MA’LUMOTLAR OMBORI HAQIDA TUSHUNCHA
Mamajonova Gulshanoy Abdulhamidovna
Farg’ona viloyati Rishton tuman 2-son kasb-hunar maktabi Informatika va Axborot
texnologiyalari fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Bu maqola ma'lumotlar omborining nima ekanligi haqida ma'lumot
beradi. Ushbu maqolada ma'lumotlar omborining maqsadi, funksiyalari va mavzulari
bayon etiladi. Ma'lumotlar ombori, ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, boshqarish va
ulardan foydalanishda xizmat ko'rsatadigan bir turlar tizimi yoki dasturiy ta'minotdir.
Maqolada ma'lumotlar ombori turlari va ularning ahamiyati to'g'risida tushunchalar
beriladi.
Kalit so’zlar: Ma’lumotlar ombori, yig’ish, saqlash, boshqarish, tizim, dasturiy
ta’minot, funksiyalar.
Ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar va axborotni yig’ish, saqlash, tahlil qilish,
boshqarish va tarqatish uchun xizmat beruvchi vaqtni o’tkazuvchi ma’lumotlar tizimi
yoki dasturiy ta’minotidir. Bu ombor, har qanday xil ma’lumotlarni
saqlash uchun
mahsulotlar, texnologiyalar va usullarni o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar omborini
dastlabki maqsadi – ma’lumotlarni qadamlash, saqlash va ulardan tezroq foydalanishni
ta’minlashdir. Ma’lumotlar bazasi ko’pincha matematika, statistika va informatika
fanlari doirasida ishlatiladi.
Ma'lumotlar ombori bu — tartiblangan ma'lumotlarni saqlovchi va qayta
ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda,
bir xil turdagi
axborotlarni o'zida saqlovchi va berilgan so'rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model.
Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma'lumotlar ombori hisoblanadi, ya'ni bir xil
turdagi(kitoblarni) obyektlarni o'zida saqlaydi, yoki bo'lmasa telefon raqamlar yozilgan
kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir xil tipdagi ma'lumotlar saqlanadi, bu ham
ma'lumotlar ombori. Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi— bu ma'lumotlar
omborini hosil qiluvchi, ma'lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi.
Qisqa qilib aytganda, MOBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma'lumotlar ombori
faqat ma'lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MOBT bajaradi.
Yer yuzida keng
foydalanilayotgan mavjud 3000 ma’lumotlar omborlaridan ko‘p qismini xususiy
kompyuterlarda yaratilgan. Ular omborlarda qanday ma’lumotlarni saqlash, axborotni
qanday yig‘ish, qanday yangilash va rasmiylashtirish kerakligi masalaarini hal etishgan.
Ma’lumotlar ombori ham ular joylashgan mamlakatlar kabi turli-tumandir. Ba’zi
axborot tizimlari katta emas. Masalan, Avstraliyadagi “Ausinet” tizimi 17 omborga,
Amerikaning “DAYALOG” tizimi 250 dan ortiq omborga ega. Ko‘pchilik
tizimlar
o‘rtacha o‘lchamlarga ega. Shvetsariyaning “Data – Star” tizimi 46, G‘arbiy
Germaniyaning “INKA” tizimi 42, fransiyaning “Kestel” tizimi 45, Buyuk
Britaniyaning “Pergamon Infolayn” tizimi 35 omborga ega. Ma’lumotlar omboridagi
axborotlar bir necha usullar bilan tashkil etilishi mumkin. Ma’lumotlar omborlarining
eng soda va keng tarqalgan shakli jadval ko‘rinishidir. Ma’lumotlar omborining bunday
ko‘rinishi relyatsion omborlar deb ataladi. Relyatsion omborlar aniq sondagi ustunlarga
ega bo‘lib, ularning hammasi nomlarga ega bo‘ladi. Kompyuterdan aksariyat hollarda
matnli fayllar (turli xat, referat, she’r va h.k.) ni yaratishda foydalaniladi.
Foydalanuvchining tajribasi oshib brogan sari u matnli fayllar o‘rnida turli shakldagi va
berilgan vazifalarni bajaruvchu fayllardan foydalana boshlaydi. Masalan, matn fayl
ichida turli xil sonli, belgili ma’lumotlarni kiritish orqali jadvalli, kartotekali,
videotekali,
tashkilotlar manzili, kasallik varaqlari, telefon nomerlari va boshqa
ma’lumotlarni
jamlovchi
ombor
sifatida
foydalanishi
mumkin.
Har qanday ma’lumotlar omborining vazifasi haqiqiy dunyoning obyektlar haqidagi
ma’lumotlarni qayta ishlashidir. Umuman olganda, “obyekt” va “kattalik” degan
iboralarni rasman ajratish mushkul. Lekin muayyan vaziyatda
bu iboralarni ishlatish
uchun ularni ta’riflashimiz mumkin. Koʻpgina statistik olimlar, jumladan Neyt Silver,
maʼlumotlar fani yangi soha emas, balki statistikaning boshqa nomi ekanligini
taʼkidladilar. Boshqalar esa, bu maʼlumotlar ombori fanni: “statistikadan farq qiladi,
chunki u raqamli maʼlumotlarga xos boʻlgan muammolar va texnikalarga eʼtibor
qaratadi” deya takidlashgan. Vasant Dharning yozishicha,
statistika miqdoriy
maʼlumotlar va tavsifga urgʻu beradi. Bundan farqli oʻlaroq, maʼlumotlar ombori fani
miqdoriy va sifatli maʼlumotlar (masalan, tasvirlar, matn hamda sensorlar,
tranzaktsiyalar yoki mijozlar maʼlumotlari va boshqalar) bilan shugʻullanadi va
maʼlumotlar va harakatga urgʻu beradi. Kolumbiya universitetidan Endryu Gelman
statistikani maʼlumotlar ombori fanining muhim boʻlmagan qismi sifatida taʼrifladi.
2012-yilda texnologlar Tomas X. Davenport va DJ Patil „Maʼlumot olimi: XXI
asrning eng muhum ishi“ deb eʼlon qilishdi bu iborani hatto Nyu-York Tayms, Boston
Globe kabi yirik shahar gazetalari ham qabul qilindi. Bundan oʻn yil oʻtgach, ular buni
yana bir bor tasdiqladilar va ish beruvchilar uchun bu ish har qachongidan ham koʻproq
talab qilinmoqda. Maʼlumotlar ombori fanining mustaqil fan sifatida zamonaviy
kontseptsiyasi baʼzan Uilyam S. Klivlendga tegishli. 2001-yildagi maqolasida u
statistikani nazariyadan tashqari texnik sohalarga kengaytirish tarafdori edi: chunki bu
maydonning sezilarli darajada oʻzgartiradi, u yangi nomni kafolatladi. Keyingi bir necha
yillar ichida „maʼlumotlar ombori“ yanada koʻproq, kengroq qoʻllanila boshlandi: 2002-
yilda Fan va texnologiya maʼlumotlari qoʻmitasi Data Science Journalni ishga tushirildi.
2003-yilda Kolumbiya universiteti The Journal of Data
Science jurnalini ishga
tushirildi. 2014-yilda Amerika Statistik Assotsiatsiyasining Statistik oʻrganish va
maʼlumotlarni izlab topish boʻlimi oʻz nomini Statistik oʻrganish va maʼlumotlar faniga
oid boʻlimga oʻzgartirildi, bu maʼlumotlar fanining mashhurligini aks
ettiradi.„Maʼlumotlar olimi“(data scientist) professional unvoni 2008-yilda DJ Patill va
Jeff Xammerbaxerga berilgan. U (National Science Board) Milliy Fan Kengashi
tomonidan 2005-yilda "Uzoq umr koʻradigan raqamli maʼlumotlar toʻplami: XXI asrda
tadqiqot va taʼlimni qoʻllab-quvvatlash“ hisobotida ishlatilgan boʻlsada, lekin u raqamli
maʼlumotlar toʻplamini boshqarishdagi har qanday muhim omilga keng ishora qiladi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi o‘zining ma’lum ko‘rinishidagi ichki
tuzilishiga, amalgam oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday dasturlar
ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi.
Inson o’z hayoti davomida ko’plab axborotlar bilan ishlaydi. Ular biron-bir narsa
yoki jarayonga aloqador (masalan, tabiyat, jamiyat, ular
orasidagi munosobatlar va
hokazo) ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Narsa yoki jarayonni o’rganishda ularni obyekt
deb atash qabul qilingan. Har bir obyekt o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Obyektlarni o’rganish jarayonida ular haqida ma’lumotlar yig’iladi, saqlanadi,
qayta ishlanadi va uzatiladi. Axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning
ko’plab usullari mavjud. Kompyuterlar yaratilgunga qadar axborotlar bilan ishlash,
asosan qog’ozda amalgam oshirilar edi. Masalan, ma’lumotlar yig’ma jildlarda
saqlangan, ularni uzatish esa odatdagi pochta orqali amalga oshirilgan. Hozirgi kunda
ham bu usuldan voz kechilganicha yo’q. Lekin bugungi kunda, ya’ni axborotlar asri
davrida katta hajmdagi ma’lumotlarni odatdagi usullar orqali qayta ishlab bo’lmaydi.
Ma’lumki,
axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish kompyuterning asosiy
vazifalaridan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
M. Abbasova Kompyuter tarmoqlari, O’zb Respusblikasi, Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligi “Ma’lumotlar ombori haqida”
2.
(
http://kompy.info/reja-1-malumotlar-ombori-xaqida.html
) - Ma’lumotlar
ombori va uni tashkil etish.
3.
Oxunjon G’aybullayev – Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi (
https://uzinfobiz.ru/uz/malumotlar-bazasi-ombori-haqida-asosiy-tushunchalar.html
)