• Termoelektrik o’zgartkichlar.
  • - rasm.
  • Ma’lumotlar. Rеjа




    Download 442,03 Kb.
    bet35/62
    Sana14.06.2024
    Hajmi442,03 Kb.
    #263676
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
    Bog'liq
    Ma’lumotlar. Rеjа (1)

    α


    bu yerda SI – asbobning sezgirligi.
    SI I ,

    To’g’rilagichli magnitoelektrik asboblar kichik ya’ni millivoltlardagi va yuqori kuchlanishlarni hamda kichik va yuqori toklarni o’lchashda qo’llaniladi.
    To’g’rilagichli magnitoelektrik asboblarda ishlatiladigan diodlarning to’g’rilash koeffitsienti [Kt = f (t, U, f)] temperaturaga, qo’yilgan kuchlanishga va chastota o’zgarishidan hosil bo’ladigan xatoliklar shunt qarshiligi, kondensator C, induktivlik g’altagini ulash bilan kompensatsiyalanadi.
    To’g’rilagichli asboblarning afzalligi:

    • sezgirligi yuqori;

    • iste’mol quvvati kam. Ularning kamchiligi:

    • aniqligi aytarlik yuqori emas;

    • ko’rsatkishi o’lchanadigan kattalikning egri chizig’i shakliga bog’liq.



        1. Termoelektrik o’zgartkichlar.


    Termoelektrik o’zgartkichlar termopara (termojuftlik) va qizdirgichdan iborat bo’lib, magnitoelektrik o’lchash mexanizmi bilan birgalikda termoelektrik asbobni tashkil etadi. Termoelektrik asboblar ikki xil metalldan tayyorlangan (simlardan) termopara va elektr o’lchash mexanizmidan iborat bo’ladi. Simlarning bir uchi bir – biriga kavsharlanadi, ya’ni o’lchanayotgan muhitga tegib turgan joyi 1 (issiq ulanma), 2.3 uchlari esa (sovuq ulanma) elektr o’lchash asbobga ulanadi (10.3 a - rasm). Simlarning kavsharlangan va asbobga ulanadigan uchlari temperaturasi har xil bo’lsa, termopara bilan o’lchash asbobidan iborat zanjirda elektr yurituvchi kuch hosil bo’ladi.


    Termoparani, termoelektr yurituvchi kuchni o’lchashda termoelektrik o’zgartkich va uni o’lchash asbobi bilan ulanishining turli usullari qo’llaniladi. (10.3 a,b,v – rasm).


      1. - rasm.




    Termoelektrik o’zgartkichning chiqishdagi hosil bo’lgan termoelektrik yurituvchi kuch temperaturaga proporsional bo’ladi, ya’ni E t0 va o’lchash

    mehanizmidan o’tadigan tok esa


    I E Ro`m

    teng bo’ladi, bu yerda E termoelektr



    yurituvchi kuch; Ro’m o’lchash mehanizmidan zanjirining qarshiligi.

    Shunday qilib, termoelektrik asbobning ko’rsatishi o’lchanayotgan tokning ta’sir etuvchi qiymatining kvadratiga to’g’ri proporsional. α≡kI2 bo’lib, bu yerda k
    – o’zgarmas koeffitsiyent va u termo o’zgartkichning turiga, o’lchash mexanizmining parametrlariga bog’liq.
    Termoelektrik asboblarni o’zgarmas tok zanjirida ham o’zgaruvchan tok zanjirida ham ishlatish mumkin, chunki qizdirgichdan o’tuvchi tok issiqligi chastotaga bo’gliq bo’lmaydi.
    Termoelektr yurituvchi kuchini oshirish maqsadida bir nechta termoparalar ketma – ket ulanadi (10.3 b) – rasm). Bundan tashqari termoparalarni ko’prikli sxema bo’yicha (10.3 b) – rasm) ulaganda termo EYK ikki marta ortadi.
    Termoelektrik asboblarning afzalligi shundan iboratki, ularni ham o’zgarmas va chastotasi xattoki 100 MHz gacha bo’lgan o’zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatish mumkin.
    Kamchiligi esa, ularning inertsionligini kattaligi va asbobning ko‘rsatishi tashqi muhit temperaturasiga bog’liqligidir.



    Download 442,03 Kb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




    Download 442,03 Kb.