•
alohida kompilyatsiya;
• bitta kirish va
chiqish nuqtasi;
• vertikal boshqaruv tamoyiliga mosligi;
• boshqa
modullarni chaqiruv imkoniyati;
• katta bo`lmagan o‘lcham (50—60 til operatorigacha);
• chaqiruv tarixiga bog‘liq bo'lmaslik;
• bitta funksiyani bajarish.
Bitta kirish nuqtasi, bitta chiqish nuqtasi, chaqiruv tarixidan mustaqillik va
vertikal
boshqaruv prinsipiga muvofiqlik talablarining boisi shunda ediki, o‘sha
paytlarda
operativ xotira hajmiga bo‘lgan jiddiy cheklovlar tufayli dasturchilar kodlarning
maksimal takrorlanuvchanligi ehtimoli mavjud dasturlar ishlab chiqishga
majbur edilar. Natijada bir necha kirish va chiqish nuqtalari mavjud tagdasturlar
nafaqat oddiy hoi, balki dasturlashning yuqori toifasi sanalardi. Oqibati esa shu
ediki, dasturlarni nafaqat modifikatsiyalash, balki tushunish, ba’zan esa
shunchaki
to‘liq sozlash ham juda murakkab bo‘lardi.
Vaqt o‘tib, tuzilmaviy yondashuvning asosiy talablarini dasturlash tillari
quvvatlaydigan va modul deganda alohida kompilyatsiyalanuvchi resurslar
kutubxonasi tushuniladigan bo‘lgach, modullar mustaqilligi asosiy talabga aylandi.
Amaliyot ko‘rsatdiki, modullar mustaqilligi darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
shunchalik ravishda:
• alohida modulda va butun dasturda tartibni bilish hamda muvofiq ravishda uni
testlash, sozlash va modifikatsiyalash yengil bo‘ladi;
• eski xatolarni tuzatishda yoki dasturlarga o‘zgarishlar
kiritishda yangi xatolar
paydo bo‘lishining ehtimoli, ya’ni
≪
to‘liqligi
≫
effekt paydo bo‘lishi ehtimoli
kamayadi;
• dasturchilar guruhi tomonidan dasturiy ta’minot ishlab chiqilishini
tashkillashtirish osonlashadi va uni kuzatish yengillashadi. Shunday qilib, modullar
qaramligini kamaytirish loyiha texnologikligini yaxshilaydi. Modullar (dasturlar,
kutubxonalar) mustaqilligi darajasini ikki mezon bo‘yicha — ulashuv 2 va
aloqadorlik bo'yicha baholanadi.