|
Yuqori darajali algoritmik tillar
|
bet | 5/12 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 33,38 Kb. | | #151405 |
Bog'liq Data base security - lecture 2Yuqori darajali algoritmik tillar
60-yillar oxiri va 70-yillar boshidagi dastlabki MBBT yaratuvchilarining asosiy kuchlari ayrian ushbu yo‘nalishga qaratilgan edi. Natijada ma’lumotlami kiritish, ishlash yoki chiqarish bo‘yicha har qanday funksiyalami amalga oshirish uchun yuqori darajali algoritmik tillarida maxsus dasturlami yaratuvchi, maiumotlar strukturasini tashqi va asosiy xotirada joylashtirish usullarining xususiyatlarini “biluvchi” malakali dasturchilar talab etilar edi. Oqibatda, malumotlar bazasi
bilan ishlash foydalanuvchining axborotga boigan ehtiyojini mashina kodiga “o‘tkazuvchi” yuqori malakali dasturchi – vositachi orqali amalga oshirilar edi
Bunday vaziyat avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratishda va ekspluatatsiyasida katta qo'shimcha xarajatlarga olib keldi hamda korxona va tashkilot faoliyatidagi axborot ta’minoti jarayonlarida hisoblash texnikasining tarqalishini malum darajada to‘xtatadi.
Ma’lumotlar mashinasi
Relyatsion MBBTlar nazariyasining asoschisi E.Kodd tomonidan ma’lumotlar bazasi bilan dasturchi bo'lmagan foydalanuvchining muloqoti uchun maxsus tilni yaratish xususida taklif kiritildi. Ushbu til ingliz tilining bir nechta sodda iboralari (“tanlash”, “yangilash”, “kiritish”, “yo‘qotish”) naboridan tashkil topgan bolib,
ular orqali dasturchi boimagan foydalanuvchi o‘zining axborotga bolgan ehtiyoji bo‘yicha MBBTga “savollar” qo‘yishi mumkin. Bunda ma’lumotlami bevosita ishlash va foydalanuvchiga natijalami taqdim etish uchun ushbu “savollami” mashina kodlarining past darajali tilida sharhlash MBBTning qo`shimcha vazifasi hisoblanadi.
Shu tariqa MBBT strukturasidagi “ma’lumotlar mashinasi” paydo boidi. Boshqacha aytganda, ma’lumotlar mashinasi malumotlar bazasi tilini “tushunadi”, natijada ma’lumotlami va ulami ishlash bo‘yicha masalalami ajratadi. Bunday yondashishda foydalanuvchining ma’lumotlar bazasi bilan o'zaro aloqasini orqali tasvirlash mumkin.
System R
Ushbu g'oyalar ilk bor ma’lumotlar bazasi sohasidagi yana bir mashhur mutaxassis Kris Deyt ishtirokida System R (1975 – 1979 yy.) loyihasi amalga oshirilishida tatbiq etildi. Loyihani amalga oshirish jarayonida keyinchalik strukturalangan so‘rovlar tili SQL (Structured Query Language)ga aylantirilgan SEQUEL yaratildi. Bunda foydalanuvchiga ma’lumotlar bazasiga “so‘rovlami” shakllantirish imkoniyatiga qo‘shimcha tarzda ma’lumotlar strukturalarini,
ma’lumotlami kiritishni va ulami o‘zgartirishni tavsiflash imkoniyati ham taqdim etildi. Taxminan shu vaqtda IBM firmasi tomonidan yana bir relyatsion til - QBE (Query - By - Example) yaratildi.
Ushbu til keyinchalik jadval ma’lumotlarini ishlovchi tijorat tizimlarida ishlatildi va zamonaviy MBBTlarida so‘rovlaming visual “konstrukturalarini” yaratishda g‘oyaviy asos vazifasini o‘tadi.
|
| |