Modullar va ularning xususiyatlari




Download 406,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana15.05.2024
Hajmi406,15 Kb.
#234466
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Data base security - lecture 4 (1)

Modullar va ularning xususiyatlari 
Yetarlicha murakkab dasturiy ta’minotni loyihalashtirishda uning umumiy 
tuzilmasi belgilangandan so‘ng, loyihachi fikriga ko‘ra, keyingi dekompozitsiyaga 
muhtoj bo‘lmagan elementlar olingunga qadar tanlangan yondashuvga muvofiq 
holda komponentlar dekompozitsiyasi bajariladi. 
Avval eslatib o‘tilganidek, hozirgi paytda ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot 
dekompozitsiyasining tegishli yondashuv bilan bog`liq ikki usuli qo‘llaniladi: 
• protsedurali (yoki tuzulmaviy-yondashuv nomi bo‘yicha); 
• obyektli. 
Ko‘rsatilgan dekompozitsiya usullaridan tashqari dasturlash nazariyasida 
dekompozitsiyasining boshqa usullari ham belgilanadi: mahsulot faktlari va 
qoidalariga — mantiqiy dekompozitsiya va hokazo. Mazkur dekompozitsiya 
usullari sun’iy intellekt tillarida qo'llaniladi, shu boisdan ular ushbu darslikda 
ko‘rib chiqilmaydi. 
Qaror qabuli bilan bog‘liq funksiyalar yuqori darajadagi tagdasturlar, bevosita 
qayta ishlash esa quyi darajadagi tagdasturlar orqali ijobatlanadigan tagdasturlar 
iyerarxiyasi protsedurali dekompozitsiya natijasi hisoblanadi. Bu dasturlashga 
tuzilmaviy yondashuvning boshqa tavsiyalari bilan birgalikda shakllantirilgan 
vertikal boshqaruv tamoyili bilan muvofiqlashadi. U, shuningdek, har qanday 
tagdastur o‘zining chaqirgan tagdastur boshqaruvini qaytarishini talab qilgan holda 
boshqaruv berilishining ehtimolli variantlarini ham chegaralaydi. 
Obyektli dekompozitsiya natijasi obyektlar uyg‘unligi bo‘lib, tegishli maydonlar 
bilan ishlovchi ma’lumotlar va usullar uyg‘unligini ifodalagan holda keyinroq 
ayrim maxsus ishlab chiqiluvchi namunalar (sinflar) sifatida aniqlanadi. 
Shunday qilib, har qanday dekompozitsiya usulida amalga oshirish jarayonida 
modullarga aylantiriladigan kichik dasturlarning tegishli ma’lumotlari bilan bog'liq 
majmua vujudga keltiriladi. 

Download 406,15 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 406,15 Kb.
Pdf ko'rish