boshqarish va foydalanishni nazoratlash ma’lumotlar bazasida saqlanuvchi
axborotning konfidensiallik darajasiga muvofiq amalga oshiriladi. Foydalanishni
cheklashning ko‘p sathli siyosati Bell-LaPadula modeli asosida tuziladi.
Ushbu model ma’lumotlardan foydalanishni so‘rovchi subyektlami,
aktiv jarayonlarni va obyektlami, ya’ni fayllami, jadvallarni, yozuvlami,
hoshiyalami boshqarishga mo‘ljallangan. Bell-LaPadula bo'yicha modellashning
mohiyati obyektlami konfidensiallik darajasi bo‘yicha, subyektlami esa
ishonchlilik darajasi bo‘yicha tasniflashdan iborat. So‘ngra konfidensiallik sinfiga
nisbatan foydalanish sathi vakolatlarining naborini tavsiflovchi qoida
shakllantiriladi. Bell-LaPadula modeli asosidagi ma’lumotlar bazasini himoyalash
mexanizmi axborot kategoriyalarini ma’lumotlar konfidensialligi sinfieirining
“teskari vorisligi” asosida quriladi. Ma’lumotlar konfidensialligi sinflaming
qandaydir ierarxiyasi beriladi. Undan tashqari, muhimlik alomati bo‘yicha
kategoriyalar to'plamini ifodalovchi sinflar doirasida maiumotlar guruhlari majmui
shakllantiriladi.