsiflari aniqlanadi: Tashqi qurilmalar mavjduligi va boshqalar qayd etilgan holda ko‘rsatiladi, bunda ko'pincha konfiguratsiyaning ikki varianti: minimal hamda tavsiya etiluvchi konfiguratsiya ko‘rsatiladi.
Axborot va dasturiy mutanosiblikka talablar tag bo‘limida zaruratga ko‘ra hal etish usullarini berish, ishlab chiqish uchun dasturlash tilini yoki muhitni belgilash, shuningdek foydalaniluvchi operatsion tizimni hamda ishlab chiqilayotgan dasturiy ta ’minot o‘zaro harakatlanishi shart bo'lgan boshqa tizimiy va foydalanuvchilik dasturiy vositalarini ham belgilash mumkin. Xuddi shu bo'limda zaruratga ko‘ra axborot himoyasining qanday darajasini ko‘zda tutish zarurligi ham ko‘rsatiladi. Dasturiy hujjatlarga talablar bo‘limida dasturchi qo‘llanmasi, tushuntirish yozuvnomasi va boshqalar mavjudligining zarurligi ko‘rsatiladi. Hujjatlarning ushbu barcha tiplariga ham GOSTlar mavjud. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘limida taxminiy iqtisodiy samaradorlik, ko‘zda tutilayotgan yillik ehtiyoj va mavjud analoglarga qiyosan iqtisodiy afzalliklar ko‘rsatilishi tavsiya etiladi. Ishlab chiqish stadiyalari va bosqichlari bo‘limida ishlab chiqish stadiyalari, bosqichlari va yillar mazmuni ishlab chiqish muddatlari hamda ijrochilar ko‘rsatilgan holda bo‘ladi.
Nazorat va qabul tartibi bo'limida sinovlar turlari, ish qabuliga umumiy talablar ko‘rsatiladi. Ilovalarda zaruriyatga ko‘ra quyidagilar keltiriladi: ishlab chiqishni asoslovchi ilmiy-tadqiqot ishlari ro'yxati; ishlab chiqishda foydalanish lozim bo`lgan algoritmlar sxemalari, jadvallar, bayonlar, asosnomalar, hisob-kitoblar va boshqa hujjatlar.
Ishlab chiqilayotgan mahsulot o‘ziga xosliklariga bog‘liq ravishda bo‘lishlar mazmunini aniqlashtirishga, ya’ni tag bo`limlardan foydalanishga, yangi bo‘limlar kiritishga yoki ularni birlashtirishga ruxsat etiladi.
Texnik topshiriqda nazarda tutilgan qandaydir talablarni buyurtmachi qo‘ymagan holatlarda tegishli joyda Talablar qo`yilmadi deb ko‘rsatish lozim.
|
| |