Barcha
asosiy sohadagi muvofiqlikning sertiflkasiya bahosi 10 ballik shkala
bo‘yicha o‘tkaziladi. Ushbu asosiy sohaning muvafaqiyatli malakasini oshirish
uchun kamida 6 ball to‘plash zarur. Asosiy sohani baholash quyidagi ko‘rsatkichlar
bo‘yicha amalga oshiriladi:
• ushbu sohaga rahbarlarning qiziqishi, masalan, qaralayotgan asosiy sohani
(dasturlash nuqtayi nazaridan) amaliyotda qoilash rejalashtirilganmi, mazkur
sohaning zarurliligini rahbariyat tushunadimi va hokazo;
• ushbu soha tashkilotlarda qanchalik keng qo‘llanishga
mos keladi, masalan, 4
balli baholashda fragfnentlar qo`llashga mos keladimi va hokazo;
• ushbu sohaning amaliyotda
muvaffaqiyatli foydalanishi, masalan, 0 ball har
qanday samara mavjud emasligiga mos keladi, 8 ball butun tashkilotda
muntazam
va o‘lchangan ijobiy natija mavjud bo‘lganda qo‘yiladi.
Asosan, faqat bitta jarayonni yoki tashkilot bo'linmasini sertifikatlash
mumkin. Masalan, IBM kompaniyasining dasturiy ta’minotini ishlab chiqish
bo‘linmasi 5 darajada sertifikatlandi.
Dunyoda 5 darajaga ega kompaniyalar uncha ko‘p emas. Boshqa tomondan 3 va 4
daraja bilan sertifikatlangan kompaniyalar bir necha mingtani tashkil qiladi, ya’ni
yetuklikning optimallashgan darajasi va oldingi darajalar o‘rtasida juda
katta farq
mavjud. Biroq, juda katta farq yana boshlang‘ich darajadagi tashkilotlar va
ancha rivojlangan tashkilot o‘trasida kuzatilmoqda. Kuzatishlar, barcha ishlab
chiqaruvchi kompaniyalar 70% dan oshig‘i CMM darajada turibdi.
SPICE. SPICE standarti oldingi standartlardan ko‘p jihatlarni o‘zlashtirgan. ICO
9001 va CMM asosan SPICE CMM ni o‘z ichiga olgan. Tashkilotning asosiy
vazifasi bo‘lib, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonini doimo yaxshilash
hisoblanadi.
Bundan tashqari, SPICE standartida turli imkoniyatlar darajasi bo‘lgan
sxemalardan foydalaniladi (SPICE da 6 ta turli darajalar aniqlangan), lekin, ushbu
darajalar
butun tashkilotda emas, balki, alohida jarayonda ham qo‘llanilishi
mumkin.
Standartning asosi bo‘lib, jarayonni baholash hisoblanadi. Ushbu baholash
standartda model tarzda bayon qilinadi. Ushbu tashkilotdagi dasturiy ta’minotni
ishlab chiqish jarayonini taqqoslash yo‘li bilan bajariladi. Ushbu bosqichda olingan
natijalar tahlili jarayonning kuchli, shuningdek, ushbu jarayonga tanlluqli bo‘lgan
ichki xavflarni va kuchsiz tomonlarini aniqlash Imkonini beradi. Bu o‘z navbatida,
jarayonlarning samaradorligini baholashga, sifatning yomonlashishi va vaqt yoki
bahosi bo'yicha xarajatlarga bog‘liq sabablarni aniqlashga yordam beradi.
Keyin jarayonning imkoniyatlari, ya’ni uni yaxshilash zarurligi to‘g‘risidagi
tushuncha yuzaga kelishi mumkin. Bu paytda, jarayonni takomillashtirish maqsadi
aniq shakllangan va qo‘yilgan vazifalarni texnik amalga oshirish qolmoqda.
Bundan tashqari xulosa
qilib shuni aytish mumkinki, dasturiy ta’minot hayotiy
siklining jarayonini takomillashtirish zarur. Biroq, ishlab chiqishning
≪
juda
yetuk
≫
jarayoni tuzilishi sifatli dasturiy ta’minot yaratilishini ta’minlaydi. Bu
turlicha bo‘lgan jarayonlar. Forma modellari va usullardan foydalanish ishlab
chiqilayotgan dasturiy ta’minot uchun tushunarli, zid kelmaydigan
spetsifikatsiyalarai yaratish imkonini beradi. Bunday usullarni joriy qilish, uning
ancha qimmatli va ko‘p mehnat talab qilganda ham zarur, ularni qoMlash
imkoniyati juda cheklangan.