Ma`lumotlar bazasi xavfsizligi 4-mavzu. Ma’LUMOTLAR BAZASI XAVFSIZLIGI MODELLARI Ma’ruzachi: azizbek yusufov




Download 406,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana15.05.2024
Hajmi406,15 Kb.
#234466
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Data base security - lecture 4 (1)

Funksional nuqta 
RAD texnologiyalardagi 
funksional nuqta 
deganda, ishlab chiqilayotgan tizimning 
quyidagi funksional elementlaridan istalgani tushuniladi: 
• ilovaning kirish elementi (kirish hujjati yoki ekranli shakl); 
• ilovaning chiqish elementi (hisobot, hujjat yoki ekranli shakl); 
• so‘rov (

savol/javob

); 
• mantiqiy fayl (ilova ichida foydalanils^digan ma’lumotlar yozuvining jami); 
• ilova interfeysi (boshqa ilovalarga uzatiladigan yoki boshqa ilovalardan 
olinadigan ma’lumotlar yozuvining jami). 
Kodlari sezilarli darajada takrorlanadigan tizim uchun ekspert baholanishidan kelib 
chiqib, hisoblab chiqilgan normalar quyidagicha aniqlanadi: 
• 1 mingdan kam funksional nuqtalar - 1 kishi; 
• 1 dan 4 minggacha funksional nuqtalar — ishlab chiquvchilarning bir komandasi; 
• 4 mingdan ko‘p funksional nuqtalar - har bir 4 ming nuqtaga bitta komanda. 
Ushbu normalarga muvofiq ishlab chiqilayotgan tizimni ma’lumotlar va 
funksiyalarga bo‘sh bog‘liq bo‘lgan tizim qismlarga bo‘linadi va turli qismlar 
o‘rtasidagi interfeyslarni aniq belgilaydi. 
CASE 
CASE vositalardan foydalanish loyiha to‘g‘risidagi axborotni bosqichdan 
bosqichga uzatishda ma’lumotlarning nazorat qilmaydigan buzilishlarining oldini 
olish imkoniga eng bo'ladi. Keyinchalik ishlab chiqish o‘z tizim qismlarini ishlab 
chiqilishini davom ettiradigan ishlab chiquvchi guruhlar bilan olib boriladi. 
Turli guruh ishlab chiqaruvchilarning harakatlari yaxshi muvofiqlashtirilgan 
bo'lishi kerak. Amalga oshirish bosqichida real tizimning iterativ tuzilishi 
bajariladi, bunda tuzilayotgan tizimga qo'yiladigan talablar bajarilishini nazorat 
qilish uchun foydalanuvchilar jalb qilinadi.
Qismlar tizimga asta-sekin integratsiya qilinadi, bunda har bir qism ulanganda 
testlash jarayoni bajariladi. Ishlab chiqishning yakuniy bosqichida tizimda ishlab 
chiqiladigan va ulanadigan tegishli ma’lumotlar bazasini yaratish zarurligi 
aniqlanadi. Apparat vositalariga qo‘yiladigan talablarni shakllantiradi, 
unumdorlikni oshirish usullarini belgilaydi va loyiha bo‘yicha hujjatlarni 
tayyorlash ishlarini tugatadi. Joriy etish bosqichida foydalanuvchilar o‘qitiladi va 
yangi tizimga asta sekin o‘tish amalga oshiriladi, bunda yangi tizim to‘liq tadbiq 
qilingunga qadar eski versiyada ishlash davom etadi. 
RAD texnologiya aniq buyurtmachi uchun ishlab chiqilayotgan katta bolmagan 
loyihalar uchun o‘zining afzalligini namoyon etadi. Bunday tizimlar 
loyihalashtirishning va qat’iy loyihalashtirishning yuqori darajalarini talab 
qilmaydi. Biroq ushbu texnologiya murakkab hisoblash dasturlari, operatsion 


tizimlar yoki real vaqt masshtabida murakkab obyektlarni boshqarish 
dasturlarining ya’ni, noyob kodning katta foizli dasturlarning tuzilishi uchun 
qo‘llanilmaydi. 
Ushbu texnologiyani insonlar xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan ilovalarni 
yaratishda qo‘llab bo'lmaydi, masalan, samolyotlarni yoki atom 
elektrostansiyalarni boshqarishda, chunki RAD lexnologiyaning dastlabki bir 
nechta versiyalari to`liq ish qobiliyaliga ega bo‘lmaydi, ushbu holat uchun bu 
istisno qilinadi. 

Download 406,15 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 406,15 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma`lumotlar bazasi xavfsizligi 4-mavzu. Ma’LUMOTLAR BAZASI XAVFSIZLIGI MODELLARI Ma’ruzachi: azizbek yusufov

Download 406,15 Kb.
Pdf ko'rish