• Microsoft Internet Explorer
  • IP va URL manzil tushunchalari
  • Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va uni boshqarish tizimlari Kompyuter tarmoqlari




    Download 102 Kb.
    bet5/6
    Sana15.12.2023
    Hajmi102 Kb.
    #119509
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Berilganlar bazasi

    Brauzerlar. Internet tarmog’i rivojlanib, undan foydalanish­ning yangi imkoniyatlari, ya’ni ma’lumotlarni tez va aniq ko’rish, ma’lumot almashishning engillashini ta’minlovchi dasturlar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlar brauzerlar deb ataladi. Brauzerlarga Microsoft Internet Explorer, Netscape Neviqator, Outlook Express va Netscape Nessender dasturlari misol bo’la oladi. Har bir brauzer (dastur)ning turli imkoniyatlari mavjud:
    Microsoft Internet Explorer brauzeri yordamida Internetda ma’lumotlarni izlab topish, ko’rish va qabul qilish mumkin.
    Outlook Express brauzeri esa elektron pochtada ishlashga mo’ljallangan.
    1994 yil o’rtalarigacha keng foydalanuvchilar ommasi tomonidan Internetga qiziqish yo’q edi, chunki unga ulanish va unda ishlash texnologiyasi oddiy foydalanuvchilar uchun qulay emas edi. Internetdan yalpi foydalanishda birinchi qadam Web texnolo­giyasining yuzaga kelishi bo’ldi. Web texnologiyasining yaratilishi shaxsiy kompyuterlar yaratilishi singari inqilobiy hodisa deb qaralmoqda.
    Trafik – bu muayyan vakt mobaynida tarmoq orkali uzatiladigan axborot xajmi. Ba’zi bir provayderlar Internet xizmati uchun uz mijozlarining trafik hisoblarini olib boradilar va xattoki ulardan qo’shimcha tulovlarni xam undirib oladilar. Trafik tushunchasi Bilan axbrotni kabul kili shva uzatish tezligi tushunchalari chambarchas boglik. Tezlik bir sekunddagi bitlarda ulchanib va juda kup parametrlarga ega bo’ladi: provayderga ulanish turiga,modem tezligiga va sizning internet provayderingizning ulanish xususiyatiga boglikdir. Shuningdek axborot olish tezligi uzoklashgan kompyuterning bandlik darajasi ya’ni siz bilan birga undan axborot olishni xoxlovchilar mikdoriga boglik.
    IP va URL manzil tushunchalari
    IP-manzilInternetga ulangan har bir kompyuterning unikal sonli manzili hisoblanadi. IP-manzil, odatda, qiymati nuqtalar bilan ajratilgan o’nli son( 0 dan 255 gacha) ko’rinishida yoziladigan 4 ta qismdan iborat, masalan, 155.125.46.36; 168.25.146.08 va hokazo. Kompyuterlar orasida ma’lumotlar almashish uchun IP-manzil ishlatiladi. URL manzilibu Internetdagi kompyuterlarning matnli nomi. URL manzil nuqtalar bilan ajratilgan harf va raqamlar ketma-ketligidan iborat uchta va undan ortiq qismdan tashkil topadi, masalan, http://www.microsoft.com, http://www.gov.uz, http://www.akmal.ru va hokazo. Internetda e’lon qilingan har qanday elektron hujjat o’zining URL manziliga ega bo’ladi. Kompyuterdagi ikkita elektron hujjat bir xil URL manziliga ega bo’lmaydi. Manzilning IP formada yozilishi kompyuter uchun qulay bo’lsa, foydalanuvchi uchun noqulaylik tug’diradi, chunki bu sonlar ketma-ketligini yodda saqlab qolish biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin. URL manzilini esda saqlab qolish osonroq. URL manzilining o’ng tomondan oxirgi ikkita qismi kompyuterning domen nomini aniqlaydi. URL manzilining eng oxirgi qismi kompyuter tegishli bo’lgan tashkilot kategoriyasini aniqlaydi. Masalan, uz qiymati kompyuterning O’zbekiston respublikasiga tegishli ekanligini bildiradi. URL manzilining yozilish qoidasi shundan iboratki, ixtiyoriy hujjatning qaysi davlatga tegishli ekanligini birdan aniqlab olish mumkin. URL manzilini kiritishni soddalashtirish ham mumkin. Birinchidan, manzilning http:// qismini yozmaslik ham mumkin, buni brauzerning o’zi avtomatik ravishda qo’yadi. U holda yuqorida keltirilgan manzillar www.gov.uz, www.microsoft.com, www.ramblert.ru ko’rinishda bo’ladi. Ikkinchidan, agar manzil www.microsoft.com ko’rinishda bo’lsa, u holda faqat microsoft qismini kiritish va CtrlEnter tugmachalarini bosish kerak bo’ladi. Brauzer avtomatik ravishda uni manzilga aylantiradi.
    Ba’zi davlatlar uchun kompyuterning domen nomi(URL manzilining eng oxirgi qismi)ni keltiramiz: *.uzO’zbekiston, *.ruRossiya, *.ukBuyuk Britaniya, *.cnXitoy, *.deGermaniya, *.caKanada, *.frFranstiya, *.ilIsroil, *.uaUkraina va hokazo. Internetda Amerika Qo’shma Shtatlari uchun domen sifatida ko’p kodlar ishlatiladi. Masalan, *.comtijorat bilan shug’ullanuvchi firmalar uchun, *.eduuniversitet va boshqa o’quv yurtlari uchun, *.org notijorat tashkilotlar uchun, *.govDavlat miqyosida, *.netInternetning xizmat provayderlari uchun, *.milharbiylar uchun va hokazo. AQShda ba’zan *.su kodi ishlatilishi ham mumkin. Umuman, agar e’lon qilingan domen nomida davlatni bildiruvchi nom qo’llanmasa, u holda bu manzil AQShga tegishli ekanligini bildiradi.


    Xulоsa:
    Xulоsa qilib shuni aytish lоzimki, yuqоrida kо‘rsatilgan tahlillar va ishlash jarayоnlaridagidеk Laragоn dasturi bilan ishlash maqsadga muvоfiq dеb tоpildi. Shu saba- bli bu laragоn dasturini о‘quv jarayоnda ham talabalar uchun dars sifatida о‘tish maqsadli dеb xulоsa qilindi. Chunki laragоn dasturi juda qulay, оddiy va tеkin dastur hisоblanadi. Bundan tashqari bu dasturga kеrakli bо‘lgan ma’lumоtlar оmbоrini ham jоylash im-kоniyati mavjud va php yоki bоshqa dasturlarni ham ishlatish imkоniyati mavduj. Shu sababdan laragоn dasturi yоrdamida ilmiy ishda va rеal lоyiha qiliashda fоydalanildi.



    Download 102 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 102 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va uni boshqarish tizimlari Kompyuter tarmoqlari

    Download 102 Kb.