|
Bir fazali induksion hisoblagich
|
bet | 43/62 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 442,03 Kb. | | #263676 |
Bog'liq Ma’lumotlar. Rеjа (1)Bir fazali induksion hisoblagich.
Induksion asboblarda o‘zgaruvchan oqimlarning qo’zg’aluvchan qismida tok bilan o’zaro ta’sir qilish hodisasidan foydalaniladi.
– rasmda induksion hisoblagichini tuzilishi ko’rsatilgan. Induksion hisoblagich, odatda uchta oqim ta’sirida ishlaydi, ya’ni ular alyuminli disk shaklida yasalgan qo’zg’aluvchan qismini kesib o’tadi. Bir fazali induksion hisoblagich A, B magnit o’tkazgichlardan, ularda joylashgan OI,Ov – chulg’amlardan, alyuminli disk D dan, doimiy magnit MT va boshqa elementlardan iborat bo’ladi.
13.2-rаsm. Bir fаzаli induksiоn hisоblаgich
– rasm ko’rastilganidek, ΦI va Φv magnit oqimlari o’zgaruvchan bo’lganligi tufayli diskni kesib o’tib, unda induksion (uyurma) tok hosil qiladi. ΦI va Φv lar bilan induksion (uyurma) toklarining o’zaro ta’siri natijasida disk D aylanma harakatga keladi. Diskni harakatga keltiruvchi bu momentni induksion mexanizmlar uchun ma’lum bo’lgan formulaga binoan quyidagicha ifodalash mumkin.
M=kUIcosφ, (1)
bu yerda: U – OU – chulg’amga qo’yilgan kuchlanish;
I – OI – chulg’amdan o’tuvchi tok.
cosφ – U va I lar orasidagi siljish burchagi, yoki quvvat koeffitsiyenti.
Hisoblagich diskning turg’un aylanish tezligi yukaga bog’liq bo’lishi uchun diskka aylantiruvchi momentdan tashqari yana tormozlovchi moment ham ta’sir etishi kerak. Bu moment doimiy magnit MT yordamida hosil bo’ladi. Aylantiruvchi moment ta’sirida disk aylanganida doimiy magnit maydonini kesadi va disk qalinligi IM toklarni hosil qiladi. Bu tok magnit oqimi doimiy magnit maydoni ΦM bilan o’zaro ta’sir etib, tormozlovchi moment Mtor ni hosil qiladi.
M
Mtor=K1ΦMIM yoki Mtor=K3 2
V=K4V (2)
Demak Mtor diskning aylanish tezligiga bog’liq.
Diskning turg’un tezlikda aylanishi uchun aylantiruvchi va tormozlovchi momentlar teng bo’lishi kerak. (1) va (2) tenglamalarni o’zaro tenglab, tenglikni o’ng va chap tomonini t 1 dan t 2 gacha bo’lgan vaqt oralig’ida integrallasak quyidagiga ega bo’lamiz:
W = CxN , (3)
Bu yerda: W – zanjirda sarflangan energiya;
C – hisoblagichning haqiqiy doimiyligi;
N – diskning aylanishlar soni.
|
| |