|
Ma’lumotlar bazasi” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua
|
bet | 8/13 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,6 Mb. | | #237838 |
Bog'liq УМК Маълумотлар Базаси Nazorat savollari.
Fayl – serverli ma’lumot bazasinir afzallik va kamchiliklarni aytib bering.
Ilova serveri modeli qanday muamolarni yechish uchun ishlab chiqilgan?
Ochiq sistemalarga (tizimlarga) tegishli xususiyatlarni sanab o‘ting.
Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlashtizimlarini rivojlanish istiqbollari qanday?
12- mavzu: Ma`lumotlar bazasini administratorlash va xavfsizligini ta`minlash.
REJA:
Ma`lumotlar bazasini administratorlash
Ma`lumotlarni xavfsizligini ta`minlash
Ma`lumotlar bazasini xavfsizligini ta`minlash
Tayanch iboralar: administrator, xavfsizlik, grant, tarmoq, protokol,server.
Ma'lumotlar bazasi administrator. Bu muassasa ma'lumotlarini yoki uning tizimi bilan bog`lik bo`lgan biror qismini himoya qiladigan javobgar shaxs. U barcha ma'lumotlar tuzilishi nazoratini amalga oshiradi. Shuni esda tutmoq lozimki ma'lumotlarni himoya qilish va ularga egalik qilish bir narsa emas. Bank boshqaruvchisi bankka qo`yilgan narsalarga himoyachi bo`ladi, lеkin qimmatbaxo narsalarga bo`lmaydi. Boshqarma yoki ayrim shaxs ma'lumotlar egasi bo`lishi mumkin. Ma'lumotlar bazasi administratori ma'lumotlar saqlanishiga javob bеradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi. Ma'lumotlardan ularni foydalanishga ruxsat olgan shaxslargina foydalanishi mumkin
Ma`lumotlar xavfsizligi. Ma'lumotlarning xavfsizligi dеganda, ma'lumotlarni tasodifiy yoki unga bila turib kirishga haqqi yo`q shaxslardan, ma'lumotlarni mualliflashtirmagan yoki xoqimlarning buzishidan himoya qilinishi tushuniladi.
Maxfiyligi esa ayrim shaxslarning yoki takshilotlarning qachon va qanday miqdorda boshqa shaxslarga yoki tashqilotlarning ma'lumotlarni bеrish huquqi bilan aniqlanadi.
|
| |