|
Ma’lumotlar o‘zgartiruvchi standart sxemalarni qamragan analog tizimlar dunyosi bilan kompyuterlar tizimlarining o‘zaro ta’sirlari bilan bog‘liq muammolar haqida ma’lumot bering
|
bet | 10/19 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 223,53 Kb. | | #131742 |
Bog'liq 18-25BTG ta’rifi
Ixtiyoriy zanjirdan avvaldan belgilangan qiymatli tok oqishini ta’minlovchi elektron qurilma barqaror tok generatori (BTG) deb ataladi. Yuklamadan oqayotgan tokning qiymati kuchlanish manbai, zanjir parametrlari va temperatura о‘zgarishlariga bog‘liq bо‘lmaydi.
BTGning vazifasi kirish kuchlanishi va yuklama qiymati о‘zgarganda chiqish toki qiymatini о‘zgarmas saqlashdan iborat bо‘lib, ular turli funksional vazifalarni bajaruvchi analog va raqamli mikrosxemalarda ishlatiladilar.
.
21-bilet
Axborotni qayta ishlash va saqlash vazifalarini bajaruvchi zamonaviy mikroelektron apparatlarda turli integratsiya darajasiga ega bo’lgan IMSlar ishlatiladi. Ayniqsa, KIS va O’KIS integratsiya darajasiga ega bo’lgan IMSlar keng qo’llanilmoqda. TTM va EBM elementlari yuqori tezkorlikni ta’minlaydi, ammo iste’mol quvvati va o’lchamlari katta bo’lganligi sababli, faqat kichik va o’rta integratsiya darajasiga ega bo’lgan IMSlar yaratishdagina qo’llaniladi.
Sodda invertorli TTM ME sxemasi
2.
Murakkab invertorli TTM ME sxemasi
Murakkab invertorli TTM sxemasi amaliyotda keng qoʼllaniladi. U ikki taktli chiqish kaskadi (VT2 va VT3 tranzistorlar, R4 rezistor va VD diod), boshqariluvchi faza ajratuvchi kaskad (VT1 tranzistor, R2 va R3 rezistorlar) dan tashkil topgan
3 DK asosiy parametrlariga malumot bering.
Integral kuchaytirgichlar bevosita bog‘langan bosqich sxemalari ko‘rinishida quriladilar. Bu vaqtda bosqichdan bosqichga o‘tganda signal doimiy tashkil etuvchisining o‘zgarishi kuzatiladi. Bu holat esa keyingi bosqichlarni ishlab chiqarishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu kamchilikni bartaraf etish maqsadida o‘zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmalari qo‘llaniladi. Ular sath transformatorlari deb ham ataladilar. Bu vaqtda sath siljitish qurilmasi signal o‘zgarmas tashkil etuvchisini keyingi bosqichga o‘zgarishlarsiz uzatishi kerak, ya’ni kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti 1 bo‘lishi kerak.
Oldingi ma’ruzada ko‘rib chiqilgan manfiy TAli kuchaytirgich kaskadlar kuchlanish bo‘yicha kichik kuchaytirish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan holda yuqori barqarorlikka, nolining dreyfi kichik bo‘lishiga qaramasdan, turli halaqitlar ta’siridan himoyalanmagan. Natijada, kirishga signal berilma-ganda chiqishda yolg‘on signallar paydo bo‘lishi mumkin. Halaqitlar manbai bo‘lib:
1. Yuqori chastotali tebranishlarni generatsiyalovchi turli qurilmalar, masalan, radiouzatgich, yuqori chastotali apparaturalar;
2. Ishlaganida elektr zaryad hosil qiluvchi qurilmalar, masalan, elektr dvigatellar va generatorlar, avtomobillar dvigatellarini o‘t olidirish tizimlari va shunga o‘xshashlar xizmat qiladi.
Halaqitlar signal sifatida elektron asbobga ta’minot manbalari liniyalaridan yoki signal kiritish va chiqarish zanjirlaridan kirishi mumkin. Hozirgi kunda halaqitlar bilan kurashish uchun ko‘p samarali choralar ko‘rilgan. Ularning hammasi xalaqit signalini so‘ndirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, chuqur manfiy TA kiritish shular jumlasidandir. TA foydali signal kuchaytirish koeffitsiyentini keskin kamayishiga olib keladi, chunki halaqit signali ham, foydali signal ham, bitta kirishga beriladi. Shuning uchun ham signal kuchaytirish koeffitsiyentini, ham hala-qitlarni so‘ndirish koeffitsiyentini oshirish uchun kuchaytirgich:
- halaqit uchun chuqur manfiy TAni ta’minlashi;
- bir vaqtda foydali signal uchun manfiy TAni yo‘qotishi kerak.
Bu talablarga differensial kuchaytirgich (DK) javob beradi. DKda chiqish kuchlanishi har bir kaskad chiqish kuchlanishlarining ayirmasi sifatida shakllanib, ko‘prik sxema ko‘rinishida bo‘ladi. Ko‘prik sxemalar o‘lchashlarning turli xatoliklarini kompensatsiyalash uchun qo‘llaniladi. Bu xatoliklar barqarorlikni buzuvchi omillar hisobiga hosil bo‘ladi.Hozirgacha biz kuchaytirgichga ulanish uchun bitta kirish signalini kuchaytirish uchun boshqa kirish erga ulangan holda "inverting" yoki "inverting bo'lmagan" kirish terminalidan foydalangan holda operatsion kuchaytirgichning faqat bitta kirishidan foydalanganmiz.
4. Darlinton juftligi sxemasi va uning ishlash prinsipi.
Kaskadlarning kuchaytirish koeffitsientlari va kirish qarshiliklari uchun ifodalarni tahlil qilib, ularning maksimal qiymatlari UE ulangan sxemada tranzistorning differensial tok uzatish koeffitsienti h21E=β bilan aniqlanadi deb xulosa qilish mumkin. h21E ning real qiymatlari tranzistor tuzilmasi va tayyorlanish texnologiyasi bilan aniqlanadi va odatda bir necha yuzdan oshmaydi. Bundan asosan operatsion kuchaytirgichlarning kirish kaskadlarida qo‘llaniladigan, maxsus superbeta tranzistorlar mustasno.Bir nechta (odatda ikkita) tranzistorni o‘zaro ulab h21E qiymatini oshirish muammosini hal qilish mumkin. Ulanishlar shunday amalga oshirilishi kerakki, tranzistorlarni yagona tranzistor deb qarash mumkin bo‘lsin. Bir turli tranzistorga nisbatan sxemalar birinchi marta Darlington tomonidan taklif etilgan edi, shuning uchun Darlington juftligi yoki tarkibiy tranzistori deb ataladi.
Tarkibiy tranzistorda natijaviy tok uzatish koeffitsienti alohida tranzistorlar tok uzatish koeffitsientlarining ko‘paytmasiga teng. Agar β1 va β2 lar bir xil qiymatga ega bo‘lsa, masalan 100 ga, hisoblab topilgan koeffitsient β= β1 ∙β2 = 104 bo‘ladi. Lekin, bir xil VT1 va VT2 larda β1 va β2 koeffitsientlar IK1 va IK2 kollektor toklari bir xil bo‘lgandagina bir – biriga teng bo‘ladi. IE1>>IB1=IE2 bo‘lgani uchun IK2 >> IK1. SHuning uchun β1<< β2 va β= β1 ∙β2 amalda bir necha mingdan oshmaydi.Tarkibiy tranzistorlar turli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan tranzistorlar asosida ham hosil qilinishi mumkin. Bunday tuzilmalar qo‘shimcha simmetriyaga ega bo‘lgan tarkibiy tranzistorlar deb ataladi.
5.Sodda barqaror tok generatori sxemasi va uning ishlash prinsipi Sodda barqaror tok generatori sxemasi va uning ishlash prinsipi:Sodda barqaror tok generatori sxemasi (Simple Stable Current Source) amalga oshiruvchining ishlab chiqarish uchun ishlatiladi va barqaror, ustunlikdagi toqiq tokni ta'minlaydi. Sxemada PNP tranzistor, rezistorlar va ta'minot vlotaji bilan ishlatiladi. Sxema quyidagicha ko'rinadi:
----R1-----
| |
IN OUT
| |
------------
Sxemada IN kiritish, OUT chiqish bo'lib, R1 rezistorga ulangan IN va OUT o'rtasida ulanish chiqadi. PNP tranzistorining emittersi OUT bilan bog'langan bo'lib, bazasi R1 rezistori orqali ta'minot vlotajiga bog'langan holda ishlaydi.Sxemaga kiritilgan kirish tokining o'ziga xos sig'nal o'zgarishlaridan tashqari, IN kiritishiga ulangan vlotaj o'zgarishlari ham tranzistorning emitter tokiga ta'sir etadi. Buning natijasida, tranzistor emitter toqiqlikni o'zgartiradi va chiqish toqiq tokiga o'tkazadi. Bunday qilib, sxema barqaror tokni ta'minlaydi..
22-bilet
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ma’lumotlar o‘zgartiruvchi standart sxemalarni qamragan analog tizimlar dunyosi bilan kompyuterlar tizimlarining o‘zaro ta’sirlari bilan bog‘liq muammolar haqida ma’lumot bering
|